119
X BOB. YORDAMCHI JARAYONLAR
.
10.1. Boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish.
Foydali qazilmalarni boyitishning oxirgi jarayoni hisoblanadi.
Yordamchi jarayonlarni o‘tkazishdan maqsad ajratib olingan boyitma (kontsentrat)
va chiqindini qayta ishlashdir. Yordamchi jarayonlar o‘z navbatida suvsizlantirish
va changsizlantirish jarayonlariga bo‘linadi.
Suvsizlantirish deb boyitish mahsulotlaridan suvni ajratib olib,
kontsentratdagi suvning miqdorini me’yoriga etkazish va fabrikada qaytadan
ishlatiladigan suvni ajratishga aytiladi. Kontsentratdan va chiqindi tarkibidan
ajratib olingan suv boyitish fabrikasida texnologik
maqsadlar uchun qaytadan
ishlatiladi. Mahsulotlarni uch xil usulda suvsizlantirish mumkin.
1. M Dastlabki maќsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga
ќarakatlanib, o‘n oltita elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o‘tkazuvchi
zarrachalar tekis elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib,
qabul qiluvchi idish 4 ga tushirib olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar
separatorning ќamma kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idish 5 ga tushadi.
exanik usulda.
2.Fizik-kimyoviy usulda.
3.Issiqlik yordamida.
1.Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko‘p miqdorda suv saqlagan
mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik
siqish yoki tsentrifugalarda markazdan kochma kuch yordamida yo‘qotiladi.
Odatda mexanik yul bilan namlikni ajratish – mahsulotni birinchi bosqichi
hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng materialda
yana bir qism namlik
qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan yo‘qotiladi.
2.Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish labaratoriya
sharoitida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalardan (sulfat kislota va
kaltsiy xlorid) foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda
ustiga nam material joylashtirish yuli bilan uni suvsizlantirish mumkin.
3.Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish, ya’ni quritish boyitish fabrikasida keng
qo‘llaniladi. Quritish, boyitish
fabrikalaridagi oxirgi, ya’ni tayyor jarayon
hisoblanadi.
Ayrim ishlab chikarish korxonalarida, maxsulotni suvsizlantirish ikki
bosqichdan iborat bo‘lib, namlik oldin arzon jarayon hisoblangan mexanik usul
bilan, so‘ngra qolgan namlik bo‘lsa quritish yuli bilan ajratiladi.
Mahsulot
tarkibidagi namlikni bunday murakkab yul bilan ajratish usuli jarayonning
samaradorligini oshiradi.
120
Foydali kazilmalarni boyitish fabrikalarida, flotatsiya gravitatsiya usulida
boyitishda juda katta miqdorda suv sarflanadi. M: flotatsiya usulida rudani
boyitishda olingan kontsentrat tarkibining xar bir tonnasida 3-4
m
3
gacha,
chiqindi
tarkibida esa 10
m
3
gacha suv bo‘ladi, shu sababli boyitma (kontsentrat) va chiqindi
suvsizlantiriladi. Kontsentrat tarkibidagi suvni ajratib olishdan maqsad, kontsentrat
tarkibidagi suvning miqdorining me’yoriga keltirish qish oylarida transport orqali
tashilayotganda, muzlash holatlari ni yo‘qotishdir . Chiqindi tarkibidagi suvni
yo‘qotish esa chiqindi saqlash omborlariga joylashtirish qulayligi va qayta ajratib
olingan suvni fabrikaga jo‘natilib yana qaytadan texnologik maqsadlarda
foydalanishdir. Suvni qayta ishlatish boyitish fabrikalari
uchun juda katta
ahamiyatga ega, bunda toza suv sarfi tejaladi, oqava suvlarni ifloslanmasligining
oldi olinadi, shuningdek atrof-muhitni har-xil zaharli moddalardan saqlaniladi.
Suvsizlantirish jarayoni ko‘pincha mahsulotni yirikligiga,qattiq fazaning
zichligiga, mahsulot tarkibidagi suvning miqdoriga bog‘liqdir.Yirik
zarrachali
mahsulotlarni suvsizlantirish, mayda zarrachali mahsulotlarni suvsizlantirishdan
osonroq kechadi, chunki zichligi katta zarrachalar suvdan osonroq ajraladi, zichligi
kichik bo‘lgan zarrachalarga nisbatan. Shu sababli yirik zarrachali mahsulotni yoki
bo‘tanani,zichligi yuqori bo‘lganligi sababli ularni sizish orqali suvsizlantirish
mumkin. Mayda zarrachali mahsulotlar, masalan
flotatsion kontsentratlarni
suvsizlantirish birmuncha qiyin kechadi,sababi zichligi kichik bo‘ladi. Shu sababli
ularni avval quyultirish kerak, keyin filtrlash va issiqlik yordamida quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: