Asr jahon ta


Germaniyada ta’lim tizimi



Download 295,5 Kb.
bet7/10
Sana18.07.2022
Hajmi295,5 Kb.
#821157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 7-mavzu Hozirgi davrda jahon mamlakatlari t a’lim tizimi va p

Germaniyada ta’lim tizimi. Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bogʻchalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bogʻchalarni mablagʻ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bogʻchalariga oʻz farzandlarini tarbiya olayotganliklari uchun ancha miqdorda pul toʻlaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bogʻchalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bogʻchada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada boʻladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bogʻchalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda toʻla haftalik oʻqishda oʻqiydi. Oʻqish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. Oʻqish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlangʻich maktabdan soʻng oʻquvchilar yoʻnalish bosqichidagi maktabga oʻtadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yoʻnalish maktablarda maxsus dastur asosida oʻqiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga koʻchadilar: bular – asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga oʻtadi. 9 yoki 10 yillik oʻqish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka oʻtiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega boʻlgan bolalar oʻqiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi oʻrtasida turadi. Qoidaga koʻra bu yerda oʻqish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va toʻla oʻrta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar oʻrta maxsus oʻquv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib oʻqish huquqiga ega boʻladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni oʻz ichiga oladi. 11-13-sinflar oliy oʻquv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy oʻquv yurtida oʻqish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga boʻlgan talab kuchlidir. Toʻliqsiz oʻrta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda oʻqish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. Oʻqish uch bosqichdan iborat boʻlib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga oʻqitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. Oʻquvchining birinchi yilda ikkinchi yilga oʻtishi sinov imtixonlari oʻtkazilib oʻqishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtixonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. Oʻqishga qabul qilish imtixonsiz maktab ta’limi toʻgʻrisidagi hujjatga asosan oshiriladi.
Oliy maktab oʻz-oʻzini boshqarish huquqiga ega. Oliy oʻquv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. Oʻz-oʻzini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar oʻqishi erkin tashkil etilgan. Koʻp sonli oʻquv bosqichlari bilan birga oʻquv rejalari taklif etiladi. Oʻqishga haq toʻlanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini koʻtara olmasa oʻqish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi federal qonunga koʻra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qoʻshib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi koʻpdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda oʻquv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil oʻqiydi. Ular oʻqishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud boʻlib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning koʻpchiligi kechki boʻlib, faqat 1989-yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni ragʻbatlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablagʻ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida oʻqish davrida tinglovchilarga mablagʻ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar oʻz malakasini oshirish imkoniyatlaridan koʻproq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangel cherkovi oʻzining 15 akademiyasida dolzarb mavzular boʻyicha konferensiyalar tashkil etadi.
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Oliy oʻquv yurtlarida tadqiqot bilan shugʻullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. Oʻtgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, oʻshandan beri “Tadqiqot va oʻqitish birligi” ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy oʻquv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yoʻnalishi – fundamental-amaliy tadqiqot boʻlib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi oʻziga xos yoʻnalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yoʻlida yangi izlanishlar olib borilmoqda.

Download 295,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish