Amortizatsiya summasi5
Sana
|
Boshlang’ich qiymat
|
Yillik eskirish summasi
|
Jamlangan eskirish summasi
|
Balans qiymati
|
xarid sanasi
|
550.000
|
-
|
|
550.000
|
1 yil oxiri
|
550.000
|
(40%x550.000)=220.000
|
220.000
|
330.000
|
2 yil oxiri
|
550.000
|
(40%x330.000)=132.000
|
352.000
|
198.000
|
3 yil oxiri
|
550.000
|
(40%x198.000)= 79.200
|
431.200
|
118.800
|
4 yil oxiri
|
550.000
|
(40%x118.800)= 47.520
|
478.720
|
71280
|
5 yil oxiri
|
550.000
|
71.280-50000= 21.280*
|
500.000
|
50.000
|
Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizatsiyaning qat’iy me’yori doimo oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizatsiya summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat, oxirgi yildagi amortizatsiya summasi balans qiymatini qoldiq qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan.
*Oxirgi yilgi eskirish summasi asosiy vositaning 4- yilgi balans qiymati va xizmat muddati oxiriga qoldiq qiymati orasidagi farq summasini tashkil qi-ladi
Asosiy vositalar eskirishini hisoblash bo’yicha yuqoridagi to’rt xil usulning qo’llanilishi zamon talabidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar asosiy vositalar eskirishini tezlashtirilgan usul bilan hisoblab, ularning ma’naviy eskirishining oldini olishi mumkin. Bundan tashqari, korxonalar kuchli raqobatchilik sharoitida doim ham bir maromda ishlash imkoni bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda ishlatilmagan asosiy vositalar bo’yicha eskirish hisoblash korxona xarajatlarining asossiz ravishda ortib ketishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ana shunday holatlarni hisobga olgan holda korxonalar eskirish hisoblashning 2-, 3-, 4-, usullaridan foydalanishlari mumkin. Bizning amaliyotda an’anaviy ravishda bir maromda (chiziqli) hisoblash usulidan foydalaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, asosiy vosi-talarning eskirishi har oyda belgilangan amortizatsiya me’yorlariga binoan hisob-lanadi va tegishli xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar eskirishi ularning turlari bo’yicha alohida ajratilgan hisobvaraqlarda olib boriladi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluv-chi hisobvaraqlar «kontraktiv hisobvaraqlar» bo’lib, ulardagi yozuvlar asosiy vositalar qiymatini kamaytiradi. Ushbu hisobvaraq krediti bo’yicha asosiy vo-sitalarning eskirish summasi to’planadi va bu summalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |