Blogger bo'lish uchun nima qilish kerak?
Xo'sh blogger bo'lish uchun nima qilish kerak? "Birinchi o'rinda odam bo'lish kerak" deya javob bergan bo'lardim. Negaki insonni boshqa mavjudotlardan ajralib turadigan joyi bu uning onggi. Allomalarimiz gapi bilan aytganda:
Odamlar bor odamlarning naqshidur,
Odamlar bor xayvon undan yaxshidur.
Ommaviy axborot madaniyatiga e'tiborli bo'lishimiz kerak. Odam biror gapni gapirayotganda yoki post qilib yozayotganida oqibati nima bo'lishi haqida o'ylash kerak.
Blogger bo'lish uchun avvalo o'zingiz yaxshi tushunadigan va eng muhimi sevib ishlaydigan, o'rganib olishingizga ko'zingiz yetadigan biror sohani tanlash kerak. Ana shu sohani asoslarini fan sifatida jiddiy qarab ma'lumotlar topib o'rganish kerak, Hech bo'lmasa oz bo'lsada ma'lumotga ega bo'lish kerak. O'sha tanlagan mavzuyingizning odamlarga ayni bugungi kundagi kerakli jihatlarini topa olishingiz kerak bo'ladi. Yoki odamlarga kerak bo'layotgan ma'lumotni o'qib o'rganib u haqda ma'lumotga ega bo'lishga intiling.
Biror gapni gapirishdan oldin unga asosingiz bormi, yo'qmi shunisiga qarab yozing. Nafaqat har bir so'zingiz, balki so'zlar ostida kelib chiqadiga bir nechta ma'nolari uchun javob berishingizga to'g'ri keladi. Shuning uchun ur'gu beradigan so'zlaringizga katta ahamiyat bering.
Shov-shuvni ahmoq ham qila oladi, jinniga ham mashxurlik kelaveradi, lekin halol va to'g'ri tanlangan va ko'p mehnat sarflangan yo'l o'zini oqlaydi. Kutilgandan-da ko'proq natijaga erishiladi.
Blogger bo'lish uchun siyosatga yoki yangiliklarga aralashish va izohlash shart emas.
Shunchaki kundalik hayotdagi holatlarni ushlay olishi kerak. Va ana shu holatni to'g'ri izohlay olish, xalqqa, ommaga to'g'ri yetkazib berishni bila olish kerak. Ko'pchilikning fikrini inobatga olgan holda izohlash kerak, man-manlik ketmaydi. Siz jang maydoniga tushmayapsiz, siz omma oldiga chiqyapsiz, sizga qarab turgan odamlarning fikri, qarashi, tashvishi, hayollari turlicha ekanligini inobatga oling.
Hammaga kerak deb juda kerakli narsani ham yoritaverish ham natija keltiravermaydi. Masalan ozon qatlamini yemirilishini olaylik. Tog'ri u ko'pchilikni hayotini hal qiladi, lekin qorni och odamga bu axborotni nima keragi bor. U odamning bugun bor, ertaga nima bo'lishi uni qiziqtirmaydi.
Hullas kerakli yo'nalish tanlab olingach, o'zingizga kerakli odamlardan auditoriya yig'ing. Bloggerlik internetsiz "Bloggerlik" bo'lishi qiyin. Shunday ekan internetni yaxshi o'rganing, ijtimoiy tarmoqlarni ishlatishni, boshqarishni o'rganing. Fikr almashishingiz mumkin bo'lgan odamlar bilan do'stlashing. Siz tanlagan mavzuga daxldor yoki e'tibor qarata oladigan odamlarni topib aloqa o'rnating. Masalan do'stlikga qo'shing, kanal, guruh yoki sahifangizga taklif qiling. Odamlarni sizning post va maqolalaringizga berayotgan javobiga asoslanib ishingizni davom etkazing. Kimdir ko'ngil uchun yoki siz bilan aloqani uzmaslik uchun yaxshi munosabat bildirishi mumkin. Yoki kimdir yomon munosabat bildiradi. Yaxshi munosabatlarga nisbatan yomon munosabat bildiruvchilar doim ko'p bo'ladi. Bundan ruhingizni tushurmang. Bu degani e'tibor bermang degani ham emas. Yaxshi va yomon izohlarning mazmun mohiyatiga e'tibor bering. Ular bunday deyishiga nima sabab bo'lgan, nimadan kelib chiqib bunday deb yozishmoqda, o'rganing, tahlil qiling. Shundagina o'z ustingizda ishlab, muvaffaqiyatga erisha olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |