ASOSIY VOSITALAR VA ASOSIY VOSITALARNI KIRIM-CHIQIMINI HISOBGA OLISH. REJA: Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari.
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash.
Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish.
Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi.
Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish.
Asosiy vositalarni kirim va chiqim hisobi.
1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab « chiqarish sohasida xam, noishlab chiqarish sohasida xam amal qiladigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Korxonalar da asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim: asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida .hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;
asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bulib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;
asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy xhujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga kadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning saqlanishi uchun ma’sul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish;
asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
ta’mirlash bo‘yicha harajatlarni aniqlash va bu maksadlar uchun ajratilgan mablag‘larning okilona ishlatilishini nazorat qilish;
eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash
2. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir, Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik maishiy xizmat, soglikni saklash, ta’lim va boshqa-larning asosiy vositalari kiritiladi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhdarga bo‘linadi:
foydalanilayotgan;
zaxirada turgan;
ishlamayotgan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradotlya baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa kog berish yoki sotish to‘g‘risida Qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskiripshn::hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bulinadi:
yer;
yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar;
imoratlar;
inshootlar;
o‘zatuvchi moslamalar;
mashina va jihozlar;
transport vositalari;
asbob-uskunalar;
ishlab chiqarish inventarlari;
xo‘jalik inventarlari;
ish hayvonlari va maxsuldor chorva;
ko‘p yillik daraxtlar;
boshqa asosiy vositalar.
Yer amaldagi qonunchilikka b inoan korxonaga mulk tarzida berilgan er mayds O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxs: kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy fonda, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastka ega bulishlari mumkin». Erning qiymatiga uni harid qilishda kuchmas mulk agentlik to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq harid qilishdagi to‘lovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa harajatlar qo‘shiladi.