Paydo bolishi boyicha hisobga olish usuli - bu usul boyicha xarajatlarni ularga zarurat paydo bolganda hisobga olishni va xarajatlarni butun davr davomida taqsimlashni nazarda tutadi. Biroq ayrim vaziyatlarda har yillik tamirlash va saqlab turish xarajatlari yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oraligiga togri keladi. Bu usuldan foydalanilganida uskunani saqlab turish uchun butun yillik xarajatlarning sinish holati yuz bergan ma’lum bir vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.
Тaqsimlash usuli - bu usul xarajatlarning taxminiy hajmiga asoslanib, undan foydalanish joriy ta’mirlash muntazam o’tkazilish tavsifga ega bo’lgan va hajm bo’yicha ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan tamirlash uchun taxmin qilinayotgan xarajatlarning umumiy hajmi baholanib, vaziyatdan kelib chiqqan holda vaqt yoki ishlab chiqarish hajmi asosida taqsimlanadi. Vaqt asosida taqsimlanganda har bir oraliq davr uchun tamirlash va saqlab turish xarajatlarining teng bolgan summasi aniqlanadi.
Asosiy vositalarni yaxshilash (rekonstruktsiya qilish) xarajatlari. Asosiy vositalarni rekonstruktsiyasi deganda ularni maxsulot ishlab chiqarish-ni kopaytirish, maxsulotlar tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini yaxshi-lash va ularni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida amalga oshirilgan asosiy vositalar konstruktsiyasiga kiritilgan ozgartirishlar tushuniladi.
Rekonstruktsiya uskunaning bosh komponentini mutlaqo yangi komponent bilan almashtirish jarayonini oz ichiga oladi. Masalan, eski tunuka tomni yangi-siga, olovga chidamli cherepitsaga almashtirish, dastgohga yanada quvvatliroq dvi-gatelni ornatish, binoni elektr tizimini ancha yaxshilash. Malumki, almashti-rishlar asosiy vositaning oldingi standarti va sharoiti boyicha mos keladigan, lekin quvvati va boshqa sifat korsatkichlari boyicha oldingisidan ustunroq bol-gan uskunaga almashtirilishi kerak. Masalan, traktorning dvigateli shunga oxsha-shiga almashtirilishi kerakki, natijada u keyinchalik traktorni xizmat mudda-tini yoki quvvatini (unumdorligini) oshishiga olib keladi. Rekonstruktsiya asosiy vositalarning ish imkoniyatlarini oshirish uchun zarur bolgan malum bir xarajatlarni talab qiladi. Asosiy vositalarni ishchi holatini saqlab turish xarajatlari rekonstruktsiya emas, balkim tamirlashga taalluqlidir. Rekonstruktsiya xarajatlari chiqim sifatida baholanadi.
Quyidagi holatlar asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilishga sabab bo-ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |