Asosiy qoidalar


-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash
Basharti Jinoyat 
kodeksi 
yoki ushbu Kodeks normalarini qo‘llanishdagi xatolar natijasida ish
tugatilgan bo‘lsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar aniqlansa,
tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni noto‘g‘ri tugatish
odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining
iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan o‘zga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish
yoxud yo‘q qilib yuborishning oqibati bo‘lsa, ayblov Jinoyat kodeksining 
64-moddasida 
belgilangan
jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
45-bob. DASTLABKI TERGOVNI TO‘XTATISh VA QAYTA TIKLASh
364-modda. Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi
Dastlabki tergov:
1) ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs
aniqlanmagan;
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan;
3) ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga
kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin
davolab bo‘ladigan kasallikka chalingan hollarda to‘xtatiladi.
Dastlabki tergov ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan
vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi
yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini
prokurorga yuboradi.
365-modda. Qidiruv e’lon qilish
Ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash
uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi
shart.
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi to‘g‘risida qaror
chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilishga haqli.
Qidiruv dastlabki tergov o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov to‘xtatilganidan
keyin ham e’lon qilinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
242
va 
243-moddalarida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda
qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish
tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin.


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
132/232
(365-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan
shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar
mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish