Konusli mashinalarda mahsulot qo‘zg‘aluvchi konussimon kallak va kesik konus shaklidagi qo‘zg‘almas korpus orasidagi tirqishning kichrayishi tufayli yirik, o‘rtacha va mayda yanchilgan bo‘laklarga maydalanadi.
Ekstsentrikli valning aylanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi:
n = 47Ö(tg a1+ tg a2)/Le , a1 + a2 £2 j, (9)
bu yerda a1 va a2- Har ikkala konuslar uchun materialni ushlab olish burchagi; Le- ekstsentrik uzunligi, m.
Mashinaning ish unumdorligini (m3/soat) quyidagi tenglamadan hisoblash mumkin
Q = 340 mnDt Led/(tga1 + tga2), (10)
bu yerda Dt- mahsulotni chiqishi uchun mo‘ljallangan tirqishning tashqi diametri, m; d- maydalangan material bo‘laklarining o‘rtacha o‘lchami, m; m = 0.3¸0,5.
Valikli maydalash mashinalarida material bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishlarda aylanuvchi valiklar orasida o‘rtacha, mayda va yupqa maydalash turlarini tavsiflovchi o‘lchamlargacha eziladi.
Valiklarning diametrlari va aylanish tezliklari bir xil (n1= n2, d1=d2) yoki aksincha, har xil (n1¹n2, d1¹d2) bo‘lishi mumkin. Valiklar yuzasi sillik, taram-taram kanalli yoki tishli bo‘lishi mumkin. Valiklar soni bittadan sakkiztagacha, ularning chiziqli tezligi esa V= 2¸4,5 m/s gacha (max 7 m/s) bo‘ladi.
Valikli mashinalarda mo‘rt materiallarni maydalanish darajasi i=10¸15, qattiq materiallar uchun esa i<(3¸4) oraliqlarda bo‘ladi. Valiklar diametri uchun D>(20¸25)do‘rt, mahsulotni ushlab qolish burchagi uchun esa a<300 tavsiyalar mavjud. Shu bilan birga, loyihalash jarayonlarida ushbu burchak qiymatini quyidagi ifodadan aniqlash tavsiya etilgan
tg a/2 = f, (11)
bu yerda f- tashqi ishqalanish koeffitsienti.
Valiklarni aylanish tezligi (min-1) quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi
n = 616 Ö f/(pd1D) (12)
yoki
w = pDn/60 , m/sek , (13)
bu yerda d1- maydalanayotgan materialning dastlabki o‘lchami, m.
Agar D1=D2=D va n1=n2= n bo‘lsa, u holda valikli mashinaning ish unumdorligi (kg/soat) quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin:
Q = 60 pdnDLpm , (14)
bu yerda d- valiklar orasidagi tirqish kengligi, m; L va D- valikning uzunligi va diametri, m; n- valikni aylanish tezligi, min-1; m= 0,2¸0,3.
Agar valiklar tezligi turlicha (n1¹n2) bo‘lsa
Q = 3600dLvm pm , (15)
bu yerda vm- mahsulotni valiklar orasidan o‘tish tezligi, vm = (v1 + v2)/2; v1- tez aylanuvchi (etaklovchi) valikning tezligi; v2- sekin aylanuvchi (etaklanuvchi) valik tezligi.
Maydalash mashinasining validagi kuvvat (kVt)
N = (DLn/35300)(d1/2 + D2/24000), (16)
Ushbu (16) tenglamadagi barcha geometrik o‘lchamlar birligi santimetrlarda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |