Asosiy Maqolalar Ma'lumotnomalar Olimlar si birliklari Bu-qiziq Kutubxona Minbar Sayt haqida Muallif & blog



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana27.05.2022
Hajmi1,32 Mb.
#610812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Albert Eynshteyn

basharasi) kim ekanligi va u haqida boshqalar qanday fikrda ekanligi o‘rtasida
ulkan tafovut mavjud. Nima bo‘lganda ham, shon-sharafga nisbatan
e'tiborsizroq bo‘lgan ma'qul".
1918-yilda, jahon urushi yakunlanganidan bir necha hafta o‘tib, Eynshteyn
Shveytsariyaga qaytib ketadi. Bu qaytish paytida u xotini Mileva Marich
bilan rasman ajrashgan. Lekin, u farzandlariga nisbatan otalik burchini
risoladagidek bajarishda davom etgan. Bu paytda katta o‘g‘li Gans-Albert
Syurix gimnaziyasini tamomlab, oliy o‘quv yurtiga kirish arafasida edi. U
o‘g‘lining ta'limi va tarbiyasiga doim jiddiy e'tibor qaratgan va uning ham
yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishini istagan. Eynshteynning ikkinchi o‘g‘li
Eduard tug‘ma aqliy zaif bola bo‘lgan. Shu sababli ham Eynshteynni
keyinchalik, xotinini nogiron bola bilan tashlab ketgani uchun juda ko‘p
tanqid qilishgan. Balki tanqidchilar haq bo‘lishgandir... Lekin uning 1922-
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganidan keyingi qilgan ishi haqiqatan
ham olqishga sazovor desak hecham yanglishmaymiz. Chunki, jahon tan
olgan olimga Nobel mukofoti topshirilgach, u mukofot pullarini oxirgi
chaqasiga to‘liq holda xotini Milevaga jo‘natgan va ushbu pullarni
farzandlari va oilasi ehtiyoji uchun ishlatishini istagan.


Vaqt o‘tishi bilan Albert o‘zining xolavachchasi Elza Lyovental bilan birga
yashay boshlagan. Bir necha oydan keyin, aniqrog‘i, 1919-yilning 2 iyunida
ular turmush qurushgan va Elza Lyovental Albert Eynshteynning ikkinchi
xotiniga aylangan. Ular Elzaning uyida yashay boshlashgan. o‘sha paytlarda
Albert Eynshteyn o‘zini juda baxtiyor his qilgani va xotinining mehri bilan
yayrab ishlay boshlaganini do‘stlariga maqtanish aralash ma'lum qilgan edi.
Xususan uning Mishel Bessoga yo‘llagan xatida "Men o‘zimni juda yaxshi
jismoniy holatda va kayfiyatda his qilyapman. Rosa ishlagim kelyapti"
degan ekan.
Albert Eynshteyn butun dunyoga mashhur bo‘lib, fiziklarni yangi-yangi
inqilobiy g‘oyalar bilan hayratlantirayotgan bir paytda, uning vatani
Germaniyada hukumat tepasiga millatchi fashistlar chiqib olishayotgan edi.
Fashistlar siyosatidagi eng qabih ishlardan biri, ular barcha yahudiylarni
qirg‘in qilish rejasi bilan yashashardi. Eynshteyn esa, kelib chiqishiga ko‘ra
yahudiy bo‘lgan. U qanchalik mashhur olim bo‘lmasin, fashistlarni faqat
millati qiziqtirardi va bu narsa uning hayoti uchun xavf tug‘dira boshlagan
edi. Germaniyada olim 1933-yilgacha chidab yashab keldi. Lekin,
fashistlarning millatchilikka asoslangan etnik tozalov ishlari borgan sari
xatarli tus olmoqda edi. Antisemitizm va millatchilik g‘oyalari bilan
yo‘grilgan, hamda, bir necha chalasavod g‘alamis millatchi olimlardan
iborat bir guruh, Eynshteynni doimiy ta'qib qilishga tushdi. Ular olim ustidan
kuladigan, masxaralovchi ahmoqona g‘oyalar bilan muntazam chiqish
qilishardi. Eynshteynni obro‘sizlantirishga qaratilgan ahmoqona fashistik
ilmiy yo‘nalish "Antinisbiylik Kompaniyasi limited" deb nomlangan. Hukumat
tepasiga gitler chiqqandan keyin esa, ushbu nayrangbozlikka asoslangan
ahmoqona harakat, endi Eynshteynning hayoti va salomatligiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tahdid sola boshladi. Vaziyat shu darajaga borib yetdiki, olim jonini
omon saqlash uchun Germaniyadan qochib AQSHga muhojirlikka ketishga
majbur bo‘ldi.
AQSHda esa Eynshteynni xuddi o‘zlarinikidek, juda iliq kutib olishadi. Unga
darhol yaxshi maosh to‘lanadigan va istiqbolli ish taklif qilishgan. Olim
AQSHda yangi tashkil qilingan Prinston Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida
ishlay boshlagan.
Eynshteynning mashhurligi tufayli unga juda ko‘plab xatlar yog‘ilib kelardi.
Masalan, unga xat yo‘llab, o‘zining matematikadan o‘zlashtirishga
qiynalayotganidan noligan qizaloqqa olim hazil aralash "o‘zlashtirishda
qiynalayotganingizdan xafa bo‘lmang, mening qiyinchiliklarim siznikidan
ko‘proq, ishonavering!" - deb javob bergan ekan. Albatta u hamma
maktublarga javob berishga ulgurmasdi. Lekin, olim o‘zining
mashhurligidan foydalanib, dunyoda tinchlik o‘rnatish masalalarida ishtirok
etishga ham urinardi. Masalan u 1939-yil 2-avgust sanasida AQSH
prezidenti Franklin Ruzveltga xat yo‘llab, uni fashistlar Germaniyasida
tayyorlanayotgan atom bombasining ehtimoliy xatari va vayronkorlik kuchi
haqida ogohlantiradi. U o‘z xatida, uranni parchalash orqali boshqariluvchi
termoyadro reaksiyasi yo‘lga qo‘yilsa, bundan favqulodda katta vayronkorlik
kuchiga ega bo‘lgan qirg‘in quroli tayyorlash mumkinligini yozgan.
Keyinchalik esa, deyarli o‘limigacha Eynshteyn o‘zining prezidentga
yo‘llagan mazkur maktubi yuzasidan afsuslanib yurgan. U AQSHning "atom
diplomatiyasi" borasida keskin tanqidlar bilan chiqish qilgan. Bu borada
olim haq edi. Yadro quroliga ega bo‘lgan AQSH hukumati, endilikda bu
borada jahonda monopoliya o‘rnatmoqchi bo‘lib, davlat ushbu qurol orqali
boshqa mamlakatlarga tayziq o‘tkazishga kirishgandi. Eynshteyn, tinchlik
o‘rnatish va fashistlarning atom quroliga birinchi bo‘lib ega chiqishi
ehtimolini oldini olish maqsadida yozgan xati orqali, u kutmagan narsa -
AQSH hukumatining yadroviy qurollar poygasini boshlab yuborishidan
norozi bo‘lgan edi. Eynshteyn atom energiyasidan qirg‘in quroli sifatida
foydalanishga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lib, yadro energiyasidan istisnosiz
ravishda faqat tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori edi. U keyingi butun
umri davomida tinch maqsadlardagi yadro energetikasiga erishish uchun


Yangilаndi: 16.12.2018 00:33

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish