Mavzu: Oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruv nazoratga tortilishi
Reja:
1. Asosiy tushunchalar
2. . Davlat metrologiya nazorati
3. Metrologik tekshiruv va nazorat
Asosiy tushunchalar
O‘zbekiston respublikasining “Metrologiya to‘ g’risida”gi qonuni 28.12.1993 y. qabul qilingan bo‘ lib, mazkur qonunga quyidagilarga muvofiq o‘ zgartirishlar kiritilgan:
O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni, O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni.
Qonun 5 ta bo‘ lim va 21 ta moddadan tashkil topgan bo‘ lib, 1-bo‘ lim umumiy qoidalarga bag’ishlangan. 1-moddada metrologiyaning asosiy tushunchalari keltirilgan. 2moddada metrologiya to‘ g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘ zga qonun hujjatlaridan iboratligi va Qoraqalpog’iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi belgilangan.
Respublikasining metrologiya to‘ g’risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘ zgacha qoidalar belgilangan bo‘ lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘ llanishi ta’kidlangan. Qonunning 4-moddasida metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘ yicha milliy organ - "O‘zstandart" agentligi amalga oshirishi va "O‘zstandart" vakolatiga:
- metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
- milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘ llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirshshshini ta’minlash qoidalarini belgilash;
- o‘ lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘ yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
- davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
- metrologiya masalalari bo‘ yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
- metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
- O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- metrologiya masalalari bo‘ yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;
- O‘zbekiston Respublikasining o‘ lchovlarning yagona birlikda bo‘ lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘ lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘ lchovlar tizimlari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- iste’molchilar huquklarini, fuqarolarning sog’lig’i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘ g’ri o‘ lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko‘ rsatilgan.
2. Metrologik tekshiruv va nazorat.
O‘lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi bo‘ lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. (12-modda).
“Metrologiya to‘ g’risida” qonuni va O‘Z RST 8.002 standarti bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari, turi va ko‘ rinishi o‘ rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi:
- etalonlar;
- o‘ lchov vositalari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
- axborot- o‘ lchov tizimlari;
- o‘ lchovlarni bajarish uslubiyotlari; • metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘ zga ob’ektlar.
Davlat metrologiya nazorati:
- o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug’ullanish, ularni realizatsiya qilish
- ularning holati va qo‘ llanilishi (fizik o‘ lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘ lchov tizimlarini qo‘ shgan holda)
- o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘ llanilishi;
- belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
- Zarur hollarda "O‘zstandart" karoriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
Adabyotlar:
1. Аbduvaliyev А.А., “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” Darslik “Sharq” 2018.607-B.
2. Аbduvaliyev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Djabbarov R.R., Аlimov M.N., Boyko S.R., Xakimov O.Sh. Osnovi standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom. –Toshkent: NIISMS, 2017., 555 s.
3. Parpiyev M.P., Raxmonova G.S., Inogamova N.S., “O’lchash xatoliklari”. O’quv qo’llanma. “Top Image Media”. 2019. 125 b.
4. Parpiyev M.P., Raxmonova G.S., Xaydarbekova M.M., Аxmedova X.X. “Metrologiya”. O’quv qo’llanma. “Top Image Media”. 2019. 382 b.
Internet saytlar:
- www.lex.uz -O‘zRAdliyavazirligisayti.
- www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy vao‘rtamaxsus ta’limvazirligisayti.
- www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.
- www.unicon.uz
- www.metrolog.ru
- www.metrology.light.com
Do'stlaringiz bilan baham: |