85
VII BOB. FLOTATSIYA JARAYONI
7.1. Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum
bulsa-da, faqat XX asr boshlaridan
sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, qora,
nodir
metallar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan
foydali qazilmalarning 90% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi.
Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qullanilishi
uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi.
1) metallning miqdori kam bo‘lgan kambagal
rudalarni ham qayta ishlash
mumkinligi (masalan:mis- 1%, qalay va volfram- 0,1% gacha, molibden- 0,01%
gacha va h.k.).
2) murakkab, masalan, polimetal rudalarni kompleks ravishda qayta
ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin, rux, misli polimetall rudalar).
Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy
xossalaridagi
farqqa asoslanib boyitish usulidir.
Mineral zarrachalarning suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida mahkamlanish
qobiliyati mineral zarrachalarning suv bilan xo‘llanish qobiliyatiga bog‘liq.
Xo‘llanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan
molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir.
Xo‘llanish zarrachaning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog‘liq. Erkin
yuza energiyasi ancha katta bo‘lsa, zarracha yuzasi shuncha yaxshi xo‘llanadi,
qancha kichik bo‘lsa-shuncha yomon xo‘llanadi. Suv bilan xo‘llanmaydigan
yuzalar
gidrofob, suv bilan xo‘llanadigan yuzalar esa gidrofil yuzalar deyiladi.
(tarjimada suvni yaxshi ko‘ruvchi va yomon ko‘ruvchi yuzalar).
Suyuqlik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan hamma qo‘shni
molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Bu ning natijasida
molekulalarning tortishish kuchi o‘zaro tenglashgan, molekulalarning o‘zi esa
muvozanatda turadi.
Suyuklik yuzasida joylashgan molekula uchun
esa molekulyar tortishish
kuchlari muvofiqlashmagan. Molekula faqat suyuqlik tomonidan tortilishni xis
qiladi. Bu kuchlar tenglashmagan va suyuqlik fazasining ichiga yo‘nalgan. Yangi
ajralish sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga
qarshi ish sarflash
kerak.
1sm
2
ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi.
U "T" harfi bilan belgilanadi va erg/sm
2
yoki dm/sm
2
larda o‘lchanadi. Sirt
tarangligi sirt ajralishi fazasining muxim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt
tarangligi 20
0
da 72,75 dm/sm
2
ga teng. Uni suvda har xil moddalarni eritib
86
o‘lchash mumkin. Suvda eriydigan va sirt tarangliligini
kamaytiradigan moddalar
sirt aktiv moddalar deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir
vaqtning o‘zida ham polyar (ON-, SON, NN
2
-), hamda apolyar (uglevodorod
zarrachalari) gruppalari kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi moddalar sirt-aktiv
moddalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: