108
IX BOB. ELEKTR USULIDA BOYITISH
9.1.Elektr usulida boyitish asoslari
Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi
uchun minerallarning elektr
xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida xarakatlanuvchi mineral
zarrachaga ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr
xossalari (elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va ќ.k.lar) ni belgilaydi.
Mineral zarrachalarning elektr maydonida turli traektoriyalar bo‘ylab
ќarakatlanishi ularni ajratish uchun qo‘llaniladi.
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarrachalar teskari ishorali
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o‘tkazgich
zarrachalar tezda
elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan
itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarrachalar zaryadini o‘zgartirmaydi va ќar xil
zaryadlangan zarrachalar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o‘zaro
ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib,
zaryadlar
o‘lchamining ko‘paytmasiga to‘g‘ri proportsional va zaryadlar orasidagi
masofaning kvadratiga teskari proportsional.
Zarrachalarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin:
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib,
elektr maydonida induktsiyalab, qizdirib,
ishqalab elektrlashtirib, mineral zarracha yuzasida ionlarni adsorbtsiyalab va ќ.k.
Ularning orasida amaliy aќamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv.
Tojli (koronniy) elektrsizlantirish qarama–qarshi elektrodga yo‘nalgan
ionlar
oqimini ќosil qiladi va mineral zarrachalar ularning yuzasida ionlar
adsorbtsiyalangani uchun zaryadga ega bo‘ladi. Tojli
elektrsizlantirish kichik
diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20–40 kv) berib ќosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining ќolati muќim
aќamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr
separatorda zarrachaning ќarakatini o‘zgartirish mumkin.
Mineral zarrachalarga
flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan ishlov berish umumiy
nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni
yutadi va yuqori elektr
o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr
kuchlarining miqdori kichik bo‘lgani uchun u faqat o‘lchami 4
mm dan kichik
quruq maќsulotlar uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: