Asosiy fikrlar


Har xil psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari



Download 138,41 Kb.
bet3/11
Sana14.07.2022
Hajmi138,41 Kb.
#794370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BILET

Har xil psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari
Reja
1.Bixeviorizm maktabida shaxs nazariyasi
2.Psixoanaliz maktabida shaxs nazariyasi
3. Ekzistensializm maktabida shaxs nazariyasi
4. Geshtaltpsixologiya maktabida shaxs nazariyasi
Amerika psixologi, bexeviorizm asoschisi. 1878 yil 9 yanvarda tug‘ildi. Psixologiya fanini bevosita his qilinadigan subyektiv hodisalar haqidagi fan deb qarovchilarga qarshi chiqib, psixik hodisalarni o‘rganishga yangicha yondoshishni targ‘ib qildi. O‘z nuqtai nazarini 1913 yil yozilgan axborotnomada aks ettirdi. Introspektiv psixologiyaga qarama-qarshi tabiiy fanlardagi kabi obyektiv metodlarga tayanishi, psixologiyaning predmeti sifatida odamning tug‘ilganidan o‘limigacha bo‘lgan xulqini ko‘rishni taklif qildi. D.B.Uotsonning fikricha, psixologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi xulqni oldindan aytib berish va uni nazorat qilishdan iborat. D.B.Uotsonning qarashlari stimul-reaktiv psixologiyada rivojlantirdi.
Dj.Uotson tarbiyaga nisbatan ilmiy yondashuvni chuqur ishlab chiqishni orzu qilib unga xos bo‘lgan keskin uslubi haqida quyidagilarni keltirib o‘tadi: “Agar bolalar tug‘ilishini 20 yilga to‘xtatish imkoni bo‘lsa, eksperiment maqsadi bilan tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari va bu yillarni bolalar rivojlanish qonuniyatlarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlab so‘ngra egallangan bilimlar asosida ilmiy va mukammallashgan metodlar orqali yangi tarbiyani boshlash shubhasiz insoniyatni ahamiyatli darajada yaxshilagan bo‘lardi”.
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo‘yilan maqsadlarda muvofiq tarzda yo‘naltirib boradi va uyushtiradi.
4.3. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojalnib keldi. Buning natijasida ko‘plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan qarb mamlakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
Shaxs an’anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.Shtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
Yeng yangi nazariyalar (YE.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs, E.Fromm va boshqalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‘nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo‘lgan:
Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), potsfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanitsik psixologiya, interaktsionizm, ekzitsentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
4.4. An’anaviy nazariyalar. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar orasida freydizm alohida o‘ringa ega. E Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan boqliq bo‘lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ruy bo‘rgan va uning psixika (ruhiyati)da yoki rivojalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan voqealar degan xulosaga keldi, bu ta’sirlar ko‘pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvoriga ta’sir qilishda davom etadilar, ba’zida xulq-atvor buzilishiga olib keladilar. E.Freyd turli psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong otsi (ong oldi) va ong.
Ongsizlik-instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida ayniqsa, jamiyat tomonidan ta’qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo‘lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o‘rin tutadi.
Ong oldi-uning mazmunini kishi qiynalmay anglaydi.
Ong-ijtimoiy meyorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.
K.Yung va uning psixologik qarashlari. Karl Gustav Yung (1875-1961) Shveytsariyalik psixiatr, psixolog. Z.Freydning yakin safdoshlaridan biri. U.Z.Freydning izidan borib, inson psixikasida «ong» va «ongsizlik» darajalarini ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual, b) kollektiv (jamoa) – uning asosini oldingi avlodlar tashkil qiladi. Bular asosan insinktlar, mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.
Insinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tuqma ehtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko‘rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.Yung kishilarning psixik yo‘nalaganligi asosida ularni ikki guruhga bo‘ladi: introvertlar va etsrovertlar.
Introvertlar–xulq–atvor sabablarini o‘zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchoq, o‘z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil boshqalarga ko‘p qo‘shilishga intilmaydilar. Eksrovertlar tashqi olamstga yo‘nalgan. Ular impulsiv tashabbuskor, dilkash guruhga va jaoaga tez moslashuvchan.
K.Yung psixik funktsiyalarning utsunligiga ko‘ra shaxslarning quyidagi tipologiyasini ko‘rsatgan:
a) tafakkur qiluvchi (fikrlovchi).
b) hissiy
v) ta’sirga beriluvchan (yemotive)
g) intuitiv
K.Levinning «Maydon nazariya»si. K.Levin (1890-1947) Germaniyada tuqilgan va A+Shda ko‘p yillar samarali ishlagan. U barcha tashqi olam omillarini «fizik maydon» va odamning ichki olamini «psixik maydon» deb ajratadi. Uning fikricha bu ikkala maydon orasida o‘zaro tortishish va itarish xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar shaxsning ehtiyojlari va motivlariga boqliq ravishda yuzaga chiqadi. Uning fikricha tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi orasidagi muvozanat buzilsa, shaxs harakatlarida, xulq-atvorida zo‘riqish paydo bo‘ladi. K.Levin tomnidan shaxsning guruhdagi o‘rni, mavqei, liderlik hodisalari, nizolar o‘rganilgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Yangi nazariyalar orasida Gumanistik psixologiya alohida o‘ringa ega. Bu yo‘nalishga juda ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Gordon L. Olport (1897-1967) shaxsning o‘zligini ko‘rsatishga, kamolotga intilishi nazariyasini taklif qildi. U shaxsni ochiq, doim rivojlanishdagi, o‘sishdagi psixofiziologik sitsematarikasida qaraydi. Shaxsning asosiy xususiyati o‘zligini anglashga kamolga yetishga o‘zining barcha imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilishga intilishi deb qaraladi.
Gumanistik psixologiyaning ko‘zqa ko‘ringan namoyondalaridan biri Karl Rodjersdir. (1902-1987). Uning fikricha shaxsning asosiy xususiyati, bu shaxsning hayot haqidagi o‘z konsepsiyasidir. Bu konsepsiya odamning tashqi muhit bilan munosabati jarayonida shakllanadi. Rodjersning nazariyasiga ko‘ra quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
shaxslararo munosabatlar tenglikka aoslanishi, bir kishi ikiinchisiga tazyiq o‘tkazmasligi, har bir kishining maqei hurmat qilinishi lozim.
Shaxsning «o‘zagini» uning haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Shaxsning «self» yoki «Men kontseptsiya» ichki, organik va ijtimoiy sezgilar orasidagi o‘zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi.
Shaxsning asosiy motivi «o‘zligi»ni o‘sirish motividir.
Shaxsning o‘sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta’siri otsida yoki tezlashadi, yoki sekinlashadi.
Shaxsni undovchi kuch K.Rodjersning fikricha, «Men kontseptsiya» va «ideal Men» orasidagi tafovutdir.
Gumanistik psixologiyaning namoyondalaridan yana biri Abraxam Masloudir (1907-1970). U ham K.Rodjers nazariyasiga hamohang nazariya, «O‘zligini (hayotga) tadbiq qilish» nazariyasini taklif qildi. Uning fikricha, shaxning o‘sishga intilishi tuqma, lekin ijtimoiy omillar otsida aktuallashadi (harakat qiladi).
A.Maslou shaxs ehtiyojlarining 5 ta darajaga bo‘lgan iyerarxiyasini (tabaqalashgan) taklif qilgan:
Self-actualisation neyed – o‘z-o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji (o‘zligini ko‘rsatish, o‘zining imkoniyatlarini to‘liq tadbiq qilish, umuman olganda komil inson bo‘lish ehtiyoji); Etseyem neyed-hurmatga, tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj; Nedsfor belongingness and love-ijtimoiy munosabatga, guruhga a’zo bo‘lish ehtiyoji; Safety neyeds-xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; Deficiyency neyeds-fiziologik ehtiyojlar.
Psixologlar orasida biosotsial nazariyalarning tarafdorlari ham juda ko‘p. Shu jumladan G.Ayzenk. U shaxsning ikki o‘lchamli (asosli) modelini ishlab chiqdi. Bu modelda odam psixobiologik fenomen sifatida ko‘rib chiqilgan. Shaxsning asosiy xususiyatlari ikkita asosiy mezon, shkala – «yekstravertlik-introvertlik» va «emotsional turg‘unlik-neyrotizm» bilan aniqlanadi.
Biosotsial nazariyalar orasidan D.Kettelning «Shaxs xususiyatlarining faktorli kontseptsiyasi»ni ko‘rsatib o‘tish lozim. Olim bir-biri korrelyatsiga ega bo‘lgan 16 birlamchi va bir qancha ikkilamchi va o‘lchamli omillarni ajratib ko‘rsatgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Psixologiyada yangi nazariyalarning salmoqi juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‘naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanitsik psixoanalizga asos soldi. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) simvolik kommunikatsiyaning interaktsionitsik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard «Shaxs aktsentuatsiyalari» nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) «Shaxs konsruktlari» nazariyasi juda keng tarqaldi va qo‘llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday «ko‘ra olishi» (oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A.Kellining fikricha har bir odam tadqiqotchi. U doimo o‘zidagi «shaxs konsruktlari», o‘zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to‘qri kelmasa mavjud konsruktlar qayta quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konsruktlar ko‘rish kishining psixologik bilim darajasiga boqliq.

  • Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog’i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo’naltirilgan "transakt tahlil" nazariyasini taklif qildi.Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan

  • ishlab chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g'oyalarini rivojlantirib, nazariy

  • psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi original yo'nalishlardan biri

  • — «transakt tahlil» yo'nalishiga asos soldi. Bu tahlilga ko'ra, shaxs uch

  • EGO holatini o'z ichiga oladi: bolalik, ota-onalik, katta odam. Boshqalar

  • bilan bo'lgan munosabatning har bir daqiqasida individ shundayholatlardan birida bo'ladi. Transaksiya nima? Insonlar o'rtasidagi

  • muloqot jarayonida turli signallar almashinadi. Ushbu signallar

  • transaksiya deyiladi. Transaksiya bu — muloqotga kirishayotgan individlar

  • EGO holatlarining o'zaro ta’siridir. Har biri stimul va javob

  • transaksiyalardan iborat. Transaksiya muloqot ishtirokchilaridan birini

  • EGO holatidan olib chiqadi, birini bu holatga yo'naltiradi.

  • E. Bernning transakt tahliliga ko'ra insonda uchta «MEN» mavjud:

  • bolalik (B) — bo'ysunuvchi, mas’uliyatsiz, spontan reaksiyalarni

  • namoyon etuvchi, nazoratsiz faolligi yuqori bo'lgan holat. Ushbu holatda

  • bola o'z kechinmalarini so'zlar bilan emas, balki hissiyotlar bilan

  • namoyish etadi. Bu holatning jismoniy belgilari: yig'lash, qaysarlik,

  • ming'irlash, qo'rquvdan cho'chib tushish, yelka qisish, masxara qilish,

  • kulish, biror narsa deb aytish uchun qo'l ko'tarish, uyalish, burun

  • tortish. Bolalik holatida inson quyidagi: «xohlamayman», «qilmayman»,

  • «oyi, men ketdim», «men katta bo'lganimda...», «hammadan ko'p»,

  • «eng yaxshi» kabi iboralardan foydalanadi. Katta odam bu so'zni, ya’ni

  • «men katta bo'lganimda«iborasini «men boyib ketganimda» degan

  • shaklda ifodalaydi. Bolalar shu bilan birga «Nega? Qachon? Qayerda?

  • Kim? Qanday?» savollardan ham foydalanadi. Bu — bolada kattalik

  • holati uyg'onayotganligini ko'rsatadi. Bolalik holati quyidagilarga

  • bo'linadi: tabiiy bolalik «men»i (xursandchilik, qayg'u kabi spontan

  • namoyon etuvchi), moslashuvchi bolalik «men«i (moslashuvchi, quloq

  • soluvchi, o'zini aybdor hisoblovchi, ikkilanuvchi), norozilik qiluvchi

  • bolalik «men»i (qaysarlik, qarshilik qiluvchi).

  • Ota-onalik holati (O) — butun mas’uliyatni o'z zimmasiga oluvchi,

  • talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat. Bu holatning

  • jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko'rsatkich barmoqni yuqoriga

  • ko'tarish, qo'llarni ko'krakda chalishtirish, «uf» tortish, suhbatdosh

  • yelkasini qoqib qo'yish. Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha quyidagi

  • so'zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech

  • qachon...», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo'lingni

  • tekkizib ко 'г-chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas

  • so'zlari ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko'p ishlatiladi).

  • Baholovchi fikrlar — qoralash, maqtash ma’nosidagi fikrlar

  • («ahmoq», «jinnivoy», «erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik

  • holatidagi kishiga xos. Ota-onalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon

  • ota-onalik «MEN»i (yordam beruvchi, to'g'rilovchi, ovutuvchi),

  • tanqidchilik «MEN»i (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo'rqituvchi).

  • Katta odam holati (K) — vaziyatni inobatga ola biladigan,

  • boshqalarning manfaatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan,

  • mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining o'rtasida adolatli taqsimlay

  • oladigan holat. Bu holatning jismoniy belgisi: tinglayotganda yuzko‘z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko‘zlar pirpirashi).

  • Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam

  • holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi

  • inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima uchun?»,

  • «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», «mening

  • tushunishimcha» (masalan: «mening fikrimcha, yoshlar kattalarni

  • hurmat qilishlari kerak, shart»).

  • E. Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO

  • holatining qanchalik shakllanganligiga bog'liq bo'ladi. Transakt

  • tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga

  • muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim

  • transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib

  • keladi. Transaksiyalar quyidagi turlarga b o 'lin a d i: parallel

  • transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi

  • (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat

  • qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka javob qaytarish);

  • kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob transaksiya

  • kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga

  • murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob qaytarishi);

  • yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan

  • bog'liq bo'lmagan transaksiyadir. Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy

  • belgilar, so'zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday

  • transaksiya ro'y beradi. Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO

  • holat munosabatga kirishishi natijasida ro'y beradi.

  • Muloqot pozitiv (ijobiy) tugallanishi uchun transaksiyalar parallel

  • bo'lishi kerak. Kesishuvchi transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi.

  • Parallel transaksiyaga misol: «oyijon, bu mening qo'limdan

  • kelmaydi», «sen endi katta bola bo'lib qolding, albatta qo'lingdan keladi».

  • Kesishuvchi transaksiyaga misol: «Sardor, narsalaringni joy-joyiga

  • qo'yib qo'ysang-chi», «siz menga xo'jayin emassiz, bu yerda menga

  • faqat onam buyruq bera oladi».

  • Bolalik holati bolalik davrida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Kattalarga

  • taqlid qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi. Kattalik holati esa

  • uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan qaror topib boradi.Kognitiv psixologiyada tadqiqotning asosiy mavzusi quyidagilardir:

  • xotira

  • nutq;


  • xayol;

  • tuyg'ular;

  • o'ylash.

    3. Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig‘ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
    Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g‘ridan-to`g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g‘ridan-to`g‘ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g‘ridan to`g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:
    Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.
    Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.
    4Korrelyatsiya oʻlchovlari konsepsiyasiga asoslangan korrelyatsion tadqiqotlar nazariyasi K.Pirson tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u matematik statistika boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarida batafsil bayon etilgan. Bu erda korrelyatsion psixologik tadqiqotning faqat metodologik jihatlari ko'rib chiqiladi.
    Korrelyatsiya tadqiqotini o'tkazish strategiyasi kvazi-eksperimentga o'xshaydi. Kvazi-eksperimentdan yagona farq shundaki, ob'ektga boshqariladigan ta'sir yo'q. Korrelyatsiyani o'rganish rejasi oddiy. Tadqiqotchi shaxsning bir nechta psixik xususiyatlari o'rtasida yoki ma'lum tashqi darajalar va ruhiy holatlar o'rtasida statistik bog'liqlik mavjudligi haqidagi farazni ilgari suradi. Shu bilan birga, sababiy bog'liqlik haqidagi taxminlar muhokama qilinmaydi.
    Korrelyatsiya tadqiqoti - bu bir nechta (ikki yoki undan ortiq) o'zgaruvchilar o'rtasidagi statistik bog'liqlik haqidagi gipotezani tasdiqlash yoki rad etish uchun olib boriladigan tadqiqot. Psixologiyada aqliy xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar o'zgaruvchan rolni bajarishi mumkin.
    "Korrelyatsiya" so'zma-so'z "korrelyatsiya" degan ma'noni anglatadi. Agar bir o'zgaruvchining o'zgarishi boshqasining o'zgarishi bilan birga bo'lsa, u holda bu o'zgaruvchilarning korrelyatsiyasi haqida gapirish mumkin. Ikki o'zgaruvchi o'rtasidagi korrelyatsiyaning mavjudligi ular orasidagi sabab-natija munosabatlari haqida hech narsa aytmaydi, lekin bunday gipotezani ilgari surishga imkon beradi. Korrelyatsiyaning yo'qligi o'zgaruvchilarning sababiy bog'liqligi haqidagi gipotezani rad etishga imkon beradi. Ikki o'lchov o'rtasidagi korrelyatsiya mavjudligining bir nechta talqinlari mavjud:
    1. To'g'ridan-to'g'ri korrelyatsiya. Bir o'zgaruvchining darajasi to'g'ridan-to'g'ri boshqasining darajasiga mos keladi. Bunga Hik qonunini misol qilib keltirish mumkin: axborotni qayta ishlash tezligi muqobillar sonining logarifmiga proportsionaldir. Yana bir misol: yuqori shaxsiy plastika va ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirish tendentsiyasining korrelyatsiyasi.
    2. 3-o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan korrelyatsiya. 2 ta o'zgaruvchi (a, c) o'rganish davomida o'lchanmagan 3 (c) orqali bir-biri bilan bog'liq. Tranzitivlik qoidasiga ko'ra, agar R (a, b) va R (b, c) bo'lsa, u holda R (a, c). Bunday o'zaro bog'liqlikka misol sifatida amerikalik psixologlar tomonidan aniqlangan fakt, aql darajasi daromad darajasi bilan bog'liq. Agar bugungi Rossiyada bunday tadqiqot o‘tkazilsa, natijalar boshqacha bo‘lardi. Shubhasiz, hamma narsa jamiyatning tuzilishi bilan bog'liq. Tez (tachistoskopiya) taqdimoti paytida tasvirni aniqlash tezligi va sub'ektlarning so'z boyligi ham ijobiy bog'liqdir. Ushbu korrelyatsiya ortida yashirin o'zgaruvchi umumiy aqldir.
    3. Har qanday o'zgaruvchiga bog'liq bo'lmagan tasodifiy korrelyatsiya.
    4. Namunaning heterojenligidan kelib chiqqan korrelyatsiya. Tasavvur qilaylik, biz tekshiradigan namuna ikkita bir hil guruhdan iborat. Misol uchun, biz ma'lum bir jinsga mansublik ekstraversiya darajasi bilan bog'liqligini aniqlamoqchimiz. Biz jinsni "o'lchash" qiyinchiliklarga olib kelmasligiga ishonamiz, lekin biz Eysenck ETI-1 so'rovnomasi yordamida ekstraversiyani o'lchaymiz. Bizda 2 ta guruh bor: erkak matematiklar va ayol jurnalistlar. Agar biz jins va ekstraversiya-introversiya darajasi o'rtasida chiziqli munosabatga ega bo'lsak, ajablanarli emas: ko'pchilik erkaklar introvert, ayollarning aksariyati ekstrovert bo'ladi.

    Korrelyatsiyalar o'z shakllarida farqlanadi. Agar bir o'zgaruvchining darajasining oshishi boshqasi darajasining oshishi bilan birga bo'lsa, unda biz ijobiy korrelyatsiya haqida gapiramiz. Shaxsiy tashvish qanchalik baland bo'lsa, oshqozon yarasi bilan kasallanish xavfi shunchalik yuqori bo'ladi. Ovoz balandligining oshishi uning ohangining kuchayishi hissi bilan birga keladi. Agar bir o'zgaruvchining darajasining oshishi boshqasi darajasining pasayishi bilan birga bo'lsa, biz salbiy korrelyatsiya bilan shug'ullanamiz. Zajoncning so'zlariga ko'ra, oiladagi bolalar soni ularning intellekt darajasi bilan salbiy bog'liqdir. Shaxs qanchalik qo'rqoq bo'lsa, guruhda dominant mavqega ega bo'lish ehtimoli shunchalik past bo'ladi.


    O'zgaruvchilar o'rtasida hech qanday bog'liqlik bo'lmasa, nol korrelyatsiya chaqiriladi.
    Psixologiyada qat'iy chiziqli munosabatlarga (ijobiy yoki salbiy) misollar deyarli yo'q. Ulanishlarning aksariyati chiziqli bo'lmagan. Chiziqli bo'lmagan munosabatlarning klassik misoli Yerkes-Dodson qonunidir: motivatsiyaning ortishi dastlab o'rganish samaradorligini oshiradi, keyin esa unumdorlikning pasayishi ("remotivatsiya" effekti) sodir bo'ladi. Yana bir misol - muvaffaqiyat motivatsiyasi darajasi va turli qiyinchilikdagi vazifalarni tanlash o'rtasidagi bog'liqlik. Muvaffaqiyatga umid qiladigan odamlar o'rtacha qiyinchilik diapazonidagi vazifalarni afzal ko'radilar - qiyinchilik shkalasi bo'yicha tanlov chastotasi qo'ng'iroq shaklidagi egri chiziq bilan tasvirlangan.
    Chiziqli korrelyatsiyalarning matematik nazariyasi Pirson tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asoslari va qo'llanilishi matematik statistika bo'yicha tegishli darsliklar va ma'lumotnomalarda keltirilgan. Eslatib o'tamiz, Pearsonning chiziqli korrelyatsiya koeffitsienti r -1 dan +1 gacha o'zgarib turadi. U o'zgaruvchilarning kovariatsiyasini ularning standart og'ishlari ko'paytmasi bilan normallashtirish orqali hisoblanadi.
    Korrelyatsiya koeffitsientining ahamiyati qabul qilingan ahamiyatlilik a darajasiga va tanlamaning kattaligiga bog'liq. Korrelyatsiya koeffitsientining moduli qanchalik katta bo'lsa, o'zgaruvchilarning chiziqli funktsional bog'liqlikka munosabati shunchalik yaqin bo'ladi.
    5. Ilk o‘spirinlarga xos xususiyatlardan biri hayotiy rejalarning shakllanishidir. Bir tomondan hayotiy rejalar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni umumlashtirishi va mustahkamlashi natijasida vujudga keladi. Boshqa tomondan maqsad va motivlarning qonkretlashishi jarayoni ro‘y beradi.
    Hayotiy reja – bir vaqtning o‘zida ijtimoiy va axloqiy hodisadir. Kim bo‘lish (kasbiy o‘zlikni anglash) va qanday bo‘lish (axloqiy o‘z-o‘zini anglash) muammolari o‘smirlik davrida farqlanmaydi. O‘smir va o‘spirinlarning hayotiy rejalari tarqoq bo‘lib, ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi. Ilk o‘spirinlar “Hayotiy rejalaringiz bormi?” degan savolga “ha” deb javob berishgan, lekin ko‘pchilik hayotiy reja sifatida o‘qish, kelajakda qiziqarli ish bilan shug‘ullanish, sodiq do‘stlarga ega bo‘lish va ko‘p sayohat qilish deb ta’kidlashgan.
    Hayotiy reja faqat so‘nggi natijagina emas, unga erishish usul va yo‘llari, unga zarur bo‘ladigan ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlar e’tiborga olingandagina bu so‘zning asl ma’nosi vujudga keladi. Faol va xayolotga beriluvchan orzudan farqli ravishda, hayotiy reja – bu faoliyat rejasidir, u birinchi navbatda kasb tanlashga bog‘liq.
    Ilk o‘spirin uchun kasb tanlash avvalo axloqiy muammodir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham shaxs mehnat qilish huquqi bilan birga, o‘z qobiliyati, layoqati va qiziqishiga ko‘ra kasb tanlash huquqiga egaligi ta’kidlangan.
    Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtai nazardan qarash mumkin bo‘lgan ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali jarayondir. Birinchidan, jamiyat shakllanayotgan shaxs oldiga qo‘ygan vazifalar seriyasi sifatida, ularni shaxs ma’lum vaqt davomida ketma-ket hal qilishi zarur. Ikkinchidan, individ o‘z qiziqish va layoqatlarini shakllantiradigan qaror qabul qilish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu uch nuqtai nazar o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan ishning har xil tomonlaridir.

    Yosh davrlari psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.

    Birinchi bosqich – bolalar o‘yinlari bo‘lib, unda bola o‘ziga har xil kasbiy rollarni qabul qiladi va shu bilan bog‘liq xulq-atvorning alohida elementlarini “o‘ynaydi”.

    Ikkinchi bosqich – o‘smirlik xayoli bo‘lib, o‘smir orzularidao‘zini u yoki bu qiziqarli kasbning namoyondasi sifatida ko‘radi.



    Uchinchi bosqich - ilk o‘spirinlik davrini qamrab oladi – dastlabki kasb tanlashdir.Har xil faoliyat turlari o‘smirning qiziqishlari tomonidan saralanadi va baholanadi (“Men tarixiy romanlarni yoqtiraman, tarixchi bo‘laman”), keyin qobiliyatlari nuqtai nazaridan kasb tanlashga harakat qilinadi (“Men matematikani yaxshi o‘zlashtirayapman, matematik bo‘lsammikan?”, eng so‘nggida qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi (“Men kasal odamlarga yordam berishni hohlayman, vrach bo‘laman"; “Ko‘p pul topishni hohlayman, qaysi kasb bu talabga javob beradi?”). Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar kasb tanlashning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi. Fanga qiziqish o‘quvchini u bilan ko‘proq shug‘ullanishga undaydi, bu esa uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, qobiliyatlar esa faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi va qiziqishlarni mustahkamlaydi.
    To‘rtinchi bosqich – amaliy qaror qabul qilish, kasb tanlash bosqichi bo‘lib, o‘z ichiga ikki bosh tarkibiy qismni oladi: avval biror faoliyat bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ladi, keyin esa qonkret soha tanlanadi (“O‘qituvchi bo‘laman”, “Matematika o‘qituvchisi bo‘laman”). Kasb tanlash ko‘p bosqichli jarayon. 9-sinf o‘quvchilari akademik litseyga yoki qaysi kasb –hunar kollejiga topshirishlarini tanlashlari zarur. Qiziqishlar, qobiliyatlar va qadriyatlar yo‘nalganligidan tashqari qaror qabul qilishda o‘zining imkoniyatlarini – oilaning moddiy sharoiti, o‘quv tayyorligi darajasi, sog‘lig‘i va boshqalarni hisobga olish ham muhim rol o‘ynaydi.
    Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga etishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga bog‘liq.Ota-onaning ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda qizlarga nisbatan yuqoridir.
    Kasbiy yo‘nalganlik nafaqat ijtimoiy, balki psixologik muammo hamdir. Psixologiyada kasbiy yo‘nalganlik bo‘yicha uch nazariy nuqtai nazar mavjud.
    Birinchi nuqtai nazar faoliyatning muvaffaqiyati va usullari bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarning amaliy o‘zgarmasligi va barqarorligi haqida g‘oyaga asoslangan.Bunda birinchi tomondan, u yoki bu ishga mos insonlarni kasbga yo‘llash va tanlashga urg‘u beriladi, ikkinchi tomondan u yoki bu insonning individual xususiyatlariga mos kasblarni tanlashda namoyon bo‘ladi.
    Ikkinchi nuqtai nazar qobiliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish g‘oyasidan kelib chiqadi, bunda har bir insonning muhim xislatlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.YUqorida keltirilgan bu ikki nuqtai nazar ham har xil shakllantirilishi mumkin, lekin ularning umumiy metodologik kamchiligi shundaki, individuallik va mehnat faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, bir-biriga qarama-qarshi, biri ikkinchisini albtata bo‘ysundiradigan kattaliklar sifatida qaraladi.
    23.----------------------------------------------------------------------------------------
    1. Bir necha o‘n yillar davomida milliy psixologiya tadqiqotlari shaxs faoliyati 
    prinsiplariga asoslangan edi. Bu prinsiplar muallif haqida aniq va ishonchli 
    ma’lumotlar yo‘q. Bu prinsiplar birinchi bo‘lib 1922-yil Rubenshteynning “SHaxs 
    ijodiy faoliyati prinsipi” maqolasi orqali yuzaga kelgan degan fikrlar ham mavjud. 
    Bundan tashqari o‘tgan asrning 20-30 yillarida L.S.Vigotskiy tomonidan yozilgan 
    bir necha asarlar ham bu prinsiplarning fundamental g‘oayalariga asos bo‘lgan 
    degan ma’lumotlar ham mavjud. Bu prinsipning ma’no mazmuni milliy psixolog 
    L.YA . Galperin yoritgan edi. Uning yozishicha shaxs ijodiy faoliyati faqatgina 
    shaxs tor doirasida emas, subektning tashqi va obektiv faoliyatini o‘z ichiga olib 
    o‘rganish kerak; shaxs ijodiy faoliyati psixikaning zarurligini, unig tarkibi va 
    tuzilishi tashqi faoliyat bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganish; psixologik faoliyatda 
    shaxs ishtirok etmaydigan protses emas subektning muommoviy holatdagi faoliyati 
    bilan ko‘rib chiqish. Milliy psixologiyada shaxs ikki qarash bilan o‘rganiladi. 
    Barcha psixologik jarayonlar – e’tibor, xotira, fikrlash shaxsga tobe bo‘lgan 
    tanlangan xarakterga ega aktiv holtaga egadir. (motivatsya, qiziqish, maqsadga , 
    xarakter). SHaxsni o‘z-o‘zidan o‘rganish qarshi bilan sturukturasi, uning 
    shakillanishi nazaryasini o‘rgandi. L.S.Vigotskiy (1896) – metodolog psixolog, 
    ko‘p yillar davomida bola psixikasini o‘rganishda empirik usullardan foydalanish 
    programmasi ustida ish olib brogan. 10 yil davomida olib borilgan tinimsiz va 
    intensiv izlanishlar orqali u 180 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Bunday asarlar 
    orasida “San’at psixologiyasi”, “Fikr va nutq”, “Pedagogik psixologiya”, 
    “Psixologik krizisning tarixiy mazmuni” kabi asarlari mashhurdir. Vigotskiy 
    alohida e’tibor qaratgan “Markaziy kategoriga insonni ongi edi.Vigotskiy 
    marksizm g‘oyalariga asoslanib, psixik o‘zgarishlarga tavsif qidirishga harakat 
    qildi. Ichki psixik jarayonlarni tushunish uchun. Inson organizmi doirasidan 
    chiqib, uning atrof- muhit bilan bo‘ladigan munosabatini o‘rganish karak edi. 
    Uning konsersiyasi ma’naviy- tarixiy deb atash mumkin edi, chunki ong va psixik 
    jarayonlarga interpretatasiyani faqatgina ularning rivojlanishi va qurilishi orqali 
    berish mumkin edi. Vigotskiyning asosiy g‘oyasi, yuqori psixik funksiyalarning 
    rivojlanishini tasqidlash bilan bog‘liq edi. Ular yosh bolada kattalar bilan muloqot 
    davomida rivojlanadi. Vigotskiyning fikricha, rivojlanish, ma’naviy belgilarni, 
    ularning ichida eng soddasi bo‘lgan so‘zlarni o‘zalashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
    Oliy psixologiya doir muommolar birga insonda tug‘ilishdan mavjud bo‘lgan 
    funksiyalar xususida han bahs yuritiladi. Vigotskiyning fikriga ko‘ra rivojlanish 
    ikki yo‘nalishga bo‘ladi: Bola rivojlanishida bu ikki yo‘nalish ham ishtirok 
    etadi, va biz ularni izchil holatda filogenezda uchratishimiz mumkin: bular; 
    biologik va tarixiy, tabiiy yoki ma’naviy xulqning rivojlanishidir. Ontogenezda bu 
    ikki jarayonlar o‘z paralellariga egadir. Tabiiy funksiyalar bular mexanik xotira, 
    e’tibor, obrazli fikrlarni organik rivojlanishlar bo‘lib ular tashqi muhit bilan 

    bo‘lgan aloqa davomida shakillandi. Oliy psixik funksiyalarga – logik xotira, 


    dunyoqarash, tushunchalarda fikrlash. Birinchi-tabiiy stimul reaksiya prinsipi
    asosida, ikkinchisi esa qonun bilan rivojlanadi. Vigotskiy ikkita gipotezani ilgari 
    surgan: 1)Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi
    2)Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. Izlanishlar 
    shuni ko‘rsatdiki, xulq-atvori o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) planda, kattalar 
    bilan muloqot davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar ichiga 
    aylanadi. Bu qonuniyat , ma’naviy rivojlanishning umumgenetik qonuni deb 
    ataladi. SHaxsning shakillanishi, Vigotskiyning fikricha, moddiy rivojlanishni aks 
    etadi. Uning fikricha bola shaxsiyati bilan moddiy rivojlanish o‘rtasida teng 
    belgisini qo‘yishimiz mumkin. SHaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi. 
    SHaxsning ko‘rsatkichi deb tabiiy va oliy psixik funksiyalar tarzda ko‘rishimiz 
    mumkin. Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa unda shuncha dunyo 
    va o‘z xulq-atvori ustidan bo‘lgan boshliqligi kuchayadi.
    2. Ekzistensializm (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya Ekzistensializmning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. Ekzistensializm oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan.


    Download 138,41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish