mablag‘lar holati quyidagicha o‘rganiladi:
1. aylanma mablag‘larning yil boshida va oxiridagi qiymatlari, ularning tarkibi.
2. Aylanma mablag‘larning belgilangan me’yorda mutanosibligi.
3. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi. Aylanma mablag‘larning
samaradorligi aylanuvchanligi bilan belgilanadi.
Xulosa
Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan xarajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning hajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir aniq momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy hajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo'yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqozo qilinadi va buning natijasida to’la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymati — ularning hozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi №133 (1994 yil 14 iyun) qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga o‘tkazish to‘g‘risida
davlat dasturi».
3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995.
4. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 1998.
5. Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002.
6. Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002.
7. Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004.
8. Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003
9. Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002.
10. Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005.
11. Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamISI, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |