Ijtimoiy institut – hamkorlikdagi kishilar faoliyatining tarixan tarkib topgan barqaror uyushgan shakli.
Ijtimoiy munosabatlar – kishilar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi nisbatan barqa-ror va mustaqil aloqalar.
Ijtimoiy tashkilot- muayyan maqsad yo‘lida shaxsiy bo‘lmagan aloqalar asosida faoliyat olib boruvchi kishilardan tashkil topgan yirik
birlashma.
Ijtimoiy tizim – o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan, o‘zaro aloqalar, munosabatlar orqali birlashgan, muayyan bir butunni tashkil qiluvchi kishilar birlashmasi.
Ijtimoiy toifa-individlarning umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan statistik guruhi, masalan muayyan daromad darajasiga qarab belgilangan guruhlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |