Asqad Muxtor (1920–1997)
Asqad Muxtor — XX asr o‘zbek-turk dunyosini butun fojialari-la, butun parvozlari-la mujassam qilgan buyuk adibdir. Bu asr ne ekanini, uni idrok etmak ne qadarligini biz — ertaga ko‘miladiganlar bilmaymiz, Yaratganning o‘zi biladi…
XX asr… Taqriban, chamalab, xomcho‘t qilib ko‘raylik-chi: Asqad Muxtorning yigirma jildlik asarlari ko‘z o‘ngimizda yorqin namoyon bo‘ladi. Millatimizning bu muhtasham merosini yana millatga bir butun holda yetkazmak uchun bukungi adabiyot sardorlari masuldirlar.
Asqad Muxtor ijodiyoti ko‘zgusida avliyo Zardo‘shtiy, Konfutsiy, Dao, Muhammad alayhissalom, Iso alayhissalom, Bahovuddin Naqshband ta’limotlarining badiiy savlati yuz ko‘rsatadi. Bu in’ikos u yoki bu darajada bo‘lishidan qat’i nazar, Inson va insoniylik, Inson baxti uchun kurash g‘oyasi bilan sug‘orilgandir. Biz o‘zimizning mayda, ikir-chikir tirikchilik girdobimizga qorishtirib fikr qilmaylik. Chunki bu girdob yuz yillar iztirob chekib tergan ma’naviy marjonlarimizni yutib yuborishga ham qodir…
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Asqad Muxtor oxirgi paytda ko‘p bemor yotdi. Haqiqiy do‘stlaridan biri Vahob Ro‘zimatovning gapiga qaraganda, ancha qiynalgan. Ammo bekor yotmagan-da! «Uyqu qochganda» deb nomlangan xazina, haqiqiy xazina bitib ketgan. Uni «Tundaliklar» deb atagan. O‘sha xazinadan bir-ikki misol keltiray.
«Chinakam badiiy asar hamma vaqt javobsiz savoldir. Bordiyu adib unda biror muammo ko‘targan bo‘lsa ham, bu — amalda hal qilib bo‘lmaydigan muammodir. Agar muallif amalda hal qilinadigan vazifa qo‘ysa, bu, asosan, ocherk yoki maqola bo‘ladi. Yozuvchi esa tashviqotchi emas, shoir bo‘lishi kerak».
«Ichimda nola bor. Goho shu nolani eshitib, Maksim Gorkiyning gapi esimga tushadi. Undan «Ahvolingiz qalay?» deb so‘raganlarida «Maksimalno gorko!» deb javob bergan ekan».
«O‘zimizda bo‘lgan tuyg‘ularni yashirish qiyinmi yoki o‘zimizda bo‘lmagan tuyg‘ularni ifodalashmi? Shukur Burhon mening bu savolimga shunday deb javob bergan edi: «Ikkalasigayam artistizm kerak!»
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.
Asqad Muxtor – hayoti va ijodi
Asqad Muхtor degan yozuvchini eshitgan misiz, aziz o‘quvchi? Eshitmagan bo‘lsangiz, bilib qo‘ ying. o‘nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi, qadimgi yunoniston, hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyand alari asarlarining tarjimoni, bir nechta sahna asarlarini yaratib, o‘zbek teatri ravnaqi uchun ham ko‘p хizmatlar qilgan atoqli o‘zbek yozuvchisi bo‘ladi Asqad Muхtor.
Adib 1920-yil 23-dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. otasidan yosh paytida yetim qolgan Asqad, asosan, bolalar uyida tarbiya topgan. o‘rta maktab, o‘rta osiyo davlat universitetida o‘qigan. U yoshligidan she’r yozishni mashq qila boshlagan. o‘n besh yoshlarida ilk she’rlari gazetada e’lon qilingan. Asqad Muхtorning shundan keyingi yillarda ellikdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «po‘lat quyuvchi», «hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonim», «Sizga aytar so‘zim» kabi she’riy to‘pl am lari, «daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «bo‘ronlarda bordek halovat», «buхoroning jin ko‘chalari» qissalari, «opasingillar», «Tug‘ilish», «davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» kabi qator romanlari dunyo yuzini ko‘rdi.
Asqad Muхtor o‘zbek teatr san’ati uchun ko‘p хizmatlar qilganligini aytdik. buning isboti uning «Mardlik cho‘qqisi», «yaхshilikka yaхshilik», «Zar qadri», «Samandar» pyesalaridir. Shu bilan birga u Sofokl, yevripid, lermontov, Aleksandr korneychuk kabi jahon dramaturgiyasi namoyandalarining sahna asarlarini tarjima qilib ham sahna san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |