Eynshteyn skrpipkani ham qoyil qilib chalgan
fizika o‘qituvchiligi faoliyatidan tezda hafsalasi so‘nib, yana boshqa ish
izlashga tushib ketgan. Uning Vinterturda ba'zan kunlab ovqatlanmasdan
och qolib ketishi natijasida surunkali buyrak kasalligini orttirib olgan edi.
Ushbu kasallik olimni butun keyingi hayoti davomida ta'qib qilib kelgan.
Vinterturdan ketar ekan, unga Shafxauzen degan joyda fizika va
matematikadan o‘qituvchilik qilish taklifi tushadi. U Shafxauzenga yetib
borib, ishni boshlab yuboradi. Qo‘shimcha ravishda, o‘sha yerning o‘zida
Shveytsariyaning oliy o‘quv yurtlariga kirish istagida bo‘lgan xorij fuqarolari
uchun tashkillangan tayyorlov kurslaridan ham matematikadan dars beradi.
Biroq, Shafxauzendagi o‘qituvchilik faoliyati ham Eynshteyn kutganidek
bo‘lib chiqmagan. Ish borga sari chappasiga ketavergan. U yana ko‘pincha
pulsiz, demakki ovqatsiz, och-nahor qola boshlagan. U keyinchalik hazil
aralash shunday degan edi: "Men o‘sha paytlarda bir burda boʻlsa ham non
topish uchun, skripkamni ko‘tarib ko‘chama-ko‘cha kuy chalsammikan
degan xayolga ham borganman..." (Shu o‘rinda rahmatli Hojiboy
Tojiboyevning "qiziqchi, zo‘r qiziqchi! Ikkita respublikada xizmat
ko‘rsatgan! Qotirib tashlaydi!" - degan askiyasi esga tushib ketdi...)
Vaziyat
qanchalik og‘ir
bo‘lmasin, Albert
Eynshteyn
umidni
yo‘qotmasdan,
nazariy
fizika
bo‘yicha
izlanishlarni
to‘xtatib
qo‘ymagan.
Uning dastlabki
ajoyib
ilmiy
maqolalari
aynan
Shafxauzenda
ishlab
yurgan
paytlarida
yozilgan.
Chunonchi,
uning
ilk
maqolalaridan
bo‘lgan
"Kappilyarlik
nazariyasidan kelib chiquvchi xulosalar" nomli maqolasi Berlinda chop
etiluvchi mashhur "Fizika solnomalari" (Annals der Physik) jurnalida nashr
etilgan. Ushbu maqolada yosh Eynshteyn suyuqliklarning atomlari
orasidagi tortishish kuchlari haqida so‘z yuritgan. Shafxauzenda o‘ta oz
maoshga qanoat qilib arang kun kechirib yurgan Eynshteynni
Politexnikumdagi yaqin do‘stlaridan biri Marsel Grossman Berndagi patent
idorasiga ishga taklif qiladi. Eynshteyn ushbu taklifga tez rozi bo‘ladi va
Bernga yo‘l oladi. Unga Bern patent idorasida uchinchi toifa eksperti
darajasi bilan 3500 frank yillik maosh tayinlangan. Bunday sharoit ham
aslida Eynshteyn kutgan darajada bo‘lmasa-da, harholda Vintertur va
Shafxauzenda dars berishdan yaxshiroq edi. Qolaversa, patent idorasida
o‘zini ko‘rsatish orqali lavozim bo‘yicha yuqorilash imkoni bo‘lgan.
Patent idorasidagi ish Eynshteyn juda yoqib qolgan. Ushbu idorada bo‘lajak
olim 7 yildan ziyodroq vaqt mobaynida, ya'ni, 1902-yildan 1909 yilgacha
faoliyat yuritgan. U aynan o‘sha yillarda o‘zining ajoyib, olamshumul
maqolalarini yozgan va yetuk nazariyotchi fizik sifatida dunyoga tanilgan.
Idoradagi odatiy ish kunidan keyin uning ixtiyorida yana ancha ko‘p bo‘sh
vaqti qolardi va qiziquvchan Eynshteyn bu vaqtdan nihoyatda unumli
foydalanardi. Idoraning patent uchun kelgan talabnomalarni sinashga
Amaliya (Emmi)
Nyoter -
matematikaning toj-
taxtsiz qirolichasi
Qora tuynuklar
Ayzek Azimov.
Zamon, makon va
boshqa narsalar
haqida
Plank doimiysining
yanada aniq qiymati
belgilandi
Kompton effekti
Nobel mukofoti
egalari amalga
oshirgan eng
muhim kashfiyotlar.
Farrux Fattoyev
O‘z zakosi bilan
dunyoni lol
qoldirgan va Nobel
mukofotiga sazovor
bo‘lgan 15 olima
Kyuri (birlik)
Kilogramm ta'rifi
o‘zgardi. Xo‘sh,
innankeyinchi?
Ervin Shryodinger
Xurshid Aliyev
Ilmiy nazariyalar
uchun 3 daqiqadan
Do'stlaringiz bilan baham: