08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
84/232
(239-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi:
(239-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-
sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga
nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi
bilan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga)
nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Oldingi
tahrirga qarang.
2 ) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga nisbatan — O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuniga
asosan 2 -band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan;
(239-modda uchinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
666-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, fuqarolik ishlari bo‘yicha
tumanlararo, tuman,
shahar sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining,
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarining va O‘zbekiston
Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining roziligi
bilan;
(239-modda uchinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-
664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
4 ) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuniga
asosan 4 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y.,
03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin.
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: