Bolg‘ali maydalash mashinalarining asosiy ishchi organi disklarga o‘tkazilgan o‘qlarga erkin osilgan plastinkasimon po‘lat bolg‘achalardan iborat. Mashinaning ishchi organlari o‘ta tez Harakatlanadi (v =30¸55 m/sek), materialga bolg‘achalar vositasida zarba berish vaqti esa o‘ta qisqa. Maydalanish darajasi i =10¸15.
Bolg‘achali maydalash jihozining ish unumdorligi (tn/soat) quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
Q = 3600kD2 Ln2/(i -1), (17)
bu yerda D va L - rotor diametri va uzunligi, m; n - rotorni aylanishlari soni, min-1, k = 4¸6,2- empirik koeffitsient.
Jihoz elektrodvigatelining quvvati (Kvt) quyidagi empirik tenglamadan topiladi
N = 0,15 Q i . (18)
Sharli tegirmonlar o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi gorizontal baraban shaklida tayyorlanadi. Bunday mashinalardan mahsulotni kukunsimon shaklda maydalash uchun foydalaniladi.
Mashina barabani ichiga maydalanadigan mahsulot va qattiq materialdan (metall, farfor) tayyorlangan sharlar bir paytni o‘zida solinadi. Sharlar diametri 35¸175 mm. Baraban xajmi sharlar bilan 30¸35% gacha to‘ldiriladi. Barabanni kritik nkr va ishchi nish aylanishlari tezligi (min-1) quyidagi empirik tenglamalar yordamida aniqlanadi:
nkr= 42.4Ö D; nish = 0,75 pkr= 32/ (19)
Sharli tegirmon elektrodvigatelining kuvvati (kVt) esa quyidagi ifoda asosida hisoblanadi:
N = 6,1 Msh (20)
bu yerda Msh- sharlarning umumiy massasi,tn.; D- baraban diametri, m.
Masala yechish na’munalari
1-masala. Sharli tegirmon barabanining diametri D=1000 mm, uning uzunligi L=2000 mm. Maydalangan material bo‘laklarining 80%- ini diametri d0=20 mm. Maydalangan mahsulot zarrachalarining 85%- ini o‘lchamlari d1=200 mkm dan kichik bo‘lishi lozim. Barabanni sharlar bilan to‘ldirilish darajasi Kt=35%. Po‘lat sharlarni to‘kilgan xolatdagi erkin zichligi rsh= 4100 kg/m3.
Tegirmonning ish unumdorligi va iste’mol kuvvatini hisoblang.
Masalani yechimi. Tegirmon barabani xajmini aniqlaymiz
Vd = (pD2/4)L = p*1,02*0,25*2 = 1,571 m3.
Barabanni aylanishlar chastotasi
n=32/
Ishchi sharlar diametrini dsh=70 mm deb qabul qilamiz.
Barabanga yuklanadigan sharlarning umumiy massasi
msh= Vd Kt rsh=1,571*0,35*4100=2254,4 kg.
Tegirmonning ish unumdorligi Q (tn/soat), maydalangan mahsulot zarrachalari o‘lchamlarining belgilangan me’yorlarda bo‘lishi shartidan kelib chiqib, quyidagi empirik tenglama yordamida hisoblanadi:
Q= Vd K D0, 6= 1,571*1,2*10, 6= 1,885 tn/soat,
bu yerda K=0,411¸1, maydalanayotgan bo‘lak o‘lchamiga bog‘liq koeffitsient.
Tegirmon elektrodvigatelining iste’mol quvvati
N= 6,1msh ÖD = 6,1*2,254*1 = 13,75 kVt.
№
|
D,mm
|
L,mm
|
Kt,%
|
Ρsh,kg/m3
|
dsh,mm
|
№
|
D,mm
|
L,mm
|
Kt,%
|
Ρsh,kg/m3
|
dsh,mm
|
1
|
1200
|
2100
|
35
|
4100
|
70
|
11
|
1100
|
2250
|
35
|
4100
|
70
|
2
|
1100
|
2000
|
30
|
4050
|
70
|
12
|
1300
|
2400
|
30
|
4050
|
70
|
3
|
1300
|
2200
|
35
|
4200
|
70
|
13
|
1250
|
2350
|
35
|
4200
|
70
|
4
|
1250
|
2150
|
30
|
4170
|
70
|
14
|
1350
|
2500
|
30
|
4170
|
70
|
5
|
1350
|
2400
|
35
|
4230
|
70
|
15
|
1400
|
2600
|
35
|
4230
|
70
|
6
|
1400
|
2500
|
30
|
4250
|
70
|
16
|
1450
|
2650
|
30
|
4250
|
70
|
7
|
1450
|
2550
|
35
|
4270
|
70
|
17
|
1050
|
2100
|
35
|
4270
|
70
|
8
|
1050
|
2050
|
30
|
4050
|
70
|
18
|
1150
|
2200
|
30
|
4050
|
70
|
9
|
1150
|
2100
|
35
|
4070
|
70
|
19
|
1200
|
2300
|
35
|
4070
|
70
|
10
|
1200
|
2200
|
30
|
4100
|
70
|
20
|
1100
|
2200
|
30
|
4100
|
70
|
2-masala. Bir soatda 65 tn solodni maydalash uchun zarur bo‘lgan valikli maydalagichlarning soni, kuvvati va valiklarni aylanish tezligini hisoblang. Solod donining o‘rtacha o‘lchami d1=0,003 m, zichligi r=750 kg/m3. Maydalagich valigining diametri D=0,25 m, uzunligi esa L=1,5 m. Mashinaga berilayotgan mahsulot sarfining nomutanosiblik koeffitsienti j=0,65. Mahsulot uchun tashki ishkalanish koeffitsienti f =0,2.
Masalani yechimi. Valiklarni aylanish tezligi (12) va (13) tenglamalar yordamida hisoblanadi
n = 616 min-1.
w = p Dn/60= p*0,25*367,3/60 = 4,8 m/sek.
Odatda [w]= 6¸8 m/s. Hisoblashlar natijasi bo‘yicha w<[w].
Mashinaning ish unumdorligini (2-14) tenglama yordamida hisoblaymiz
Q = 60pdnDLrj= 60 p*0.003*367,3*0,25*1,5*750*0,65 = 37951,5 kg/soat.
Maydalagich validagi kuvvat (2-16) tenglama bo‘yicha hisoblanadi
N = (DLn/35300)(d1/2 + D2/24000) = (25*150*367,3 /35300) (0,3/2+25 2/2400)= 6,869 » 7 kVt.
Maydalagichlarning zaruriy soni
n = 55 tn/soat / 38 tn/soat = 1,45 dona. n = 2 dona deb kabul kilamiz.
Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Quyidagi kattaliklar qiymatlari bo‘yicha bolg‘ali Maydalagich valining aylanishlar chastotasini aniqlang: material donalarining o‘rtacha massasi m=0,15 kg, zarb kuchi P=120 N, kuchni ta’sir vaqti t=0,2 sek.
2. Zichligi 500 kg/m3 bo‘lgan murt materialni maydalash uchun qo‘llaniladigan ikki valikli maydalagichning ish unumdorligini quyidagi ma’lumotlar asosida hisoblang: valiklar diametri D1=D2=0,15 m, ularning uzunligi L=0,3 m; valiklar oraligidagi tirkish kengligi d=0,0035 m. Valiklarni aylanish chastotalari n1=190 min-1 va n2 = 250 min-1.
3. Bolg‘ali maydalagich elektrodvigatelini kuvvati 22 kVt, uning rotorini aylanishlar chastotasi 1450 min-1 va materialni maydalanish darajasi 5. Maydalagich rotori diametri va uzunligining ratsional qiymatlarini aniqlang.
3. Uyma zichligi 470 kg/m3 bo‘lgan donador materialni maydalanish darajasi 31, xosil bo‘lgan mahsulot zarrachalarining o‘rtacha o‘lchami 0,1 mm bulsa, besh valikli gorizontal maydalagich valigining minimal diametrini hisoblang. Materialni valik yuzasiga ishkalanish koeffitsienti 0,65.
Ish unumdorligi 8 tn/soat bo‘lgan bolg‘ali maydalagich dvigatelining iste’mol kuvvatini aniqlang. Mahsulotning uyma zichligi 604 kg/m3, maydalanish darajasi i = 8?11.
Ikki valikli maydalagich valiklarining Har birini diametri 0,25 m, uzunligi 0,32 m, ular orasidagi tirkish kengligi 1,5 mm. Maydalanayotgan mahsulot zichligi 630 kg/m3. Valiklar oraligidagi tirkishning tuldirilish darajasi =0,6. Valiklarning kaysi bir aylanishlar chastotasida maydalagichni ish unumdorligi 4 tn/soat bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |