Ekzistensializm (lot. existentia - "mavjudlik") insonlar oʻz hayotlari maʼnosini oʻzlari yaratishlarini taʼkidlovchi falsafiy oqimdir.
Ekzistensializm mavjudlik maʼnosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bogʻliq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] boʻshliq" mavzulari yoritilgan.
Shunday qilib ekzistentsial psixologiya quyidagilarni oʼrganadi:
1) oʼlim, hayot va vaqt muammolarini;
2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;
3) yolgʼizlik, sevgi va muloqot muammolarini;
4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini
L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistentsial nazariyasi
Binsvanger va Boss individga xuddi buyumdek qarashga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal oqibat shaxs degumanizatsiyasi koʼrinishida namoyon boʼladi.Ular insonlarning texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga chekinishi va buzilishi haqida soʼz yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga koʼra, insonlar bilan buyum kabi munosabatda boʼlganda, ular ham oʼzlarini ega boʼlish, nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin boʼlgan buyum deb hisoblay boshlashadi.
4
24.-------------------------------------------------------------------
1. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J.Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan.
D.Elkoninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotni davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Professor E.G’oziyevning “Psixologiya” (1994) kitobida bunday bo’linishlar xarakteristikasi batafsil keltirilgan.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri – butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Quyida keltirilgan 4-jadvalda berilgan xuddi shu yuqoridagi sxema bo’lib, u Ananyev, Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan.
Taraqqiyotni yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E. Eriksonda shaxs “Men”ining rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifikasiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham ijobiy, ham salbiy jihatdan ajratilgan.
Erikson klassifikasiyasining o’ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o’zi to’g’risidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi. Shunga o’xshash bosqichlarga bo’lishlar oxirgi paytda yana ko’plab mualliflar tomonidan taklif etilmoqda (G. Grimm, D. Bromley va boshq.). Ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadi-yu, shaxs unda qanday rivojlanish ko’rsatgichlariga ega bo’ladi. Ularni tabiiy o’zgarishlarda bilish va o’rganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo’yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to’g’ri kelmaydi, yoki bog’cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o’ziga xos pedagogik taktni va o’sha yosh sohasida bilimdonlikni talab qiladi.
2. V.1. Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» – «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga tahminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Charlz Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi. Sotsial muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va sotsial sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarda umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning sotsial mavqei, sotsial munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak. 55 Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar). Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top-toza taxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri Djon Lokk bo‘lib (1632 – 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi.
3. .So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz».
Yopiq savol: «Siz ko‘p hollarda xavotirlanish holatida bo‘lasizmi? Quyidagi javoblardan birini tanlang va belgilang «ha», «yo‘q», «ba'zan», «bilmayman».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savol: «Sizda xavotirlanish degan shaxs sifati mavjudmi?».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati vujudga keladimi?».
Yozma savolnomalardan tashqari, og‘zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu deb Yuritiladi. Unda psixolog sinaluvchiga o‘zi savol berib, o‘zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan aniqlanib, tayyorlab qo‘yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‘lishi mumkin.
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz qilish orqali kontent-analiz hisoblanadi. Kontent-analizning vazifasi shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali o‘rganishga qaratilgandir.
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari shundan iboratki, sinaluvchining biron-bir xususiyatini baholashda maxsus psixodiagnostik eksperiment ishlab chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir qancha tibbiy voqeliklarni o‘z ichiga oladi, ya'ni bu hodisalar sinaluvchining o‘rganilayotgan xususiyatini namoyon qilish hamda bu sifatning taraqqiyotini baholash va belgilashning standart metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‘tkazish natijasida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan muammolar, bo‘yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental tadqiqotda sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, tadqiqotchini shaxs sifatlaridan xavotirlanish muammosi qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda olib boriladi. Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi qandaydir murakkab ishni vaqt tig‘izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi mumkin.
Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‘llanishi haqida ma'lumotlar berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishi uchun, albatta, ushbu psixodiagnostik metodlarni o‘zlashtirishi va amaliyotda foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi shart
4.
Regressiya haqida tushuncha. O’rganiluvchi erkli parametrlar , ..., , 1 2 n x x x o’rganiluvchi erksiz parametr y bo’lsin. Alohida hollarda y ni n x , x ..., x 1 2 parametrlarning funktsiyasi deb qarash mumkin, ya’ni (3.1) Agar y hosil xajmi bo’lsa, u sug’orishlar soniga, ishlatilgan mineral ozuqa hajmiga, havoning harorati va boshqalarga bog’liq. Bundan ko’rinadiki, hosildorlik tasodifiy jarayondir. Shuning uchun (3.1) munosabat tasodifiy o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi. ( , ,...., ) x1 x2 xn Y f ( , ,..., , ) 1 2 n Y f x x x
5. Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |