Asosiy qoidalar


-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli to‘g‘risidagi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

281-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli to‘g‘risidagi
qoidalarning qo‘llanilishi. Da’vo muddati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli
fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonunchiligi qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
(281-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Boshqa soha qonunchiligida belgilangan da’vo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy
da’voga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(281-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
282-modda. Da’voni tan olish, taraflarning o‘zaro kelishuvi va da’vodan voz kechish
oqibatlari
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning da’voni tan olganligi, shuningdek
fuqaroviy da’vogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning o‘zaro kelishganlik
to‘g‘risidagi arizasi fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va
surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy da’voga doir holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama
va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish
majburiyatidan ozod etmaydi.
Da’vodan voz kechishning qabul qilinishi da’vo bo‘yicha ish yuritishni tugatishga asos bo‘ladi
va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy da’vogarni o‘sha
shaxsga xuddi shu asos bilan da’voni qayta qo‘zg‘atish huquqidan mahrum qiladi.
283-modda. Sudning fuqaroviy da’voga oid hukmi va ajrimi
Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash yoki
sodir etgan qilmishning xususiyatiga va o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmagan
hollarda bunday chorani qo‘llamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va
da’vo hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad
etadi.
Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash bo‘yicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy da’voni qondirishni
quyidagi hollarda rad etadi, basharti:
1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan bo‘lsa;
2) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi hal etilayotgan
shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa;
3) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi hal etilayotgan
shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir
etilgan bo‘lsa.
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan
taqdirda, shuningdek ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan asoslardan boshqa
asoslarga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish tugatilganda


sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi
yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Da’voning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga ta’sir etmasa, fuqaroviy
da’voni qanoatlantirishda sud da’vo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir.
Jinoyat protsessida qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo qanoatlantirilmagan taqdirda da’vogar shu
shaxsga va xuddi shu asoslar bo‘yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish
huquqidan mahrum bo‘ladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish