Taqrizchilar:
|
|
Ergasheva SH. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professori. (turdosh OTM);
Qasimova G. TMI, “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Mundarija:
|
Kirish
|
|
|
“G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
|
|
|
Davlat budjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati
|
|
|
G’aznachilik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
|
|
|
G’aznachilik faoliyatining xorij tajribalari
|
|
|
G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamini yuritish
|
|
|
G’aznachilikda budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini va ularga kiritiladigan o’zgarishlarni ro’yxatga olish
|
|
|
G’aznachilikda yuridik majburiyatlar va ularni ro’yxatga olish
|
|
|
G’aznachilikda narxlar monitoringi
|
|
|
G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlar
|
|
|
G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish
|
|
|
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosini tashkil qilish
|
|
|
Budjet daromadlarining g’azna ijrosini tashkil etish
|
|
|
Davlat maqsadli jamg’armalari g’azna ijrosini tashkil etish
|
|
|
G’aznachilikda davlat kafolatlarini ta’minlash
|
|
|
G’aznachilikda davlat xaridini tashkil etish
|
|
|
G’aznachilikning yagona axborot tizimi
|
|
|
O’zbekistonda g’aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari
|
|
|
|
|
|
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
|
|
K I R I S H
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotda tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar uzluksiz ta’lim tizimining uzviyligini takomillashtirish, yuqori malakali, yuksak kasbiy, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni ko’zda tutmoqda.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy mashg’ulotlarni sifatli va faol tarzda o’tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.
G’aznachilik tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi g’aznachilik organlari amaliyoti doirasidagi vazifalarni o’rgatish, bilimlarini mustahkamlash yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
“G’aznachilik” fanining maqsadi bo’lib, talabalarga davlat budjetining g’azna ijrosi haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va g’aznachilik tizimi samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat
g’aznachilik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish;
davlat budjeti g’azna ijrosining amal qilish asoslarini o’rganish;
g’aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini o’rganish;
davlat budjeti daromadlarini g’aznachilik tizimi orqali shaklllantirish va uning manbalarini o’rganish;
davlat budjeti xarajatlarini g’aznachilik tizimi orqali ijro etish va tarkibini o’rganish;
davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarini yagona g’aznachilik hisobraqamida shakllantirish;
g’aznachilik yagona hisobraqamida davlat maqsadli jamg’armalari xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartibini o’rganish;
g’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi asoslarini o’rganish;
“G’AZNACHILIK” FANINI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MAZMUN-MOHIYATI
“G’aznachilik” fanining amaliy mashg’ulotlarida ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usullari va vositalari:
Insert jadvali: mustaqil o’qish, amaliy mashg’ulot topshiriqlarini bajarish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni yaxlit bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi; oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o’zaro bog’lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi.
Klaster: ma’lumot xaritasini tuzish va barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va aniqlash uchun asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.
Toifali jadval: toifa – mavjud holat va munosabatlarni aks ettiradigan belgi (umumiy), ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi; tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
Kontseptual jadval: o’rganilayotgan hodisa, tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo’yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
BBB jadvali: matn (mavzu, bo’lim) bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi; tizimli mulohaza qilish, tarkibga ajratish ko’nikmalarini beradi.
T –jadval: bitta kontseptsiya (ma’lumot)ning jihatlarini o’zaro solishtiradi (ha/yo’q, ha/qarshi), tanqidiy mushohadani rivojlantiradi.
Loyihalash metodi: kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, loyiha, ma’lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikr.
“G’aznachilik” fanining amaliyot mashg’ulotlarida muammoni jamoali tarzda hal etishning usullari va vositalari:
Aqliy hujum: bu uslubda qo’yilgan savol, muammo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o’quv jarayonida mashg’ulotlarda faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog’ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o’z fikrlarini aytishga yo’naltiruvchi metoddir.
Bahs: o’z fikrini ifoda etishni hohlovchilar orasida biron-bir munozarali masalani muhokama qilish, haqiqatni aniqlash va to’g’ri qarorni qabul qilish.
Muzokaralar: eshitish aniq tashkil etilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi.
Pinbord texnikasi: muammoni hal etish bo’yicha g’oyalarni tizimlashtirish va guruhlashtirish va yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Keys stadi: talabalarni qaror qabul qilishga o’rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni echishni o’rganish metodi.
Shuningdek “Xorijiy investitsiyalar” fanining amaliyot mashg’ulotlarida kompyuter dasturlaridan (COMFAR – Computer Model for Feasibility Analysis and Reporting, PROPSPIN – PROject Profile Screening and Preappraisal Information system, “Project Expert”, “Alt-Invest”, “FOCCAL”, “Investor 4.1”, “TEO-INVEST”, Micrasoft Excel, Micrasoft PowerPoint), slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarga ushbu fanni o’zlashtirishda mavjud o’quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |