13-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash
Ushbu Kodeks mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo‘lishi
bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning
ertasidan e’tiboran boshlanadi.
Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar so‘nggi yilning, oyning, haftaning
tegishli kunida tugaydi. Kalendar bo‘yicha hisoblanadigan haftalar yoki kunlar muddatiga
ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.
Basharti muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin
keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |