XIZMATLAR SOHASI VA SERVISNI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI
Bo`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xizmatlar bozorini tahlillari asosida qisqa, o`rta muddatlik xizmatlarni rivojlantirish
prognozi, hajmlarini ko`paytirish dasturlari, ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifatini
ko`tarish, xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushini oshirish,
savdo va maishiy xizmat ko`rsatish shaxobchalarini rivojlantirish, bozor talabiga
mos xizmat turlarini joriy etish, qishloq joylarda xizmatlarni kengaytirish kabi
masalalarni o`z ichiga olgan ko`p shaklli ko`rinishdagi prognozlarni ishlab chiqish;
kelgusi yilga asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish bo`yicha O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyixasini ishlab chiqish;
bir qator iste'mol tovarlari bo`yicha prognoz va foydalanish balanslarini ishlab
chiqish;
ichki bozordagi ayrim iste'mol tovarlar bo`yicha barcha hisob-kitoblarini
tayyorlash, zaxiralardagi respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bo`yicha
yetishmovchiliklarni aniqlash;
xizmatlar bozorida hududlar o`rtasidagi tafovutlar darajasini tenglashtirish haqida
takliflar tayyorlash, xududlarda xizmatlarni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar
konsepsiyalarini, dasturlarni ishlab chiqish;
byudjet, soliq, monopoliyaga qarshi, dempingga qarshi va xorijiy valyutalar
yo`nalishlariga, bozor prinsiplariga asosan xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan
siyosatlarni olib borish bo`yicha tayyorlanadigan takliflarni ishlab chiqishda
qatnashish;
vazirliklar, tashkilotlar va xududlarni tarmoqlar va xududiy dasturlarni
bajarilishida, muammolarni aniqlashda bir birlari bilan kelishilgan ravishda faoliyat
yuritish metodik qo`llanmalar bilan ta'minlash;
xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo`yicha xukumat qarorlari
loyixalarini tayyorlashda qatnashish;
aniq bir tarmoq yoki xududning xizmatlar bozorini o`rganish;
respublika miqyosida xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish
dasturining monitoringini olib borish;
belgilangan muddatlarda qabul qilingan dastur bo`yicha olib borilgan monitoring
natijalari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi hukumati rahbariyatiga yakuniy
hisobotlar tayyorlash;
ulgurji va chakana savdo tarmog`ini hamda "O`zulgurjisavdoinvest" uyushmasi
faoliyatini rivojlanishi bo`yicha monitoring olib borish, ularni takomillashtirish
bo`yicha takliflar tayyorlash;
hududlar va tarmoqlardagi xizmatlar bozorining rivojlanishi bo`yicha taxlillar
qilish, sohaga tegishli me'yoriy xujjatlar bazasini takomillashtirish bo`yicha
takliflar tayyorlash;
xizmat ko`rsatish va servisni rivojlantirishni jadallashtirish dasturining bajarilishi
bo`yicha monitoring olib borish mexanizmini tashkil etish;
vazirliklar, tashkilotlar va hududlar tomonidan yo`llanilayotgan yakuniy
hisobotlarning to`g`riligi yuzasidan nazorat o`rnatish;
xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo`yicha vazirlikka yo`llangan
takliflarni, dastur loyixalarini ko`rib chiqish va xulosalar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |