Mavzu: Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”.
Asosiy tushunchalar:
Darsning blok --- chizmasi
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qism
Ma’naviyat daqiqasi
|
5 daqiqa
|
|
2
|
O’tilganlarni takrorlash, yangi mavzuga zamin yaratish
|
6 daqiqa
|
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
|
5
|
Xulosalash, o’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
Ta’limiy: Oʻquvchilarning ertak jangi haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash, boyitish. Ularning matnni ifodali oʻqish, topshiriqlar ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish .
Tarbiyaviy: Oʻquvchilarning rostgoʻylik, toʻgʻrisoʻzlik fazilatlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, yolgʻonchilik, ochkoʻzlikka qarshi nafrat uygʻotish.
Rivojlantiruvchi : Harakatli mashg'ulotlar orqali o‘zakdosh soʻzlarni o‘zaklari atrofiga jamlash.
Tayanch kompetensiya: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
asarlarda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini bilish
yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish;
do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo’lish;
Fanga doir kompetensiya: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish;
O’quvchilar bilan salomlashib, navbatchi axboroti tinglanadi;
Dars shiori: Biz yosh avlod barkamol, o’qib topamiz kamol.
Ma’naviy daqiqa o’tkaziladi.
O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O`quvchilarga quyidagi rasmlar ko`rsatiladi va ayni paytdagi kayfiyatlarini belgilab aytish topshiriladi. Har bir o`quvchi o`z kayfiyatini belgilab qo`yadi:
— Darsda faol boʻlish;
— Vaqtdan unumli foydalanish;
— Oʻzaro hurmat;
— Oʻn barmoq qoidasi;
— Oʻzgalar fikrini qadrlash;
— Fikrni toʻliq bayon etish;
— Yangiliklar sari intilish;
— Ragʻbatlantirish;
II. O`tgan mavzuni so’rash:
Ertaklar qanday janr? (Ertaklar xalq og'zaki ijodi janri.)
Ertaklarni qadimda qanday nomlashgan? (Ertaklarni cho'pchak deb atashgan).
Ertaklarda xalqning nimasi hikoya qilinadi?
Ertaklarni kimlar ijod etadi? (Ertaklarni xalq va yozuvchilar ijod qiladi).
III. Yangi mavzu bayoni: O'qituvchi hikoyasi.
Bolaligida eshitgan ertagidan ilhomlanib yozuvchilar bolalarga atab ertaklar yozishadi. Sizlar sevib tomosha qiladigan «O1tin baliqcha», «Shoh saltan haqida»gi ertaklarni ham rus yozuvchisi Aleksandr Sergeevich Pushkin yozgan. Bugun o'qib o'rganadigan «Bo`rining tabib bo'lgani haqidagi ertak»ni ham bolalar shoiri Anvar Obidjon yozgan. Ertakni Anvar Obidjon she'r shaklida bitgan.
II. Anvar Obidjon haqida ma'lumot berish.
1. Anvar Obidjon haqida nimalar bilasiz?
2. Anvar Obidjon qalamiga mansub yana qanday ertaklarni, she’rlarni o`qigansiz, bilasiz yoki yod olgansiz?
3. Aytib bera olasizmi?
O`quvchilarga «Bo`rining tabib bo'lgani haqidagi ertak»i Respublika yosh tomo-shabinlar teatrining iste’dodli aktyorlari hamda 4-“A” sinfining iqtidorli o`quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishi asosida namoyish etiladi.
«BO`RINING TABIB BO'LGANI HAQIDAGI ERTAK»
Nelar bo‘lmas jahonda!..
Yer go‘yo ters aylandi –
Tabiblikka o‘rmonda
Yirtqich Bo‘ri saylandi.
Ana qarang,
Tish qayrab
O‘tirar shum shifokor.
Yo‘lga boqar jovdirab,
Tezroq kelsa deb bemor.
Keldi ingrab Quyonvoy,
Shalvirab ding qulog‘i.
Qadamlari poyma-poy,
(Balki, tortmas oyog‘i.)
– Qani, o‘tir.
Xix-xix-xi...
Darding nima?
Ayt, inim.
– Bo‘ri og‘a,
Uch kunki –
Tinmay og‘rir biqinim.
Bo‘ri yaqin o‘tirdi,
Dono bilib o‘zini.
Biqin qolib,
Tekshirdi –
Quyonning chap ko‘zini.
– Kechikamiz dingquloq,
Ko‘rmasak tez chora gar.
Oshqozoning sal chatoq,
Buni... «tumov» deydilar.
Biz tabiblar bu dardni
Juda yaxshi bilamiz.
Qorning yorib,
Sen mardni –
Muolaja qilamiz.
Dikkaytirib dumini,
Qochib qoldi tez Quyon.
Bechoraning biqini
Og‘rimas shundan buyon.
Keyin og‘rib tomog‘i,
Keldi yig‘lab yosh To‘ng‘iz.
Ushlab ko‘rib oyog‘in,
Bo‘ri dedi:
– Voh, essiz!..
Tomoq og‘riq boshlanar
O‘ng oyoqning payidan.
Kesib olsak soz bo‘lar,
Go‘shtlikkina joyidan.
Bo‘ri tayyor deb o‘lja,
Yutar ekan so‘lagin.
Fursat poylab To‘ng‘izcha
Rostlab qoldi juftagin.
Keldi Tulki ming‘irlab,
Tikan kirib qo‘liga.
(Bo‘ri der: «Bu boshqa gap!»
Uchrab go‘shtning mo‘liga.)
– Tabib, uzr,
Keldim kech...
Juda chatoq ishlarim...
– Dard ko‘rmaysan endi hech,
Omon bo‘lsa tishlarim!
– Kecha tunda uzoqdan
Tinglab shirin ovozin,
Tutib keldim uzoqdan
Tul kampirning xo‘rozin.
Yo‘lda ablah bo‘ztikan
Yaraladi qo‘limni.
Azobi ja zo‘r ekan,
Bukchaytirdi belimni.
«Shoshmay turgin, muttaham!»
Der Bo‘rivoy ichida.
– Ko‘z tegmasin,
O‘zing ham –
Yetilibsan-da juda...
Dardingni bilay tishlab,
Beri kel-chi, jon inim.
...Shunday qilib,
Dil xushlab,
Bo‘ri yedi Tulkini.
So‘ngra ochib bemorning –
Qabul qilish daftarin,
Silab-siypab qornini
Yozdi ushbu gaplarni:
«Qo‘lin tirnab bo‘ztikan,
Tulki keldi notetik.
Ahvoli og‘ir ekan,
Chora topmadik... Yedik!»
Kechga yaqin kekkayib,
Kirib keldi qari Sher.
Bo‘ri yetti bukchayib,
«Xush kelibsiz, shohim!» der.
Sher harsillab,
O‘zini
O‘rindiqqa tashladi.
Chaqchaytirib ko‘zini,
Darg‘azab so‘z boshladi:
– Yuray desang sog‘, quvnoq,
Yaxshilab ko‘r, akasi.
Bir haftaki,
Sal yo‘qroq
Ishtahamning mazasi.
Bo‘ri aytar:
– O, shohim,
Chekmang tashvish ozorin.
Buning chorasi oson,
Zarurdir quvvatdori.
Tabibdir yetti pushtim,
Shunday uqtirar ular:
«Semiz hayvonning go‘shti
Quvvatga ko‘p boy bo‘lar».
Og‘zidan so‘lak oqib
U tugatgach gapini,
Semiz tabibga boqib
Sher yaladi labini:
– Yaxshi emas, har holda,
Quvvatdori izlasam.
Shoh bo‘lsam-u,
Shoqolday –
O‘rmonda giz-gizlasam.
Qo‘ldan berib imkonni,
So‘ng yurarman armonda –
Sendan semiz hayvonni
Topish mushkul o‘rmonda.
Qadrlayman men har choq
Tabiblarning so‘zini,
Totmoqchiman hoziroq
Quvvatdori tuzini.
IV. Mustahkamlash. O`quvchilarning mavzudan olgan bilimlarini mustahkamlash 3 bosqichda o`tkazildi.
I bosqich. Ertak qismlariga mos sarlavha toppish:
Namuna:
1. Shum shifokor.
2.Bemor quyoncha.
3. Juftakni rostlagan To'ng'izcha…
II bosqich: Quyidagi savollarga javob berish va test topshiriqlari bilan ishlash:
1. Matndan bo‘riga xos xislatlarni aniqlang.
2. Quyon bilan To‘ng‘izchaning qochib qolishi sababini izohlang.
3. Bo‘rining shum taqdirini «qilmish-qidirmish» deb baholash mumkinmi?
4. Ertakka yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
Yuqoridagi savollarni ertak qahramonlari qiyofasidagi aktyorlar o`quvchilarga berdilar va to`g`ri javob bergan o`quvchilar rag`bat tarzida shirinliklar bilan mukofotlandilar.
Shundan so`ng o`quvchilar bilan ertakda qo`llanilgan tushunarsiz so`zlar lug`ati tuziladi va eng ko`p to`g`ri javob bergan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Dars so`ngida o`quvchilarga yana quyidagi rasmlar ko`rsatiladi va endigi kayfiyatlari qaysi rasmga mos kelishi so`rab chiqiladi. Har bir o`quvchi o`z kayfiyatini belgilab aytadi :
V. O`quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Har bir topshiriqda faol qatnashgan o`quvchi BARAKALLA, A’LO, YAXSHI, YETIB OL, JARIMA kartochkalari orqali baholanib boriladi. Dars so`ngida umumlashtirib baho qo`yiladi. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
VI. Uyga vazifa: BO`RINING TABIB BO`LGANI HAQIDA ERTAKNI IFODALI O’QISH
Do'stlaringiz bilan baham: |