Reja:
Kirish
Asosiy qism:
Miqdor ko’rsatkichlari indekslari;
Sifat ko’rsatkichlari indekslari;
O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi:
dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Indekslar to’plam birliklarini qamrab olishiga qarab
yakka va
umumiy indekslarga bo’linadi. Yakka indekslar to’plamning ayrim elementlarining o’zgarishini ta’riflaydi. Masalan, Toshkent shahrida 10 ta dehqon bozori mavjud.
Hammasida olma, uzum, shaftoli va boshqalar sotiladi. Mana shu sotiladigan mahsulotlardan bittasining bahosi yoki miqdorining o’zgarishini o’rganmoqchi bo’lsak, individual indeksni qo’llaymiz. Barchasi bo’yicha o’rganmoqchi bo’lsak, umumiy indeks qo’llaniladi.
Indeks metodi o’rtacha ko’rsatkichlarning o’zgarishini o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Ma’lumki, o’rtachalarni o’zgarishiga faqat o’rtalashtirilayotgan belgini o’zgarishi emas, balki shu to’plam tarkibining o’zgarishi ham ta’sir qiladi. Demak, o’rtachaning o’zgarishiga ikki
omil ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun statistikada o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.
Taqqoslanish asosiga qarab indekslar
bazisli va
zanjirsimon indekslarga bo’linadi. Baza o’rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o’zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri
va mazmuniga qarab indekslar miqdor(hajm) va
sifat ko’rsatkichlari indekslariga bo’linadi.
Indekslar nazariyasida qaysi ko’rsatkich indekslashtirilsa, u
indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so’zi o’rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, narx umumiy indeksi hisoblanayotgan bo’lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi.
Indekslarni bevosita hisoblashishga
kirishishdan oldin, shu metodda qo’llaniladigan ramziy belgilar bilan tanishib chiqaylik.
Hodisaning miqdori (soni) q; narxlar r; tannarx –z; unumdorlik harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko’rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o’tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va
umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig’indini bildiradi.
Miqdor ko’rsatkichlari indekslari
Qancha miqdor ko’rsatkichi bo’lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir.
Mahsulot hajmi shunday miqdor ko’rsatkichlardan biridir.
Boshqa ko’rsatkichlarga qaraganda, bu vazifani juda ko’p hollarda mahsulot birligining bahosi bajaradi. Bahoni miqdorga ko’paytirib, har bir mahsulot turining qiymatini aniqlaymiz va bu individual qiymatlarni qo’shib mahsulotlarni barcha turlari va guruhlari bo’yicha ularining umumiy hajmi aniqlanadi.
Bahodan tashqari, mahsulot bir birligini tannarxi, mahsulot bir birligiga sarflangan mehnat xarajatlari kabilar ham bu vazifani, ya’ni taqqoslagich (vazn) rolini bajarishi mumkin.