Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko`pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo`lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o`tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi.
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o`tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va o`lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o`quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko`p hollarda uni «faoliyat mahsullarini o`rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o`tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning konkret usullarini arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko`rsatadi.
Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko`p odamlar hayot yo`lining o`ziga xosligi – biografik metodning nomini oldi.
«Arxivlik metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o`zidan yanada takomillashtirilgan va hujjatlar analizining qat’iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma’lumotlarni kontifitsirovka qiladi.
Bu metod nafaqat psixologiyada keng tarqalgan, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham yoritilgandir. Asosan, ko`p hollarda siyosiy psixologiyada, reklama psixologiyasi, aloqalarda foydalaniladi. Kontent – analizni ishlab chiqish G.Lassuela, Ch.Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog‘liq bo`lib ,ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning muallifidir.
Kontent – analizdagi matn tahlilining standart birligi bo`lib;
1) so`zlar termini, ramz;
2) tugallangan fikr;
3) mavzu;
4) personaj;
5) muallif va
6) yaxlit holdagi yo`llanma.
Ular bir birlik konteksda yanada umumiy tuzilish sifatida ko`rib chiqariladi. Kontent – tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud.
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko`rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko`rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo`llab, undagi o`zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
«Mustahkamlik koeffitsenti» uchrashish yoki «chegaralangan og‘irlik» u yoki bu birlikka xoslari ajratib qo`yiladi. Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent – analiz birligini matritsa qurilishidagi mujassam ko`rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo`llanmalarda erkinlik chastatosi A va B birlikda yoziladi.
Hamkorlikdagi to`qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u R=(AV)+R(A)xR(V).
Bir yo`llanmadagi ikki birlikni hamkorlikdagi ko`rinishlari belgilanadi.
To`qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasi va da’vatda keng tarqalgan.
Proyektiv testlardagi natijalarni qo`llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi.
Proyektiv psixologiya yarim asrlik tarixga ega bo‘lsa-da, undan oldin ham ba’zi olimlar inson proyeksiyalari masalasiga to‘xtalib o‘tadilar. Ularning qarashlari proyektiv psixologiya haqidagi klassik nazariyalar hisoblanadi. Proyektiv testlar masalasiga to‘xtalishdan oldin, proyeksiya tushunchasi mazmuniga e’tibor berish lozim. Proyeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli va ongsizlik tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan munosabatini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Proyeksiya lotincha «proektio» so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga irg‘itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Proyeksiya ba’zida insonning men mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida namoyon bo‘lishini Freyd ta’kidlaydi. Proyeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, forig‘lanish kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. G.S. Frimen insondagi proyeksiyalarni shunday izohlaydi.
1. Ongsizlik holati, ya’ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g‘oya, qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida.
2. O‘z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko‘chirish sifatida.
3. Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi.
Bundan tashqari, ba’zi olimlar aynan proyeksiya so‘zini quyidagicha ifodalaydilar. Proyeksiya — voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proyeksiya - anglanmagan psixologik mexanizm sanaladi, ya’ni proyeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi. Bu holat klinik tadqiqotlar, psixoterapevtik izlanishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan. CHunki, proyektiv testlarga berilgan dastlabki ta’riflar klinik nuqtai nazardan berilgan. Proyeksiya so‘zli assotsiatsiyalar, tugallanmagan so‘zlar, rasm va dog‘lar, tekshiriluvchilar chizgan rasmlar, turli qo‘zg‘atuvchi stimullardan iborat. Lekin proyektiv metodikalar ildizi 1904-1905 yilda Karl Gustav Yung tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan Yung shaxsning ongsizlik holatlaridagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlashda (yolg‘on detektori) M.Veyrtgaymer va A.R.Luriya tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun qo‘llanilgan. Proyektiv testlar qatoridagi tugallanmagan hikoya yoki gan testi ham YUngning assotsiativ testidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, Evropaning klassik psixologiya maktabi vakillari Frenk, G.Rorshax, G.Myurrey kabi olimlarning hissasi proyektiv testlarniig kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb etadi. YUqorida aytilgandek, dastlabki proyektiv testlar klinik xarakterda tatbiq etilgan. Proyektiv psixodiagnostikaning yuzaga kelishi G. Rorshaxning 1921 yilda Germaniyaiing Bern shahrida chop etilgan «Psixodiagnostika» asari bilan bog‘lanadi. O‘zi rassom bo‘lishiga qaramay, Rorshax san’at va rassomchilik tarixiga juda qiziqqan. Unga ma’lum bo‘lishicha, buyuk rassom Leonardo Da Vinchi o‘z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirgan. Bu xususiyat, ya’ni atrofimizdagi «predmetli dunyoni jonlantirish» barchaga, ayniqsa, rassomlar va yosh bolalarga xos bo‘lgan xususiyatdir, deb qaraldi. P.Rorshax talqiniga ko‘ra, siyoh dog‘lari, ya’ni ko‘rishga yunaltirilgan siyoh dog‘lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa olimlar asosan Rossiyada F.E. Ribakov, Fransiyada A.Bine va Arri Vallonlar tadqiqot olib borganlar. Biroq Rorshax birinchi bo‘lib fantaziya obrazlarini shaxsning sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshaxning tadqiqotlar g‘oyasi bugungi kurda ikki yirik yunalishlarda AQSHda (Veek Klopfor, Davidson Rapoport) va Evropada (Bohm, Doosli-Listeri) o‘rganilmoqda. Rossiyada Rorshax testini o‘rganishga urinishlar XX asrning 20-30 yillariga to‘g‘ri kelib, u asosan shaxsning anomal xususiyatlarni aniqlash, nevroz va psixopatiyalar diagnostikasida, shuningdek, epilepsiya (tutqanoqlik) kasalligini tadqiq qilishda foydalanilgan. SHuningdek, 1935-1939 yillarda ko‘pgina proyektiv testlar yaratipib psixoterapiyada keng qo‘llanilgan. Bunda turli xil kasalliklar va jarohatlarning shaxs psixikasiga ta’siri, kasallik va sog‘lomlik o‘rtasidagi alomatlar o‘rganilgan. SHular qatorida 1935-yillarda jurnallarda chop etilgan tematik appersepsiya testi (TAT)ni kiritish mumkin. Bu test kelib chiqishiga ko‘ra fantaziyani eksperimental o‘rganish metodikasi sifatida yuzaga keldi. Uning muallifi G.Myurrey hisoblanib, Rorshax testi singari kelib chiqish tarixi mavjud. Bunda shunday masala yuzaga keldiki, pedagog va psixiatrlarga tekshiruvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli rasmlar asosida tuzilgan hikoyaga qarab, insonning qiziqishlari, mayllari haqida xulosa chiqarish mumkinligi oldindan ma’lum bo‘lib, ba’zida esa psixikaning kasallik holatini ham aniqlash imkoni mavjud edi. Bir qarashda TAT fikri Rorshax g‘oyasiga qaraganda ancha sodda va aniq ko‘rinar, biroq, bunda muallif qahramonlari taqdiri va rasmlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etadi-yu, bazilari qarama-qarshi ma’no aks etishi muammo tug‘diradi. O‘tgan asrning buyuk ertakchilari yozgan ertaklari mazmunn ham proyektiv xarakterli hisoblangan. Bu esa bolalarning turli xil psixologik xususiyat va holatlarini o‘rganishda qo‘l kelgan. Fransiyada SH.Perro, Germaniyada aka-uka Grimmlar juda ko‘p proyektiv xarakterli ertaklar yaratgan. Bunta misol qilib «Qizil shapkacha», «Uxlab yotgan parizod», «Dono qiz», «Bo‘ri bilan echki», «Qor malikasi» kabi ertaklarni keltirish mumkin. Aynan, ushbu ertaklar ham proektov testlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, degan ma’lumotlar mavjud. Bundan farqli ravishda proyektiv testlar masalasi va proyeksiya tushunchasi psixologiyaning bir qancha sohalarida bahsbob bo‘lgan. Shu jumladan, eksperimental psixologiya, analitik psixologiyada keng tadqiq qilingan. Analitik psixologiyada aynan ertakli proyektiv testlar orqali bolalarning ongsizlik holatlarini tadqiq etish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda bu ertakli terapiya nomi bilan g‘arbda mashhur sanaladi. Umuman olganda proyektiv testlar masalasi baxsbob masalaga aylanib, u olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar va qarashlarnn keltirib chiqardi. Z.Freyd fikriga ko‘ra, proyektiv testlar mazmunan ongsizliknn ifodalaydi» shu bilan birga instinktiv xarakter kasb etadi. Xolistetik psixologiya vakillari proyeksiya masalasiga boshqacha nazar bilan qarab, u insonning sub’ektiv yoki ichki dunyosi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bu esa insondagi strukturali yashirin maqsadlar borligini ifodalaydi. Aynan, shu holat barcha kishilarda «shaxsiy dunyo» deb ataladi. Bularga qarshi ravishda eksperimental psixologiya vakillari proyeksiya va proyektiv testlar masasalasiga o‘zgacha qaragan. Bunga ko‘ra, proyeksiya tushunchasi nazorat va bilish usuli, idrokli jarayon bilan xarakterlanadi: atributiv proyeksiya, klassik proyeksiya, artistik proyeksiya, ratsional «aqliy» proyeksiya, munosabatli proyeksiya va similyativ proyeksiya.
Atributli va klassik proyeksiyalar inson xarakterida o‘zini anglash bilan vujudga kelib, undan boshlab qarama-qarshi orttirilishi ta’kidlanadi. Artistik proyeksiyalar idrokning determenantligi va aktual ehtiyojlar paydo bo‘lishi va kondirilishi bilan bog‘likligi ko‘rsatiladi. Bu falsafiy oqim bo‘lgan Autizm qarashlarini ham o‘z ichiga oladi. Ratsional proyeksiyalar esa inson xarakteri, xulq-atvori va aql-zakovatinint mazmunini belgilaydi. Va bu D.Xolmsning proyeksiya tushunchasi klassifikatsiyasiga bergan tahlilida keng o‘rin olgan.
Proyektiv psixologiyaning kelib chiqishiga V.Vund, F.Gal’tonlarning tadqiqotlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular Vyursburg psixologiyasida dastlabki eksperimental tadqiqotni o‘tkazganlar. Tadqiqot «Assotsiativ so‘zlar» metodikasi deb olib borilgan. Bunda shaxslardagi xarakter xususiyatlari o‘rganildi. Lekin, ko‘plab olimlar fikricha, dastlab proyektiv testlarni K.G.Yung ishlatganligi ta’kidlanadi. Yung erkin assotsiatsiyalar testi orqali barcha proyektiv testlar xarakterini ochib berdi. Ya’ni bu shaxsni diagnostika qilishni kompleks usuli, deb ham tan olindi. 1910-yillarda tadqiqotchilar G.Kent, K.G.Ong, A.Rozanovalar AQSHda shaxslarni favqulodda holatlarda o‘rganiladigan stimulli testlar yaratishga kirishdi. Bunda yuz kishidan natijalar olinib, ulardagi individuallik xususiyati o‘rganildi. Bu metodika garchi klinik xarakterli bo‘lsa-da, keyinchalik boshka olimlarning ham nazarini torta boshladi. 1946-yilda Rapoport K.G.Yung tadqiqotlaridan kelib chiqib 60 ta stimulli so‘zlardan iborat metodikani yaratdi. Metodika asosida psixoanalitik nazariya yotib, shaxslardagi ichki nizolarni, faoliyatdagi mental buzilishlarni o‘rgaanadi. Ba’zi olimlar esa 3.Freydning 1909-yilda bosilib chiqqan monografik «Psixoanaliz aooslari»da proyektiv testlarning dastlabki nazariy asoslari yotishini ta’kidlaydilar. XIX asr oxirida va XX asrning 30-40-yillarida proyektiv testlar va uparning turli yunalishdagi maktablari paydo buldi 1921-yilda Rorshax amalga oshirgar ish proyektiv metodikalarni empirik tadqiq qilishning yangi talqini, deb nom oldi. Bundan tashqari, proyektiv testlar rivoji 1920-yillardan so‘ng jadal o‘sib bordi. 1939-yilga kelib, Frenk fanga haqiqiy proyektiv metodika tushunchasini kiritdi. SHundan keyin proyektiv metodikalar turli xil vaziyatlarda va sohalarda keng qo‘llanila boshladi. Masalan, tadqiqotchi G.Myurrey, Yung va Rorshax ishlaridan kelib chiqib, voyaga etmagan jinoyatchilarning sirlariri ochishda qo‘l keladigan proyektiv test, ya’ni TAT(tematik appersepsiya)ni sud-psixologik. ekspertizasida keng qo‘llagan. Bu metod Garvard psixologik klinikasida ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunda sinaluvchilarning oshkor etishni xohlamaydigan yoki yashirib kelayotgan xotiralari, g‘oyalari, kechinmalari ochib berilgan.
1. Konstitutsiyaviy xarakterli proyektiv testlar qatoriga «Tugallanmagan so‘zlar», «Tugallanmagan rasmlar» testlari kirib, o‘tkazilish texnikasiga ko‘ra, turli situativ (vaziyatli) strukturalardan iborat. Metodika materiallari amorf xarakterga ega bo‘lib, tekshiriluvchilardan asosan mantiqiy mulohazalashni talab etadi. Ushbu metodikaning mualliflari Saks va Levi hisoblanib, ommabop testlar qatoriga kiradi. Muallifdan oldin ham ushbu metodika, eksperimental psixologiyada qo‘llanilgan. Yuqoridagi variantini esa Saks va Levilar yangi variantda tuzganlar. Metodikada 60 ta tugallanmagan so‘zlar keltirilgan bo‘lib, ular 15 ta guruhga ajratilgan. Metodika savollari orqali shaxsning oilaviy munosabatlardagi xulq-atvori, o‘z-o‘zidagi qarama-qarshilik chegarasi, seksual xarakter xususiyatlari, qo‘rquv va hissiy buzilishlar, kelajakdagi va bugungi kundagi orzu istaklari, ota-onasi bilan munosabati shu bilan birga do‘st yaqinlari bilan munosabat mazmuni aniqlanadi. Test o‘tkazishda alohida anketa mavjud bo‘lib, u tekshiriluvchilarni testga tez yo‘naltirish xususiyatnga ega. Shu qatorda tadqiqotchi Vartnegning «Tugallanmagan rasmlar» testi ham xuddi shu xarakterda foydalaniladi.
2. Konstitutsiyaviy xarakterdagi proyektiv metodikalar insonlar va hayvonlar figuralari, modellari orqali shaxs xususiyatlarini tahlil etadi. Bunda rasmlar va figuralar miniatyura xarakterida ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqot har bir yoshda alohida xarakter kasb etadi. Bu esa tekshiriluvchilarning muhitdagi ijtimoiy himoyasini ochib beradi. Masalan, inson rasmi va hayvon rasmi testning ko‘proq masalasini tashkil etadi. Metodika tahlilida har bir figura, qurilish materiali, mozaika modellari va saranjomlik hisobga olinadi.
2.Interpretatsion xarakterdagi proyektiv testlar turkumiga TAT (tematik appersepsiya) testi misol bo‘lib, bunda masala va topshiriqlar illyustratsion xarakterda ifodalanadi. Metodika insondagi qiziqishlar, hissiy kechinmalar shu bilan birga, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniklaydi. Metodika mualliflari P.Myurrey va Morganlar sanaladi. Metodika Myurrey yaratgan shaxs nazariyasiga asoslanadi. Ya’ni ehtiyojlar shaxsning xulq-atvorini, tasavvurlarini, bilish jarayonlarini yo‘naltiradi va tashkillashtiradi, degan tamoyilga asoslanadi. Myurrey bunda barcha ehtiyojlarni psixodinamik kutilmalar deb atadi. Myurrey barcha ehtiyojlarni vital va psixogen turga ajratadi. Vital ehtiyojlarni suv-havo, psixogen ehtiyojlarni bilish, san’at, sevgi kabilarga ajratdi. Metodikada 20 ta ehtiyoj qo‘llanilsa-da, lekin, 24 tasi farqlanadi.
Myurrey fikricha, metodikadagi rasmlarni tekshiriluvchilar ikki xil izohlaydilar. Mavhumlik aks etgan rasmlarni o‘z hayotiy tajribalari orqali bajaradilar. Erkak va ayollarga berilayotgan topshiriqlar alohida-alohida bo‘lishi ham test qoidalaridan biri sanaladi. Chunki, jinsiy xarakterdagi tafovut rasm guruhlarida alohida mazmun kasb etadi.
4. Katartistik mazmunli proyektiv testlarga o‘yin faoliyati bilan belgilanadigan testlar kiradi. Masalan, «psixodrama», «ixtiyoriy teatr sahnasi», «terapevtik chiqishlar», misol bo‘la oladi. Buning uchun shart tanlanishi, o‘yin texnikasi tanlanadi. Bunda shaxslardagi nizolar, boshqa insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlar ko‘rinishi o‘yin paytida ochiq oydin amalga oshiriladi. By texnika insonlarning har qanday vaziyatlarda muammo va holatga o‘z imkoniyatidan kelib chiqib ish tutishiga yordam beradi. Bu psixoterapiyada ko‘p qo‘llanadigan va shaxsni tarbiyalaydigan vosita hisoblanadi. Xoh rollar kulgili yoki salbiy obrazli bo‘lsin, shaxs tipiga mos ravishda ijro etiladi. Bunda shaxsning fantaziya holatlari ham hisobga olinadi. Misol uchun «issik stul» nomli trening o‘yini aynan insonni stressli vaziyatda oqilona hukm chiqarishida qo‘l kelishligi ta’kidlanadi.
5. Ekspressiv xarakterli proyektiv tsstlar tezkor ma’lumot olishni ifodalab, bu grafologiya da ham keng kullaniladigan usul sanaladi. Bizga ma’lumki grafologiya irsonning yozuvi va imlopariga karab, uning xususiyatlarini taxlil etadi. Ekspressiv tahlil jinoyat turini aniqlashda yoki bo‘lmasa, davlat ahamiyatga molik rasmiy hujjatlardagi o‘zboshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda, mansabdor shaxslar yoki davlat xizmatchilari qo‘ygan imzolarni aniqlashda ekspressiv usul qo‘l kelishi tadqiqotlarda ta’kidlangan. Bundan tashqari, ekspressiv proyektiv metodikalarga «Uy, daraxt, inson» metodikasini kiritish mumkin. Metodika Dj. Morgan tomonidan 1948-yilda qo‘llangan. Test kattalar bilan bolalalarni o‘rganish uchun ham qulay sanaladi. Mohiyatiga ko‘ra, test quyidagi mazmunnn ifodalaydi. Testni qo‘llashda yo‘riqnoma berilib, har bir vazifadan so‘ng suhbat o‘tkaziladi. Suhbat ham ularning nima uchun bu vazifalarni tanlaganlari to‘g‘risidagi ma’lumotni oydinlashtiradi.
5. Impressiv turdagiga esa tekshiruvchilarning xohish va intilishlari hisobga olinib, ularni ta’minlash talab etiladi. Bundan testlarga Lyusherning «Rang testi» yaqqol misoldir. Testda barcha ranglar hisobga oliigan bo‘lib, ulardan 8 ta rang metodikada foydalanilgan. Ushbu ranglar orqali insonda qo‘rquv, affekt, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emotsional qiyofa kabi psixologik masalalar o‘rganiladi. Lyusherning rang tsstlari XX asr boshlari va oxirgi o‘n yilligida tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiyada klinik jihatdan keng tadbiq etilgan. Tadqiqotchilar fikricha, ushbu metodika insondagi quyidagi xususiyatlarni, sifatlarni tahlil etadi.
1. Turli xil kasalliklarning insonga ta’siri, somatik va psixosomatik belgilarini aniqlashda;
2. Epilepsiya (tutqanoqlik) va shizofreniya kasalliklaridagi sog‘lomlik va kasallik tafovutlarini aniqlaydi;
3. SHaxslardagi emotsional buzilishlar, qo‘rquv, haddan tashqari zo‘riqish kabi holatlarni oydinlashtiradi;
4.Jamoalardagi psixologik muhitni o‘rganadi;
5.Shaxsning hissiy kechinmalari yunalishni va mazmunini ochib beradi.
Gromozdni muolajasiga qaramay, kontent – analiz ko`pgina yutuqlarga ega; tadqiqotchini sinovchini xulqiga nisbatan ta’siri ma’lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metod tarixiy hujatlarni analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko`p qirrali ma’lumotlar analizi, psixomantika rivojlanishida bog‘lanish «ikkinchi nafas» nomini oldi.
Faoliyat mahsulini tahlili – metod, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulni antiqaligi ham shundadir.
Faoliyat mahsulotlarning analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik harakteri u tez o`zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k).
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi. A.R.Luriya «Yo`qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan.
Barcha tahminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 3/1 qismi og‘ir asoratlarni kechirgan asosida o`rganadi.
Proyektiv metod oraliqdagi o`z darajasiga ko`ra psixologik o`lcham va faoliyat mahsuldorligini analizi metodi bo`lib hisoblanadi. Proyektiv metodning istalgan muolajasini qo`llash, istalgan psixologik testni qo`llashga o`xshashdir sinaluvchiga alohida vazifalarni bajarish buyrug‘i beriladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to`ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko`rsatadi. ammo an’anaviy test o`tkazishda muolaja analizi va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlarini tahliliga aktsent o`tkaziladi.
L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proyektiv metodikalarni ijodiy mahsulotlarni o`rganish unchalik ko`p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat muhsulotini analizi kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.
Ular qatoriga TAT, Rozentsveyg testi «Siyohlar dog‘i» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proyektiv test belgilar qatorini yaqinlashtiradi.
- Materialning yoki vazifaga nisbatan noaniqligi.
- «Ochiqlik» - ko`pincha potentsial javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
- Mulozamatlilik atmosferasi va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
-Psixik funktsiyaning o`lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning modusi o`lchanishidir.
Psixik jarayonlar, psixik holatlar ong va чatti-harakatlarning o`ziga xos sifat xususiyatlaridan iboratdir. Masalan, idrok jarayoni tafakkur jarayonidan sifat jihatidan farq qiladi. Tetiklik holati toliqishdan, haqqoniylik shuhratparastlikdan farq qiladi. Lekin har bir jarayon, holat yoki xususiyatlar shuning bilan birga miqdoriy belgilarga ham egadir. Har bir psixik jarayon ma’lum muddat davom etadi, har bir psixik holat ma’lum jadallikka, har bir psixik xususiyat esa ma’lum darajada ifodalanishga egadir.
XULOSA
Psixik jarayonlarning sodir bo`lib o`tishi haqida miqdoriy ma’lumotlar olish hammasidan osonligi bilan farq qiladi. Masalan, biz idrokning qancha vaqt davom etishini bevosita o`lchashimiz mumkin. Psixik xususiyatlarning ifodalanish darajasini aniqlash ancha qiyinroqdir. O‘quvchining o`quv predmetiga bo`lgan qobiliyat darajasini aniqlash uchun bu fan o`zlashtirish muvaffaqiyati bilan zo`r berib sarf qilingan mehnatni solishtirib ko`rish kerak.
Miqdoriy shaklda laboratoriya va tabiiy eksperiment ma’lumotlarini, shuningdek, anketa ma’lumotlarini, xususan grafalarga bo`lingan anketalarning ma’lumotlarini qayd qilish mumkin.
Tekshiriluvchining o`lchanadigan tashqi harakat belgilari, ularning mulohazalari va yashirin fiziologik xususiyatlarini tadqiqotning ko`rsatkichlari deb yuritiladi. Ba’zan ko`rsatkichlar psixik jarayonlarni yoki holatlarni bevosita xarakterlab beradilar. Masalan, biz idrok jarayonining yoki tafakkur jarayonining davom etishini o`lchashimiz mumkin. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har qanday ko`rsatkich psixik jarayonni faqat bir tomondan xarakterlab beradi, shu sababli jarayonning qonuniyatini ochish uchun har turli ko`rsatkichlarni o`zaro taqqoslab ko`rish kerak bo`ladi. Agar ko`rsatkichlarning har biri alohida ravishda psixik jarayonni yoki psixik holatni bevosita emas, balki bavosita xarakterlab beradigan bo`lsa, xususan ana shunday paytda ularni taqqoslab ko`rish muhimdir. Masalan, biz temperament xususiyatlarini yashirin fiziologik reaktsiya ko`rsatkichlari orqali ochishga harakat qilganimizda xuddi shunday holat yuz beradi.
Ong va xulq-atvorni tadqiq qilish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Birinchidan, psixologik qonuniyatlar ko`p miqdordagi omillarning ta’siri bilan aniqlanadi, ikkinchidan sabab-natija aloqalari xilma-xil tasodifiy munosabatlar bilan murakkablashadi. Xuddi mana shuning uchun psixologik tadqiqotlarda miqdoriy ko`rsatkichlarning statistik analizi katta ahamiyatga egadir, unday yoki bunday hodisalarga xos bo`lgan o`zaro munosabatlarning tasodifiylik darajasini baholash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda ko`pincha ikkita o`rta qiymat orasidagi farqning statistik bog‘liqliligi darajasi hisoblash va korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashdan, ya’ni ko`rsatkichlar orasidagi statistik bog‘liqlik o`lchamidan foydalaniladi. Biroq eksperiment o`tkazishdan ma’lum xulosa chiqarish uchun yolg‘iz bitta ko`rsatkichga ega bo`lish yetarli emas, chunki qo`lga kiritilgan yolg‘iz bitta ko`rsatkich tasodifiy miqdor ko`rsatkich bo`lishi mumkin. Tadqiqotchi birlik ko`rsatkichlarning bir talay yig‘indisini qo`lga kiritishi kerak, ya’ni ma’lum miqdorda o`lchashlar o`tkazishi kerak. Agar n marta o`lchash bajarilgan bo`lsa, unda hosil bo`lgan birlik ko`rsatkichlarni x1,x2,x3.......xn deb belgilash mumkin. Topilgan umumiy qiymatni xarakterlash uchun o`rta arifmetik qiymat topiladi, buning uchun x, dan xn gacha bo`lgan barcha variantlar birlik ko`rsatkichlar qo`shiladi va hosil bo`lgan yig‘indini variant soni n ga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |