Kichik ijtimoiy guruhlar – jamiyatning alohida va ayrim tomonlari doirasidagina mavjud kishilar birligi. Unga oliy o‘quv yurtlarining kurslar, guruhlarda tahsil olayotgan talabalari, maktab o‘quvchilari, do‘stona munosabatlar asosida birlashgan ulfatlar va boshqalar kiradi.
Kontent-tahlil – hujjatlar asosida sotsiologik axborot mazmunini miqdor va sifat jihatdan o‘rganish uslubi.
Koordinatsiya – yaxlit tizimni saqlab turadigan, o‘zaro aloqador elementlarning bir-biriga mosligi.
Korrelatsiyali tahlil – tadqiq etilayotgan obyektning belgilari orasidagi statistik aloqalarni o‘rganishda qo‘llaniladigan matematik tartib qoidalar.
Kutilayotgan umrning davomiyligi – muayyan yoshdagi odamlar yana yashashi mumkin bo‘lgan yillarning kutilayotgan o‘rtacha davomiyligi.
Latent funksiyalar – ijtimoiy tizim a’zolari uchun kutilmagan yoki maqbul bo‘lmagan funksional oqibatlar.
Legitimlik– qabul qilingan siyosiy tartibning adolatli va qonuniy ekaniga bo‘lgan ishonch.
Do'stlaringiz bilan baham: |