08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
228/232
Shikoyatni ko‘rib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarorni bekor
qilish haqida.
Sudning ajrimi apellatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan
qonuniy kuchga kiradi.
Sudning ajrimi o‘qib eshittirilganidan
keyin darhol prokurorga, shuningdek o‘ziga nisbatan
ushlab berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan bo‘lsa, uning
himoyachisiga yuboriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida apellatsiya
tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(602-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Apellatsiya
shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan
birgalikda uch sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(602-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Apellatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n
sutkadan kechiktirmay
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(602-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, quyidagi
ajrimlardan birini chiqaradi:
(602-modda o‘n uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y.,
03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
sud ajrimini o‘zgarishsiz, apellatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish
to‘g‘risida;
(602-modda o‘n uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y.,
03/21/664/0014-son)
sudning ajrimini bekor qilish to‘g‘risida.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil
etish uchun, o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda
ishtirok etgan bo‘lsa, uning himoyachisiga ma’lumot uchun yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: