O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti
“ IQTISODIYOT NAZARIYASI “ kafedrasi
5230100 -Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar) “ yo’nalishi
“ Buxgalteriya“ fanidan
“Asosiy vositalarning chiqib ketishishini hisobga olish”
mavzusida
MUSTAQIL ISH
Bajardi:Tolipov Shohmurod.
Qabul qildi:_______________
TOSHKENT 2022
REJA:
1. Kirish
2. Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish va joriy tamirlash xarajatlari.
3. Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish.
4. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash natijalari hisobi.
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydi-gan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarki-biga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon boʻlmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hiso-bida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish va joriy tamirlash
xarajatlari.
Asosiy vositalarni sotib olingandan song uni saqlash va ishlatish bilan bogliq bir qator xarajatlar vujudga kela boshlaydi. Masalan, tamirlash, ishlatish, rekonstruktsiya va joylarini almashtirish bilan bogliq xarajatlar shular jumlasidandir. Bu xarajatlarni hisobga olish balansni turkumlash va keyinchalik eskirish boyicha ajratmalarni hisoblashda tasir etadi.
Yuqorida aytib otilgandek, harid qilib olinganida baholangan boshlangich qiymatiga asosiy vositalarni haqiqiy xizmat muddati va unumdorligini yuqo-riroq darajada bo’lishini ta’minlovchi xarajatlar kapitallashtiriladi. Хarid qilinganidan keyingi paydo bo’lgan kapitallashtirilgan xarajatlar, foyda-lanishning ma’lum bir davridan keyin bahosizlanadi va bu davr ma’lum bir aktivlarning kutilayotgan xizmat muddatidan qisqa bolishi mumkin.
Asosiy vositalarni foydalanish imkoniyatlarini va harid qilib olin-ganida aniqlab olingan foydalanish davrini taminlash, minimal darajadagi saqlab turish va tamirlashlar boyicha xarajatlarni amalga oshirib turishni taqozo qiladi. Bu xarajatlar foydalanish muddatini harid qilinganida belgi-langanidan yuqoriroq darajada uzaytira olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo bolgan davr xarajatlari moddasiga kiritiladi.
Shuni alohida takidlash lozimki, asosiy vositalar halokat, sovuqqonlik, bilgan holda suistemol qilish, ogrilik natijasida paydo bolgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Masalan, agar dastgohni ornatish jarayonida ayrim muhim qismlarining sinishi yuz bersa, u holda tamirlash tolovlari xarajatlar moddasiga yoziladi. Тa’mirlashdan so’ng bu inventar avval ega bo’lgan qiymatga ega bo’lmasligi mumkin.
Bulardan tashqari, baxtsiz hodisa natijasida shikastlangan, sug’urta qilingan mulkni qayta tiklash xarajatlari zararlar moddasiga kiritiladi. Bunday shikastlanishlarni tiklash, tabiiyki, inventarni foydalanish muddatini baxtsiz hodisadan oldingi darajadan yuqoriroq darajada uzaytirmaydi. Agarda qayta tamirlashdan song uskunaning xizmat yoki foydalanish muddati uzaysa, xarajatlar foydali faoliyat muddatini uzayishining butun davriga kapital-lashtiriladi.
Asosiy vositalarni sotib olingandan keyin uni saqlab turish uchun xara-jatlar qilinadi. Bu xarajatlar 4 asosiy turkumga bolinadi:
Ishchi holatida saqlab turish va joriy tamirlash:
Yaxshilash
Qoshimchalar kiritish
Qayta qurish va tartibga solish
Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga solish, boyashdan iborat bolib, bularning hammasi uskunani ishchi holatida saqlab tu-rishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy tamirlash xarajatlari ehtiyot qismlar sarflari, oldini olish va tamirlash ishlari xarajatlaridan iborat. Bunday turdagi tamirlashga zaruriyat tez-tez paydo boladi va jiddiy xarajat-larni talab qiladi.
Saqlab turish va joriy tamirlashlarni xarajatlarini hisoblashda 2 usul-dan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |