Asosiy kism. Mexnat bozorini infrotuzilmasini rivojlantirish



Download 88,47 Kb.
bet2/9
Sana28.06.2022
Hajmi88,47 Kb.
#716061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мундарижа

Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot jarayonida mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari va ularning o`zaro samarali aloqadorligini ta’minlashning axborot-analitik bazasini takomillashtirish bo`yicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni o`rganishga dialektik va tizimli yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi hamda ish bilan bandlik xizmati faoliyatining “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 3 samaradorligini oshirishning axborot dasturiy va uslubiy ta’minoti usullaridan foydalanish zarurati asoslandi. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o`smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o`ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni yetarli darajada ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo`lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o`sishi boshqaruvda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda [6].


Tahlil va natijalar
Axborot va kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ulkan va globalь miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funktsiyasiga ta’sir ko`rsatmoqda [4]. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50% ish bilan band bo`lganlar kompьyuter texnikasidan foydalanmoqdalar [7]. Mehnat bozorining yagona axborot tizimi, masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi [8]. Mehnat bozorida axborotlarning yo`qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko`maklashish doirasida nomutanosib holatlarni keltirib chiqaradi, agarda bo`sh ish o`rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud bo`lsa, qanday qilib bo`sh ish joylari tuzilmasini to`ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi uchun hududdagi bo`sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo`yicha hududiy axborot tizimini yaratish zarur. Aholini ishga joylashtirish bo`yicha hududiy bandlik xizmati axborot tizimlarini yaratilishida barcha imkoniyatlari bilan yetakchi rolь o`ynaydi. Har bir hududda axborot tizimlarining yaratilishi va qo`llanishi respublika miqyosida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida mehnat bozorining markaziy axborot tizimiga birikishini nazarda tutadi. Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda tarmoqli – axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga keltiradi [9]. Haqikatdan ham, bunday axborot tizimlari xizmatlariga talab hududiy mehnat bozorini qamrab olish doirasigacha kengayib boradi. Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda hududiy axborot tizimi ishchilarning bo`sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini oshirishga amaliy natija beradigan yordam ko`rsatishi mumkin. U ishsizlikdan sug`urtalash tizimi bilan birgalikda davlat ish bilan bandlik xizmatiga mehnat bozoridagi holatlarning hududiy darajada ancha “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
4 egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va faoliyatining samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, ishsizlik bo`yicha to`g`ri va zamonaviy nafaqa to`lovlarini ta’minlash, ishsizlikning davomiyligini qisqartirish, mavjud ish joylari to`g`risida ma’lumotlar banki bilan muvofiqlikda ishchilarni kasbga qayta tayyorlashni ishlab chiqish samaradorligini oshirishda vosita bo`lib xizmat qiladi. Hududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti bo`lib, hududiy ish bilan bandlik xizmatini axborotlashtirish asosida axborot uzatish texnikalari bilan jihozlangan yaxlit hududiy axborot tizimlarini yaratish hisoblanadi. Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida «Katarsis» kompaniyasi bozorda axborot tizimi sifatida 11 yildan ko`proq faoliyat yuritmoqda va Rossiya Federal ish bilan bandlik xizmati uchun yagona axborot tizimini yaratmoqda. Hududiy va milliy darajada axborot tizimi rivojlanishining muhim pallasi bo`lib, qo`yilgan masalani yechishda kompleks yondashuv hisoblanadi. Bunda u nafaqat axborot jihozlarini o`rnatish, balki loyihalashtirish bo`yicha tadqiqotlar o`tkazish, dasturlashtirish, axborot uzatishning markazlashgan tizimlarini ishlab chiqish, tarmoqli monitoringning samarali usullarini qo`llash kabi ishlarni olib boradi1 . Hozirgi vaqtda “Katarsis” dasturiy – apparatlashgan kompleksi axborot almashish maqsadida “Mehnat resurslari”, “Nafaqalarni hisoblash va to`lash”, “Bandlik jamg`armasi”, “Tahlil”, “Maslahatchi 1”, “Maslahatchi 2” kabi avtomatlashgan tizimlarni birlashtiradi. Bu axborot tizimi mijozlarga alohida tartibda mavjud bo`sh ish o`rinlari, kasbiy tayyorgarlikdan o`tish imkoniyatlari, nafaqa miqdori va boshqalar haqida yetarli darajada ma’lumotlar berib turadi. Barcha ishlanmalar mahalliy va xorijiy firmalar bilan birgalikda yaratilgan maxsus dasturiy ta’minotga bazalashtiriladi. O`zbekistonda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Katarsis» kompaniyasiga o`xshash axborot tizimining hududiy ish bilan bandlik xizmati mablag`lari yoki davlat byudjeti hisobiga yaratilishi mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish samaradorligini oshishida muhim vosita bo`lib, ish bilan bandlikka ko`maklashish sohasidagi institutsional tuzilmalar o`rtasida samarali axborot almashishni ta’minlaydi. Ko`pincha rivojlangan mamlakatlarda axborot to`plash va uzatishga ixtisoslashgan vositachi firmalar faoliyati tijorat asosiga qurilgan. Biroq o`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, viloyat mehnat bozorida axborot xizmatlarini tijoratlashtirish imkoniyatlari yetarli darajada emas, chunki yuqori ish haqiga ega bo`lgan ish o`rinlari va lavozimlar yetarli miqdorda emas. Shuning uchun hozirgi vaqtda mehnat bozori axborot tizimi jamoat sektori 1Sankt-Peterburgdagi «Katarsis» kompaniyasi ma’lumotlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 5 doirasida shakllanishi zarur, lekin kelajakda uning faoliyatini tijorat asosiga o`tkazish mumkin. Hududiy axborot tizimi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga olishi zarur: ishsizlar va mavjud ish joylari haqida dastlabki ma’lumotlarni yig`ish;  ular uchun qayta ishlash dasturi;  mavjud yig`ilgan va to`plangan axborotlar asosida viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati va uning joylardagi BKMlari faoliyati bilan muvofiqlikda lokal kompьyuter tarmog`ini yaratish va internet taromog`iga ulash. Buning uchun barcha hududiy ish bilan bandlik xizmatlarini internet taromog`iga ulash nazarda tutiladi; axborot-uslubiy ta’minot.

2. Mexnat bozorini tartibga solish mexanizmlari. (Yollari)





Download 88,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish