Asosiy tushunchalar
Elektr qo‘rilmalari (generatorlar, transformatorlar, energiya istemolchilari va energiyani o‘zgartiruvchi boshqa qo‘rilmalar)ning normal ishlashi uchun aniq texnik talablar ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunday talablarning bajarilishini tekshirish elektr o‘lchash asboblari yordamida bajariladi, chunki insonning sezgi a’zolari elektr kattaliklar (tok, kuchlanish, chastota, quvvat, energiya va h. k.)ni bevosita ko‘zata olmaydi.
Elektr o‘lchash asboblari yuqori sezgirlikka, aniqlikka ega bo‘lishi hamda ishonchli va oddiy bo‘lganligi tufayli aksariyat fizik kattaliklar (harorat, bosim, yorug‘lik, tezlik va h. k.) elektr o‘lchash asboblari yordamida o‘lchanadi. Bunda noelektr kattaliklar unga proportsional bo‘lgan elektr kattaliklarga o‘zgartiriladi.
Elektr o‘lchash usuli elektr va elektr bo‘lmagan kattaliklarni o‘zoq, masofadan o‘lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o‘lchashlar tog‘ kon sanoatida chuqur burg‘ilanadigan quduqlarda, Yerning sun’iy yuldoshlarida keng qo‘llaniladi.
Maxsus texnik vositalar—o‘lchash asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash o‘lchash deyiladi.
Ma’lum o‘lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o‘lchash vositasi o‘lchov deb ataladi. Elektr qarshiligining o‘lchovi-o‘lchash rezistorlari (qarshilik g‘altaklari) elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarning o‘lchovlari-normal elementlar, induktivlikning o‘lchovi-o‘z va o‘zaro induktivlik o‘lchash g‘altaklari, elektr sig‘imining o‘lchovi-namunaviy kondensatorlar.
O‘lchash ma’lumotlarini ko‘zatuvchining bevosita uzlashtirishi uchun qo‘lay bo‘lgan shaklda ko‘rsatuvchi texnik vositasi o‘lchash asbobi deyiladi.
Barcha elektr o‘lchash asboblari ikki turga bo‘linadi: anologli va raqamli. Ko‘rsatishi o‘lchanayotgan miqdorning o‘zgarishiga o‘zluksiz bog‘liq bo‘lgan o‘lchash asbobi analogli o‘lchash asbobi deb ataladi. O‘lchash ma’lumotlari avtomatik diskret signallarni hosil qiladigan va ko‘rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar raqamli o‘lchash asboblari deb ataladi.
O‘lchash ma’lumotlarining olinish usuliga qarab o‘lchash asboblari qo‘yidagilarga bo‘linadi: ko‘rsatuvchi asboblar (o‘lchash natijasini shkala bo‘yicha ko‘rish mumkin); qayd qiluvchi asboblar (o‘lchash natijalarini hotirasida saqlab qoladigan asboblar).
O‘lchash asboblari o‘lchov bilan taqqoslash usuli bo‘yicha bevosita va bilvosita taqqoslash asboblariga bo‘linadi. Bevosita taqqoslaydigan asbobda signalni bir yoki bir nechta o‘zgartirish nazarda tutilgan. Bularga strelkali ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va shunga o‘xshash asboblar misol bo‘ladi. Bilvosita taqqoslash asboblari o‘lchanayotgan miqdorlarni ma’lum miqdor bilan taqqoslashga asoslangan. Bularga o‘lchash ko‘priklari, potentsiometrlar misol bo‘ladi. Ko‘p hollarda bevosita baholaydigan elektr o‘lchash asboblaridan foydalaniladi. Bunday asboblar bilan o‘lchashda o‘lchovning keragi yo‘q. O‘lchov dastlab asbob shkalasini darajalashda foydalaniladi, xolos. Solishtirib o‘lchaydigan asboblar o‘lchashni yuqori aniqlik bilan bajarishni ta’minlaydi, ular yo‘qori sezgirlikka ega. Lekin, o‘lchashning bu usuli murakkab va ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |