Asosiy qoidalar


-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yo‘lida
bildirilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy
da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib
chiqish imkoniyatini beradi.
(378-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son 
Qonuni 
tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
379-modda. Ayblov xulosasi
Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib
bo‘lgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi fikri
o‘zgarmagan bo‘lsa, ayblov xulosasi tuzadi.
Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Tavsif qismida
dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining o‘zini himoya qilish
uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.
Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda e’lon
qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat 
kodeksining 
shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki
moddalarini ham ko‘rsatgan holda bayon qilinadi.
Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari ko‘rsatilishi kerak.
Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi ko‘rsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.
380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning
ro‘yxati, shuningdek qo‘llanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt
qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy
da’voni ta’minlash choralari, sud chiqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
(380-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)


Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida tergovchi ularning turgan joyi
hamda ko‘rsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini ko‘rsatadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini
ta’minlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida ularning
taxalluslari ko‘rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi
ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan
birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi
prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish