Albert Eynshteynning fotosuratlari ichida uning eng kichik
yoshdagi payti
Albert Eynshteyn direktorning maslahatiga ko‘ra Aarauga yo‘l oladi va u
yerda bir yil ta'lim olgach, fizika o‘qituvchisi bo‘lishga qaror qiladi. U yil
davomida avvalgiimtihonda o‘ziga yetishmagan bilimlarni qaytadan
mukammal
o‘zlashtirib,
puxta
tayyorgarlik
ko‘radi
va
keyingi
imtihonda
Syurix
Politexnikumining fizika o‘qituvchiligi fakulteti talabasiga aylanadi.
Politexnikumda ta'lim ola boshlagan dastlabki yiliyoq Eynshteyn ko‘p
vaqtini mazkur ilmiy dargohning yaxshi jihozlangan fizika laboratoriyasida
o‘tkaza boshlagan. U hamma tajribalarni o‘zi, o‘z qo‘li bilan bajarishni
istaydigan injiq va o‘ta qiziquvchan talaba bo‘lgan. Nazariy fizikaga bo‘lgan
yuksak qiziqishidan tashqari, Eynshteyn talabalik yillarida shuningdek
geologiya, madaniyatshunoslik, tarix, iqtisodiyot, hamda, adabiyotshunoslik
fanlari bilan ham jiddiy qiziqqan. U darslardan tashqari vaqtini asosan yoki
laboratoriyada, yoki kutubxonada o‘tkazardi. Ko‘pincha, u mavzularni
o‘zlashtirish bo‘yicha kursdoshlaridan o‘zib ketib, asosan mustaqil
izlanishlar bilan band bo‘lgan. Uning mutolaa stolida German Gelmgolts va
Genrix Gerslarning ilmiy ishlarini, shuningdek, Darvinning asarlarini doimo
uchratish mumkin edi.
Albertning Shveytsariya fuqaroligini olishga intilishining ikkita sababi bor
edi: birinchidan, agar u Germaniyada qolsa, uni harbiy harakatlarga -
urushlarga albatta jalb qilishardi. Albert esa nemis armiyasida xizmat
qilishni istamagan. Ikkinchida, Shveytsariyada ishlash, masalan,
o‘qituvchilik qilish uchun ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lish talab etilardi. U
Shveytsariyadagi biror oddiy maktabda bo‘lsa ham fizika fani o‘qituvchisi
bo‘lib ishlashni ko‘zlab turgandi. 1900 yil yozida Eynshteyn Syurix
Politexnikumini o‘rtacha baholar bilan tamomladi. Unga fizika va
matematika o‘qituvchisi diplomi topshirildi. Bir yil o‘tib, 1901 yilda u
Shveytsariya fuqaroligiga ham erishdi. o‘sha yili uni Shveytsariya
armiyasiga ham chaqirishgan. Biroq, Albert yassitovon bo‘lgani uchun uni
armiyaga olishmagan.
Politexnikumni tamomlagach, keyingi ikki yil davomida Eynshteyn o‘ziga ish
topolmay sarson bo‘lib yurgan. Unga Vintertur kichik aholi manzilidagi o‘rta
maktabda fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlashni taklif etganida quvonchi ichiga
sig‘may ketgan ekan. Chunki u vanihoyat doimiy ish topganidan behad
xursand bo‘lgan. Biroq, yosh fizik o‘qituvchining xursandchiligi uzoqqa
cho‘zilmadi. Unga ishbay haq to‘lashgan va shu sababli, u dars yo‘q paytda
pulsiz va ovqatsiz qolib juda qiynalgan. Bunday hayot tarzini bizning
xalqimizda "it yotish mirza turish" deyiladi. Xullas, Eynshteyn Vinterturdagi
Bo'limdagi maqolalar
mundarijasi:
Do'stlaringiz bilan baham: