Asosiy qoidalar


-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va
musodara etish
Xususiy egalikda bo‘lishi man qilingan mol-mulk ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan
bo‘lsa, mulkdor to‘g‘ri yoki g‘ayrihuquqiy ravishda qo‘lga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki
musodara etiladi, ya’ni mol-mulk haqini to‘lash yoki to‘lamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday
mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan
tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.
35-bob. HUKMNING MULKIY UNDIRIShLAR TO‘G‘RISIDAGI QISMI IJROSINI TA’MINLASh
290-modda. Mol-mulkni xatlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini
ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va
fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkni
o‘zlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yo‘q qilib tashlashning yoki
shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi.
(290-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal
turmushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va
buyumlar xatlanmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga
xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish,
terrorizm, qo‘poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan
odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hollarda — bu joylar xatlanadi.
(290-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son 
Qonuniga
muvofiq uchinchi
qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa,
undan foydalanish man etilganligini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab
turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori bo‘yicha prokuror roziligi
bilan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning
ajrimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mol-mulkni xatlash
prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma to‘rt soat ichida
prokuror qaror va bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda xabardor qilinadi. Kechiktirib
bo‘lmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan xabarnomasida
asoslantirilishi lozim.
(290-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha
chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni
ta’minlash uchun xatlanayotganda esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham ko‘rsatiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo
qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday
choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi
tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash haqida sud
ajrimi chiqarilgandan keyin esa, qonunchilikka muvofiq vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan uch
sutka ichida shunday yozuv kiritiladi.
(290-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm
qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora ko‘rilmagan bo‘lsa, sud hukmning shu qismi
ijrosini ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga haqlidir.
Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni
xatlashda ushbu Kodeksning 
165-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish