Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/92
Sana04.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#164483
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari

Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish

bo‘yicha eksperimental tajriba-sinov ishlanmasi (tayyorlov guruhi bo‘yicha)

Mashg‘ulot

mavzusi

Pedagogik vazifalar

Ish mazmuni

Markazda

ishlash

Intellektual

o‘yinlar hamda

mashqlar


Bolalarni bir-galikda

o‘ynash malakalarini

mus-tahkamlash,

jamoa


tuyg‘usini

rivojlantirish

Yangi mavzu

materialini

muayyan usullar

bilan turli

vaziyatlarda

bosqichma-bosqich

o‘rgatish

Qurish-yasash

va matematika

markazida

o‘ynash

Sanoq va miqdor

Bolalarni ko‘rgazmali

qurollar va multimedia

vositalari yordamida,

shuningdek, ognli va

ravon sanash, miqdoriy

o‘lchash hamda

misollarni yechishda

ritmik tezlik

o‘zgarishini yuzaga

chiqarishga o‘rgatish

Matematik

tafakkur va amaliy

faoliyatning

uyg‘unligiga

ko‘maklashish

Ilm fan va

tabiat

markazida suv,



qum va boshqa

jismlarni

o‘lchov

vositalari

yordamida

o‘lchash


Kattalik

Kattalik


tushunchasining

tushunarli bo‘lishiga

erishish, xotira va

diqqatni jamlash

malakasini

rivojlantirish

Bolalarning

matematik

o‘yinlarda

improvizatsiya

qilishga

intilishlarini

rag‘batlantirish

Qurish-yasash

va matematika

markazida lego

va kubiklar

bilan eng

baland bino

o‘yinini


o‘ynash

Geometrik shakllar

Geometrik shakl-

larning


belgilarini,

xususiyatlarini

Shakllarni so-

lishtirishning

barcha (ko‘rgaz-

Qurish-yasash

va matematika

markazida




tushungan holda

nutqda ifodali aks

ettirishni o‘rgatish

mali, og‘zaki,

amaliy) usullarni

takrorlash,

geometrik shakllar

bilan o‘ynaladigan

o‘yinlarni o‘z

vaqtida boshlash

va tugallash

oddiy va mu-

rakkab

tangrammalar



bilan jamoaviy

o‘ynash


Fazoda  mo‘ljal

olish


Bolalarda fazoda

mo‘ljal olish

malakalarini shakl-

lantirish

Bolalarda oldin

o‘rgatilgan o‘ziga

va atrofdagi

buyumlarga

nisbatan mo‘ljal

olish malaka va

ko‘nikmalarini

mustahkamlash

Qurish-yasash

va matematika

markazida

o‘ynash


Vaqtga nisbatan

mo‘ljal olish

Bolalarda vaqtga

nisbatan mo‘ljal olish

malakalarini

shakllantirish

Kundalik tartib

asosida vaqtga

nisbatan mo‘ljal

olish malaka-larini

shakllantirish

Sahnalashtirish

va dramma

markazida ish-

lash

Tajriba sinov jarayonida matematik (individual, guruhli, jamoaviy)



mashg‘ulotlarda bolalarga nafaqat muayyan qoidani yod oldirish, balki, oddiy

kundalik hayotda ham sanoq va miqdor, kattalik, geometrik shakllar, fazoda mo‘ljal

olish va  vaqt tushunchalarini o‘rgatish, ularni sanash imkoniyatlari bilan tanishtirish,

sodda misol va masalalarni yechishda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yaxshi

natijalarga erishildi. Mashg‘ulotlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy

misollar va masalalar bo‘yicha ijodiy topshiriqlar berib borildi. Bolalar matematik

faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega bo‘ldi, yaxlit olganda

nazorat bosqichida matematik faollikning rivojlanish darajasi 24 %ga ortdi.

Shubhasiz, faraz tasdiqlandi: matematik amallarni o‘yinlar va interfaol usullar

bajarishni o‘rgatish intellektual faollikning rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi.

Chunki, bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirish mashg‘ulotlari tizimli tarzda

olib borildi. O‘quv yili davomida matematik misollarni yechishni o‘rgatish

natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil tadbirlar

(o‘yinlar, konkurslar, viktorinalar va h.k.)da ishtirok etishlari mumkinligidadir.

Tadqiqotning maqsadiga erishildi va vazifalari tugal bajarildi.

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijasi.

Bolalarni matematika o‘qitish muammolarini zamonaviy tushunish ularni

faoliyat va ijodiy o‘yinlar asosida matematika bilan muloqotga jalb qilishni ko‘zda



tutadi. Matematika hamisha (harakatlar, nutq va o‘yinchoqlar bilan bir qatorda)

bolalarning umumiy rivojlanishini zaruriy sharti bo‘lib kelgan.  Matematik

tasavvurlarni rivojlantirishning birmuncha muhim vositalaridan biri bolalarning

shaxsiy matematik qiziquvchanligi hisoblanadi.  Maktabgacha tayyorlov guruhlarida

matematika amallarni bajarishga o‘rgatish qiziqarli va ayni vaqtda maktabgacha

ta’lim tizimida matematikaning rivojlantirishning dolzarb shakllaridan biridir.

Elementar matematika emotsional, psixologik, ijtimoiy ta’sirning katta potensialini

egallaydi. U aynan birgalikdagi matematik-ijodiy faoliyatda shakllanishi mumkin

bo‘lgan shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Jamoaviy

intellektual  mashg‘ulotlar barcha bolalarga istisnosiz bolaning o‘z matematik

rivojlanishida qanchalik tez siljishidan qat’iy nazar ijobiy natijalar beradi. Avvalo,

ular emotsional tarzda g‘oliblik olib keladi. Bolaning emotsional sohasi matematika

bilan doimiy muloqotda boyiydi. Bolalarga mashg‘ulotlarda audioyozuvlarda

namoyish etiladigan boshqotirmalarni yechish juda yoqadi, matematik tushuncha va

terminlarni eslab qoladilar. Ular o‘zlari muvaffaqiyatli bajargan har bir natijadan

samimiy quvonadilar. Ularga bayramlar, tomoshalar, ota-onalar yig‘ilishlari,

mehmonlar ishtirokidagi ochiq mashg‘ulotlar, konkurslar, festival va konsertlarda

maktabgacha ta’lim muassasasining kichik yoshdagi bolalari va xodimlari, ota-onalar

oldidagi “oshkora” chiqishlar quvonch bag‘ishlaydi. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy

funksiyasi ham shubhasiz, jamoaviy muloqot shakllaridan biri hisoblanadi. Bolalarda

o‘z vazifalarini to‘g‘ri ijro qilish uchun mas’uliyat, shaylik, diqqatni bir joyga

to‘plash paydo bo‘ladi.

Jamoaviy mashg‘ulotlar bolalarni birlashtiradi, irodani, qo‘yilgan vazifaga

erishishda qat’iylikni tarbiyalaydi, jur’atsizlik, tortinchoqlik, o‘z kuchiga

ishonmaslikni bartaraf qilishda yordamlashadi.

Matematika mashg‘ulotlarida misollar yechish va qurish yasash ishlarida qo‘l

barmoqlarining mayda motorikasini ham mashq qildiriladi. Ritm, fantaziya va ijodiy

tasavvur tuyg‘usini rivojlantiradi. Matematika misollarni bajarishni o‘rgangancha

bolalar o‘zlari uchun matematik raqamlar olami va ularning munosabatlarini kashf

qiladilar. Ularda o‘lchash, mo‘ljal olish va matematik hisoblash sifati yaxshilanadi.

Ko‘pchilik bolalar uchun matematik amallarni tezkorlik bilan bajarish ko‘nikmalari

yaxshilanadi. Bu nafaqat individual rivojlanish, balki tafakkur, ijodiy tashabbuslar,

bolalar o‘rtasidagi ongli munosabatlarning ham rivojlanishida vosita hisoblanadi.

Matematik va analitik qobiliyatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Buning

oqibatida bolaning idrok va tuyg‘usi mukammallashadi.

Tajribaning yetakchi pedagogik g‘oyasi maktabgacha yoshdagilarning

bolalarni intefaol va noan’anaviy usullar vositasida matematik qobiliyatlarini

rivojlantirishga ko‘maklashuvchi sharoitni yaratishdan iborat.

Ushbu sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:



1. Bolalarda matematik qobiliyatlarning rivojlanish darajasi, ko‘rsatkichlari,

mezonlari,  komponentlari aniqlandi.

2. Maktabgacha yoshdagilarning matematik qobiliyatlarining dastlabki

darajasini aniqlash, tashhis davomida olingan natijalarni tahlil qilindi.

Tajriba-sinov ishlarida quyidagi texnologiyalardan foydalanildi. Umuman

olganda, mavzuning maqsadi turli usullar vositasida tayyorlov guruhi bolalarida

matematik tasavvurlarni rivojlantirish hisoblanadi. Bolada hisoblash malakasi,

matematik xotira, matematik tasavvur rivojlanadi, matematik misollar va masalalarni

yechish ko‘nikmasi shakllantiriladi va unda turli usullarni egallaydilar.

 

Mashg‘ulotlarda  bolalarning  matematik  ijodiy  qobiliyatlari  misollarni



yechishda, matematika ostida ijodiy harakatlanishda, o‘yin faoliyatida

improvizatsiyada (o‘yinlar davomida matematik faollashtirishda) rivojlantiriladi.

Mashg‘ulotlarda ijro etiladigan matematik qobiliyatning eng muhim sharti

quyidagilardir:

- turli vaziyatlarda matematik muammolarini hal qilish malakalari va  usullarini

egallash;

- matematik amallarning imkoniyatlarini, ularning mazmun-mohiyati va

xususiyatlarini  bilish;

- matematik kompetensiyaga oid taassurotlarning muayyan zaxirasini his etish;

- matematik va umumiy qobiliyatlar majmui (tasavvur, fantaziya, obrazli

tafakkur)ning mavjudligi.

Tashhis qilish uchun individualma-individual va guruhli mashg‘ulotlar

shaklida tashkillashtirilgan ijodiy topshiriqlardan foydalanildi. Mezonlar va

baholarga muvofiq matematik qobiliyatlarning uchta darajasi ajratildi: yuqori, o‘rta

va past.

Maktabgacha yoshdagilarning matematik-ijodiy qobiliyatlarini aniqlashni

tashhis qilish bolalarning yashirin maxsus matematik qobiliyatlarini aniqlashda

yordamlashishga qodir. Tashhis qilish berilgan mezonlar kontekstida pedagog-

ekspertlar tomonidan maktabgacha yoshdagilarning shaxsiy qobiliyatlarini kreativ

tarkibiy qismlari darajasini kasbiy pedagogik jihatdan baholashdan iborat bo‘ldi.

Aniq maqbul natijani olish uchun maktabgacha yoshdagilarning matematik qobiliyati

darajasi mezonini inobatga olgach, matematik qobiliyatlarini aniqlash metodikasi

ishlab chiqildi. Metodika nafaqat joriy lahzaga tashhisiy baho berishga imkon berdi,

balki maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruh bolalarning matematik tasavvurlarini

shakllanish dinamikasini kuzatib borish, qator parametrlar bo‘yicha umumiy tashhis

qilish imkonini berdi. Topshiriq bilimlarni baholashga emas, balki umuman olganda,

kognitiv faoliyatni va qisman matematik fikrlashga doir faoliyatni  tadqiq etishga

asoslanadi. Tadqiqot davomida foydalanish mumkin bo‘lgan natijalarni taqqoslash

uchun ma’lumot olish va xulosa qilish imkonini beradi.



Tashxis mashqlar tizimini qo‘llash natijasida to‘plangan empirik materialga

asoslanadi. Mashqlar tizimi matematik tasavvurning quyidagi tuzilmaviy tarkibiy

qismlarini ochib beruvchi o‘yinli topshiriqlardan iborat:

-

yuqori tezlikdagi mantiqiy fikrlash qobiliyatni namoyon qilish;



-

emotsional sezgirlik;

-

tarbiyalanuvchilarning matematik qiziqishlarini bilish;



-

tarbiyalanuvchilarning matematik masala va misollar to‘qib chiqarishga

moyilligi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning tashxisda ishtirok etishiga o‘yinli vaziyat,

pedagog bilan ishonchli munosabat va uni o‘tkazishda psixologik jihatdan qulay

muhit hisoblanadi. Ekspertning baholovchi fikri istisno qilinadi.

Amaliy tashxis qilish topshiriqlari quyidagilardan iborat bo‘ldi. Dastlab tashxis

masalasida bir necha yo‘nalishlar belgilab olindi va ular quyidagi mavzularda

o‘rganildi.

I.

Sanoq va miqdor bo‘limini o‘rganishni tashhis qilish. Mazkur tashxis  “Tanish



sonlarni  aytamiz”  o‘yini asosida o‘rganildi.

Sanoq va miqdor bo‘limi yuzasidan rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha

ishlar amalga oshirildi (topshiriq reaktiv-metrik qobiliyatlarni aniqlash imkonini

berdi. Barcha topshiriqlar o‘rtamiyona temp (4 takt)da 4/4 o‘lchamda shakllantirildi).

O‘yin maktabgacha yoshdagi bolani matematik imkoniyatlari (o‘lchash,

hisoblash, taqqoslash, mo‘ljal olish)da oddiy vazifalarni hal etish  vaziyatiga jalb

qiladi. Agar bola matematik vaziyatlarni hal etishni  bilmasa yoki bajarishdan bosh

tortsa, unga stolga taqillatish yoki kaftida qarsak chalish taklif qilindi.

Algoritm:

1. Bola uchun tanish bo‘lgan oddiy usulni tanlash.

2. Bolaga ikkala qo‘l bilan ma’lum sur’atda qarsak chalish yoki chertish taklif

qilinadi. Bola tomonidan to‘g‘ri takrorlash sinaladi.

3. Natijani ijobiy baholash.

4. Natija to‘g‘ri bo‘lgan holatda tezlikka o‘zgaradi  (misollarni tezroq yechish,

masalaning mazmunini tezroq tushunish).

Baholash mezonlari: tezlashish va sekinlashish bilan uchta tempda masala va

misollarni to‘g‘ri yechish tempometrning yuqori darajasi sifatida qayd qilindi;

II.


Kattalik bo‘limini o‘rganishni tashxis qilish. “Binolar” o‘yini orqali metroritmik

qobiliyatlarning rivojlanish darajasini aniqlash. Ekspert bolaga binoni qurish va

bir vaqtning o‘zida uning metrik suratini bilan ko‘rsatishni taklif qilinadi. Keyin

bolaga binoni boshqa kubiklar bilan tayyorlash taklif etiladi.

III.  Geometrik shakllar bo‘limini tashhis qilish (Burchakli va burchaksiz

shakllar). “Moslik siri” o‘yini hamohang taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish

darajasini, ya’ni burchakli va burchaksiz shakllarda burchaklar miqdorini anglash



qobiliyati, shuningdek,  burchakdoshlik xarakterini aniqlash vazifalari amalga

oshirildi.

IV. Fazoda mo‘ljal olishning rivojlanish darajasini tashhis qilish. “Joyni

aniqlaymiz” o‘yini joyni bilishga oid-motorli tasavvurlarning shakllanganlik

darajasini aniqlash: o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, o‘rtada... Algoritm:

1.Ekspert bolaga istalgan buyumni biror joyda qo‘yib uning

fazoviyjoylashuvini aniqlashni  taklif qiladi. Bola narsaning fazoviy joyini aytadi.

2. Ekspert qo‘ygan joyni takrorlash.

V. Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni tashhis qilish. “Kun tartibini nomlang” o‘yini

sutka qismlarini nomlash bo‘yicha matematik qobiliyatining shakllanganlik darajasini

aniqlash.

Mazkur tajribaga Buxoro shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida

2017 yildan 2018 yilgacha ishlash davomidagi shaxsiy natija bilan erishildi va bu

erishilgan natijalar 2018 yildan 2019 yilgacha ish amaliyotiga tatbiq etildi. 1-bosqich

– boshlang‘ich (tasdiqlovchi) –  2018 yil fevralidan –  2018 yil oktabrigacha

muammoni aniqlashni, tashhis materiallarini tanlash va maktabgacha yoshdagilarning

matematik qobiliyatlari darajasini aniqlashni ko‘zda tutdi. 2-bosqich – asosiy

(shakllantiruvchi) – 2018 yilning oktabridan – 2019 yilning apreligacha oraliqda

o‘tdi. Mazkur bosqichda muallif tomonidan maktabgacha yoshdagilarda bolalar

matematik malakalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishning istiqbolli rejasi ishlab

chiqildi, matematik mashg‘ulotlar, tadbirlar, ushbu muammo bo‘yicha mashg‘ulotdan

tashqari  o‘yinlar o‘tkazildi. 3-bosqich – yakuniy (nazorat) – 2019 yil aprelidan  –

2019 yilning  may oyigacha muddatni qamrab oldi. Yakuniy bosqichda ishga yakun

yasaldi – tashhis belgilangan pedagogik muammolarni hal qilish uchun tanlangan

usullar ta’lim shakllarining muvaffaqiyatliligini isbotladi.  Tajriba ko‘lami tarbiyachi

ishining tarbiyaviy-ta’limiy tizimida aks ettirilgan va bolalarning matematik

qobiliyatlarini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat

talablari asosida interfaol o‘yinlar va usullar vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Maktabgacha tayyorlov yoshdagilarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar vositasida

rivojlantirish bo‘yicha yakuniy darajasini tashhis qilishning qiyosiy diagrammasi.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish