Mehnat bozorining vazifalari va unga ta’sir etuvchi omillar.
Mehnat bozori boshqa tovarlar bozoridan yuqorida bayon qilingan xususiyatlari
va amal qilish mexanizmi komponentlaridan tashqari yana quyidagi xususiyatlari
bilan farq qiladi:
Birinchidan, mehnat bozoridagi ishchi kuchini sotuvchisi bilan uning xaridori
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar uzoq muddat davom etadi. Tovar bozorlarida
sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabat, asosan, qisqa muddat ichida sodir bo’ladi.
Ikkinchidan, mehnat bozorida pulsiz omillar katta rol o’ynaydi. Bu omillar
qatoriga ishning murakkabligi va sertalabligi, mehnat sharoiti, uning inson
salomatligi uchun xavfsizligi, ish bilan bandlik va kasbiy o’sishning
kafolatlanganligi, jamoadagi ma’naviy muhit va boshqalar kiradi.
Uchinchidan, mehnat bozoriga turli institusional tuzilmalar ta’siri kuchlidir.
Kasaba uyushmalari, mehnat qonunchiligi, davlatning bandlik siyosati va kasb-hunar
ta’limi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi,
tadbirkorlar uyushmalari va boshqa institusional tuzilmalar mehnat bozoriga jiddiy
ta’sir ko’rsatadi.Mehnatbozori o’zining turli segmentlariga ega bo’ladi.Ular o’z
ichiga eng yuqori alakali mutaxassislar, malakali kadrlar va boshqa ishchi-xodimlar
bozorlarini oladi(1.1.3-rasm).
Ишчи кучини таксимлаш ва кайта таксимлаш
Ташкилий-хукукий омиллар
Ижтимоий омиллар
Мехнат унумдорлигини устиришни
рагбатлантрииш
Ахоли даромадлари ва турмуш даражасини
оширишга шароит яратиш
Ишчи кучи мобиллигини фаоллаштириш
. Mehnat bozori tarkibi (segmentlari)
Mehnat bozori amal qilish mexanizmining muhim komponentlariga quyidagilar
kiradi:
- ishchi kuchiga talab. U mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo’lgan ijtimoiy
ehtiyojning umumiy hajmini ifodalaydi;
- ishchi kuchi (mehnat) taklifi, ishlashni istayotgan ishchi kuchining umumiy
miqdori. Ishchi kuchi jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasb-kori, malakasi nuqtai nazardan
turli tarkibda namoyon bo’ladi;
- ishchi kuchi bahosi ishchi va xodimlarning ish haqida ifodalanadi, ish haqi
tovar qiymatining puldagi ifodasi, bozor bahosidir.
- ishchi kuchi qiymati. Ishchi kuchi qiymati uni takror ishlab chiqarish uchun
zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne’matlar, xizmatlar qiymati bilan belgilanadi;
- raqobat. Raqobat ish beruvchilar o’rtasida yuqori malakali ishchi kuchini jalb
etish uchun olib borilsa, yollanma xodimlar o’rtasida yuqori haq to’lanadigan ish
o’rinlari uchun raqobat kurashi yuz beradi (1.1.4-rasm).
МЕХНАТ БОЗОРИ
Энг юкори малакали
мутахассислар бозори
Ишчи касб-корлари мехнат
бозори
Колдик мехнат бозори
Малакали кадрлар бозори
Норасмий мехнат бозори
Кам малакали ходимлар ва хизмат
курсатиш сохаси мехнат бозори
Do'stlaringiz bilan baham: |