Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir
bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini
aniqlash uchun o‘tkaziladi.
154-modda. Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi,
ishlab
chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush
oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment
o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, uni
o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspert tomonidan o‘tkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi
hisoblanadi.
155-modda. Eksperimentni o‘tkazish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi.
Eksperiment o‘tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek
tajriba harakatlarini olib
boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir
necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishga, shuningdek
ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va
jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv
berganlik
uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va
o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan
ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon
qilinuvchi,
ayblanuvchi,
sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi
qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin.
Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu
maqsadda o‘lchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va
chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji
boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkaziladi. Tajribalarning
sharoitlari o‘zgartirilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga
eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati
bilan eksperimentda ishtirok
etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok
etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha
ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment
sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab
qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: