Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/92
Sana04.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#164483
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari

ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish. Bunda

ochiq eshiklar kunlari va ochiq mashg‘ulotlar tashkil etish orqali ota-onalarni

maktabgacha ta’lim muassasasining kundalik ishlariga qatnashishlari uchun zamin

hozirlash kerak.

-

ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini



qo‘llab-quvvatlash. Bunda ota – onalarning muassasa hayoti va muassasada

yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikrlarini inobatga olgan holda ta’limiy va

tarbiyaviy ishlarning sifati va saviyasini oshirish ko‘zda tutiladi.

Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning

idrokini,  ya’ni  sensor tuyg‘ularini  o‘stirish  bilan  bevosita

bog‘liqdir.Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati real predmetlarning

xususiyatlarini    aniqlash    va    shu    xususiyatlarga    qarab    mazkur    predmetlarni  bir-

biriga taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun  bola

maktabga  borgunga  kadar  unda  matematik  tasavvurlarni shakllantirish  uchun

bolalar  bog‘chasidagi  barcha  o‘quv-tarbiya  ishlari  bilan uzviy ravishda bog‘lab

maxsus ish olib boriladi.

Matematik  bilimlar  bolalarga  ma’lum  izchillikda berilishi,  bunda  yangi

bilim  kamroq  miqdorda,  ya’ni  bolalar  o‘zlashtirib oladigan  darajada  bo‘lishi

kerak.  Shuning  uchun  xam  bir  vazifa  bir  qancha mayda kismlarga bo‘linib, ular

birin ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi  xar  bir  yosh  guruhining  dasturi  kanday

tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim

darajalarini  aniqlash  uchungina  emas,  balki  maktabgacha ta’lim  yoshidagi

bolalarda  boshlang‘ich  matematik  tasavvurlarni  o‘stirish  yuzasidan  olib

boriladigan    barcha    ishlar    tizimida    har    bir    mashg‘ulotning    qanday  muhim    rol

o‘ynashi  va  o‘rin  egallashini  ko‘z  oldiga  keltirish  uchun  xam imkon beradi.

Matematik  tasavvurlarni  shakllantirish  yuzasidan  olib  boriladigan ishning asosiy

shakli – mashg‘ulotdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal

kilinadi. Bolalarda  ma’lum  izchillikda  tasavvurlar  shakllantiriladi,  zarur malaka va



ko‘nikmalar hosil kilinadi. Atrofdagi  xamma  narsani  mikdor jihatidan kuzatishlarni

uyushtirishga, bolalarning o‘z  faoliyatlarining  xilma-xil  turlarida matematik

mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan kanday foydalanishlariga katta axamiyat

beriladi. Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-

mashqlardan  keng  foydalaniladi. Mashg‘ulotlardan  tashqari  vaqtlarda o‘yinlar

tashkil  kilib,  bolalarning  matematik  tasavvurlari mustahkamlanadi,

chuqurlashtiriladi  va  kengaytiriladi.  Bir  qancha hollarda,  masalan,  joyni  bilish

ko‘nikmasini  rivojlantirish  yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy o‘quv

vazifasini o‘taydi. Mashg‘ulotlarda  bolalarning  aktiv  faoliyati  birinchi  navbatda

yangi material  ustida  ishlashni  xamda  ilgari  o‘tilgan  materialni  takrorlashni birga

to‘g‘ri   qo‘shib  olib  borish  bilan  ish  turlarini  va  uni  tashkil  etish

usullarini  almashtirib  turish  bilan  ya’ni,  mashg‘ulot  tuzilmasi  bilan taqsimlanadi.

Mashg‘ulotlar dastur vazifalarining  hajmi,  mazmuni, uyg‘unlikda  olib

borilishi,  tegishli  bilim  va  ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning

yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Maktabga  borish  davriga  kelib  bolalar

to‘plam  va  son,  shakl  va kattalik xakida  o‘zaro  bog‘langan  bilimlarni  nisbatan

ko‘prok  egallagan, fazada va vaqtni mo‘ljallay olishni o‘rgangan bo‘lishlari zarur.

Tajriba, birinchi sinf o‘quvchilarida uchraydigan qiyinchilik, odatda mavhum

bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar, ularning obrazlari bilan  amal  kilishdan,

sonlar  va  boshka mavhum  tushunchalar  bilan bajariladigan amallarga o‘tish

zarurligini ko‘rsatadi. Bunday  o‘tish  bolaning  rivojlangan  aqliy  faoliyatini talab

etadi. Bolalar turli matematik bog‘lanishli munosabatlarni aniqlash usullarini,

masalan,  to‘plam  elementlari  o‘rtasidagi  moslikni  aniqlash  usullarini egallaydilar

(to‘plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik  nisbatlarini

aniklash  uchun  ularni  ustma-ust,  yonma-yon qilib ko‘rish usullaridan

foydalanadilar).Ular  mikdor  nisbatlarini  aniqlashda  eng  anik  usul  predmetlarni

sanash va kattaliklarni o‘lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va ulchash

malakalari ularda  tobora mustaxkam va ongli bo‘lib boradi.

Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu bo‘limlardan iborat:

· Miqdor va sanoq.

· Kattalik.

· Geometrik figuralar.

· Fazoda mo‘ljal olish.

· Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish.

O‘quv  yilining  oxirida  katta  guruh  bolalari  kuyidagilarni  bilishlari kerak:

· narsalarni 10 tagacha sanay olish;

· sanok va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish;

· 10  tagacha  bo‘lgan  sonlarni  yonma-yon  turganlarini  (ko‘rgazma  asosida)

taqqoslay olish;



· teng  bo‘lmagan  2  guruh  narsalar  sonini  ikki  usul  bilan  tenglashtira olish

(1ta narsa ko‘shish yoki ayirish usuli bilan);

· 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni nomi va farqini bilish;

· turli  mikdordagi  10  tagacha  bo‘lgan  narsalarni  eni,  bo‘yi,  balandligi,

qalinligi,  o‘lchami  va  ular  orasidagi  munosabatlarni  hisobga  olgan  holda

ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;

· narsalar    shaklini    doiraviy,    uchrubchak,    to‘g‘ri      to‘rtburchakli,    kvadrat,

to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farklash;

· kog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash;

· narsalarning  o‘ziga  yoki  boshqa  narsalarga  nisbatan  joylashish  vaziyati,

yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash;

· hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar.

Bu tushunchalar mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ham olib boriladi.

Masalan, miqdor va sanoq tushunchalari bilan bolalar turli hayotiy

vaziyatlarda duch keladilar. Ular nechta?, qancha?, nechanchi? kabi savollarga javob

topadilar. Bu ishlar oilada, tevarak – atrofda, o‘yin faoliyati davomida amalga

oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhi bolalari egallashlari kerak bo‘lgan

malakalar quyida o‘z aksini topadi:


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish