Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug'ullanish bo'lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig'ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to'ldiruvchi kishi. Jurnalistlar asosan publitsistik faoliyatga yo'nalgan bo'lib (kolumnistlar), ular o'z oldiga ma'lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta'sir qilish va nashr, radio- yoki telekanal ta'sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o'rtasidagi vositachi bo'lishni maqsad qiladi.
Muxbir (arab. — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gaz., jur., radio, televideniye tahririyati xodimi (jamoatchi M.). [1]
Jurnalist - muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.
OAV fotograf (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda o'z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.
Blogger kim?
Blogger - xabar va materiallarni to'plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug'ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jimladan, muhokama qilish uchun internet jahon tarmog'idagi o'z veb saytiga yoki veb sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Shunday ekan blogger degan tushunchaga aniq va tog'ri izoh berishni o'rganaylik. Blogger g'iybatchi yoki isyonchi emas, blogger bu muammolaringizni hal qilib berishga majbur yoki hal qilib beruvchi "avliyo" emas, blogger bu paynetchi yoki kompyutershik emas, blogger bu saviyasi, bilimi yo'q bekorchi emas, blogger bu soliq to'lashga majbur yuridik shaxs emas, blogger bu noqonuniy faoliyat olib borayotgan qonunbuzar emas, blogger bu 100 foiz aniq to'g'ri fikrlaydigan mutaxassis ham emas.
Blogger - yuridik bo'lmagan jismoniy shaxs ham bo'lishi mumkin.
Blogger - biror voqea hodisa, biror predmet yoki buyumlarni, firma yoki brendlarni, hudud yoki joylarni hullas qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar ma'lumotlar asosida o'zining mustaqil fikrini bildiradigan shaxsdir.
Bloggerlar ichida jurnalistlar va jurnalistlarga teng kela oladigan ziyoli odamlar ham ko'p. Ularga hech kim oylik to'lamaydi. O'zining proyekti uchun o'zi jon kuydiradi. Odamlarga nima kerakligini mustaqil tahlil qiladi, o'rganadi, ahamiyatli tomonlarini izlab topadi, foydali tomonlarini topishga harakat qiladi, hatto diplom ishi, ilmiy ish kabi o'sha mavzuning ichiga chuqur kirib borishga majbur bo'ladi, ko'p mehnat sarflaydi. Rahbar tomonidan biror topshiriq berilganda topshiriqni rahbarga o'tkazish uchungina, qo'ldan chiqar egasiga yetar tarzida ham tayyorlash mumkin. Lekin bloggerlikda unaqasi ketmaydi. Sifatsiz axborotga shunchaki e'tibor qaratilmaydi va 0 effekt beradi. Boshlagan ishi rivojlanmaydi, aytilgan maqsadga erisha olmaydi tamom, hammasi tugaydi. Shuning uchun sifatga e'tibor berishga majbur. Ba'zida 1 tagina posti yoki maqolasi bilan mashhur bo'lib ketadi, lekin keyingilari u kabi bo'lmasa-da, keraksiz va sifatsiz bo'lsa millionlab a'zosi bo'lsa-da birortasi ham qolmaydi. Aytingchi qaysi ishda shunday mashaqqat bor?
Ammo hamma sohada bo'lgani kabi noto'g'ri yo'nalishdagi, chalasavod bloggerlar ham bor. Ularning ham o'zining auditoriyasi ya'ni yomon ma'lumotlarni istab topib ko'radigan insonlar ham bor. Misol uchun youtubedagi pul topish haqidagi videolarni olaylik, ko'p saytlar 1-2 marotaba arzimas pul ishalashga yo'l beradi, lekin sayt ichidagi hisob raqamidagi pulni olib chiqishga kelganda shart qo'yadi. Shartni bajarish uchun real pulini internet hamyoni (Webmoney, Yandex dengi, PayPal va boshqalar) yoki visa kartasidagi pulni sayt ichidagi hisob raqamiga qo'yadi. Pulni olib chiqishga kelganda yana iloji yo'q. Shu kabi "loxotron" saytlarga bloggerlar video qilib odam chaqiradi. Nega deysizmi? Ular yo shu sayt egasi, yoki o'zlari ham hali beri aldanganini bilmay o'zi orqali kelgan va pul ishlaydigan odamlar hisobidan foiz ulush olish niyatidagi (referal) kimsalar bo'lishi mumkin. Xuddi shunaqa videolar ichida shunday holatni ko'rdim-ki, rus tilidagi ana shunaqa aldoqchi saytni videosini topib o'zbek tiliga tep-tekis tarjima qilib, videosi ustiga o'zini ovozini yozib qo'ya qolibdi. U videoga ishonib, bir nechta odamlar pulini yo'qotganliklarini kommentlarda yozib qoldiribdi. Video tayyorlagan ahmoqni qarang-ki, hatto ana shunaqa yomon kommentlarni ham o'chirib yubormapti. Chunki kallasi bor odam youtubega kirib kanal ochayotganda u saytning qonun qoidalarini o'rganadi, kommentlarni qanday ko'rish, qayerdan o'chirish kerakligini ham o'rganadi. Bu kabi ahmoqlarga odamlarning yo'qtishlari, videosi orqasidan bo'ladigan yomon oqibatlari bir pul. Kimdir ularga aql o'rgatgan, youtube kanal ochasan va boyib ketasan deb. Ko'proq podpischik bo'lishi va ko'proq ko'ruvga ega bo'lishi uchun vijdonini sotishga ham tayyor. Pul va mashxurlik keltirsa bo'ldi. Ular hatto o'zlari kirib, ishlab ko'rmagan bo'lsa-da, men faloncha pul topdim deb, photoshopda ishlagan rasmlarni ko'rsatadi. Bu bir misol holos, pul yo'qotilsa qayta topiladi, lekin qayta topilmaydigan narsalar, ortga qaytarib bo'lmaydigan holatlar bor. Yaxshi bilib bilmay o'ta og'ir vaziyatni keltirib chiqaradigan bloggerlar ham yo'q deb bo'lmaydi. Shaxsan men bunaqalarni misol keltira olmasamda, ular mavjud ekanligini bilamiz. Kimdir kimningdir ustidan kuladi, yillar davomida misqollab to'plagan obro'si va mehnatini kulga soviradigan bloggerlar ham bor. Xo'sh ularni nima qilish kerak. 1-2 ta yomon bloggerni deb hamma bloggerga yomon munosabatda bo'lish kerakmi yoki ularni yo'qotib yuborish kerakmi? Yo'qotishning iloji yo'q. Hammada so'z erkinligi bor. Hamma gap bizning o'zimizda. To'g'ri va not'g'ri, yomon va yaxshi axborotni farqlay olishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |