Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi va tuzilmasi


Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish



Download 30,52 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi30,52 Kb.
#499051
1   2   3
Bog'liq
6 топширик

. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan ishlab chiqarishning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish faqat ishlab chiqaruvchi kuchlarga taalluqli boʻlib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini ham oʻzida ifodalaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yangilanish jarayonini bildiradi va takrorlanish davrida mehnat qurollari, vositalari, usullari, mahsulot yaratilishi kabi jarayonlarning oʻzgarib borishi, oʻrin almashuvi qabilarni qamraydi. Yangilanish inversiya usulini qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun YAMM isteʼmol va ishlab chiqarishni qaytadan yangilash uchun sarf etiladi, resurslarga aylantirib, investitsiyalar uchun ishlatiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ning ilgʻor texnologiya va yangi usullar asosida amalga oshuvi iqtisodiy oʻsishni jadallashtiradi.

Ishlab chiqarishdagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sib borishi: mahsulot miqdorining ortishi, moddiylashtirilgan mehnat sarfining qisqarishi, yangi asosiy fondlar uchun kapital mablag’larning iqtisod qilib qolish, bular natijasi sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining pasayishi va ishlab chiqarish rentabelligining ortishi orqali asosiy fondlar samaradorligini ifodalaydi.


Ishlab chiqarishda asosiy fondlardan qay darajada foydalanganligini tavsiflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
- Fond samaradorligi. Bu ko’rsatkich asosiy fondlar­ning o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
Fsm = M / Fa
bunda:
M — yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so’m;
Fa — asosiy fondlarning yillik o’rtacha qiymati, so’m.
Fond sig’imi - fondning samaradorligiga teskari ko’rsatkich bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi:

Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi:
Fk = Fa / n
bunda:
n — ishchilarning soni.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ekstensiv, intensiv va integ­ral ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi:
1. Asosiy fondlarning ekstensiv bandlik ko’rsatkichi ulardan vaqt bo’yicha foydalanish darajasini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:
Kek = Thaq / Trej
bunda:
Thaq — dastgohlarning xaqiqiy ishlagan vaqti
Trej — dastgohlarning rejada ko’rsatilgan ishlash vaqti
2. Asosiy fondlarning intensiv bandlik ko’rsatkichi asosiy fondlardan quvvati bo’yicha foyda­lanishni ko’rsatadi, u quyidagicha aniqlanadi:
Kin = Mhaq / Mrej
bunda:
Mhaq — vaqt birligida ma’lum dastgohda haqiqiy ish­lab chiqarilgan mahsulot miqdori;
Mrej — rejaga asosan vaqt birligida mazkur dastgoh­da ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori.
Asosiy fondlarning integral bandligining ko’rsatki­chi bu ekstensiv va intensiv bandlik ko’rsatkichlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi va quyidagicha aniqlanadi:
Kint = Kek * Kin
Asosiy fondlarning smenalik koeffitsientini oshirish samaradorlikni oshirishning eng muhim rezervi hisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:
NI, NII, NIII, — birinchi, ikkinchi, uchinchi smenada ish­lagan dastgohlar soni, Tum -korxona, sex, uchastkaga o’rnatilgan dastgohlarning umumiy soni
Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish ko’rsat­kichi ishlab chiqarish bir kvadrat metr (1m2) maydonidan olingan mahsulot miqdorini ko’rsatadi va quyidagicha ifodalanadi:
d = M / S,
bunda:
M — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (kg, tonna, dona)
S — ishlab chiqarish maydoni (m2)
Asosiy fondlarni rejalashtirish va ulardan foydalanish amaliyotida ma’lum korxona yoki tarmoq uskunalaridan foydalanishni ifodalaydigan boshqa ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi.
- Ishlab turgan uskunalardan foydalanish koeffitsienti shu turdagi uskunalar sonining korxonadagi uskunalar umumiy soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Korxonada mavjud bo’lgan asosiy fondlarning miqdori mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi asosiy fondlarning yemirilish, ishdan chiqish va yangilanish koeffitsientlarini ifodalashi mumkin.
- Mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi bir yilda ishlab chiqarishda band bo’lgan bir xodimga yoki korxonaning bir ishchisi hisobiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish asosiy fondlarining qiymatini ko’rsatadi.

Download 30,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish