Asosiy vositalarni tamirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yoli bilan amalga oshirilishi mumkin. Joriy tamir asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. Orta tamirda tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yigish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni toliq ajratib yigish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni tamirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yigish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir. Bino va inshootlarni kapital tamirlash bazaviy va korpus detallari va uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan tamirlashdir. Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bolgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi tamirlashini otkazish bilan bogliq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga, mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun moljallangan asosiy vositalar obyektlari boyicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali. Zarur holatlarda, alohida sohalarning xojalik yurituvchi subyektlari Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash ishlarini otkazish uchun mablaglar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur zaxira boyicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital tamirlanishdan otkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira boyicha ajratmalar meyori har bir hisobot davri oxirida qayta korib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi kopaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablaglar summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qoyilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablaglar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks ettiriladi. Zaxiralarni hisoblash boyicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va tolovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti boyicha aks ettiriladi.Zaxira qilingan mablaglar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat va tolovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va tolovlar zaxiralari" schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi. U yoki bu zaxira boyicha summalarni tashkil etilishi va undan foydalanishning togriligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga oxshaganlarning malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi. 5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; tasis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara shartnomasi boyicha berilganda; kamomad yoki yoqotishlar aniqlanganda; qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi. Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bolgan bir necha mustaqil obyektlar bolgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid qilinishi sifatida hisobga olinadi. Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlangich qiymati va toplangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli boshlangich qiymati va toplangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi. Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogliq egri soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan korilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qoshimcha baholash summasining qoldigi, yani avvalgi qoshimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash boyicha tuzatishlar" schyoti boyicha zaxira kapitali kamayadi. Ozbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi togrisida"gi qonuniga muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari boyicha esa besh yilda bir marta otkaziladi. Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq belgilangan tartibda otkaziladi.16 Korxonalarda mulklarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.