Metil spirti sintez qilish texnologiyasi
R. Boyl 1661- yildayog'ochni quruq haydash (havosiz muhitda) mahsulotlari tarkibida metanol borligini aniqladi. Uning nomi ham shundan kelib chiqib yog'och spirit deb atalgan. Uni 1834- yilda J. Dyuma va E. Peligolar toza holda ajratib olishga muvaffaq bo'ldilar. Birinchi marta u 1923- yilda Germaniyada sintez qilina boshlandi. Metanol uglerod (II) oksidini gidrogenlash usuli bilan, ya'ni sintez-gazdan olinadi.
CO+2H2 = 4CH3OH+3 KJ
Sintez gaz metanni suv bug'i bilan oksidlovchi konvertsiyasidan yoki tabiiy gazni termooksidlovchi kreking qilish bilan (bunda sintez gaz bilan bir vaqtda asetelin ham olinadi) olinadi. Metanol sintezlash uchun CO va N2 gazlarining 1:4 dan 1:8 gacha nisbatdagi aralashmasi olinadi. Jarayon 20—35 MPabosimda 370—420°C haroratda rux-xromli katalizator ishtirokida olib boriladi. Metanolning unumi unchalik katta emas, shuning uchun sintez dastlabki gazlar aralashmasini ko'p marta aylantirish (sirkulyatsiyalash) bilan amalga oshiriladi. Bosimning kamayishi yoki haroratning optimal qiymatidan ortishi metan, formaldegid, dimetil efir va yuqori spirtlar kabi qo'shimcha mahsulotlar hosil bo'lishga olib keladi.
SO+ZN2q=SN4+N2O+209 kJ
2CO+2H2 =CH4+C02+252 kJ
C0+H2<=»CH20+8,4kJ
CH3OH+nCO+2nH2->CH3(CH2)nOH+nH20
2CH30H>CH30CH3+H20
sn3on+n2>sn4+ n2o
Reaksiya jarayonida metanolning hosil bo'lishi reaksion aralashma hajmining kamayishi bilan boradi, shuning uchun Le-Shatele prinsipiga muvofiq sistemada bosimning ortishi muvozanatning spirt hosil bo'lishi tomonga siljishga hamda qo'shimcha reaksiyalarning borishini kamayishiga olib keladi. Reaksiya ekzotermikbo'lganligidan haroratning ko'tarilishi muvozanatni chapga siljitadi va sintez-gazning metanolga aylanish darajasini kamaytiradi. Shu bilan bir qatorda past
haroratda muvozanat metanol hosil bo'lishi tomonga kuchli siljiydi, ammo metanolning sintezlanish tezligi juda sust bo'ladi hamda bunday sharoitda sintezni tezlatuvchi katalizator ham hozircha ma'lum emas. Shuning uchun ham sanoatda jarayon juda kichik harorat (20-30°C) intervaliga olib boriladi.
Metanol unumining harorat vabosimgabog'liqligini -rasmda ko'rish mumkin.Sanoatda gazlar aralashmasini siqish uchun zarur bo'ladigan energiya sarfiyotini kamaytirish uchun jarayon odatda 20-35 MPa bosimida olib boriladi. Amalda eng optimal sharoit yaratilganida ham gazlar aralashmasida reaktor orqali bir marta o'tganida hosil bo'ladigan metanolning unumi 5-20 % bo'ladi. Shu boisdan dastlabki gazlar aralashmasida hosil bo'lgan metanol ajratib olinib, reaksiyaga kirishmay qolgan gazlar yana qayta reaktorga kiritiladi, ya'ni bir necha bor sirkulyatsiya qilinadi, unum 84-87% ga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |