Geometrik shakllar bolalar uchun doim qiziqarli tuyuladi. Bolalar bilan olib
boriladigan turli didaktik o‘yinlarning aksariyati geometrik figuralar bilan bog‘liq.
Ular geometrik figuralar ishtirok etgan o‘yinlarni jon-dili bilan qiziqib o‘ynaydilar.
Ularni tasvirlash, bo‘yash, bir necha figuralarni birlashtirib, yaxlit tasvirlar hosil
qilishni xush ko‘radilar. Shuning uchun ham bolalarga bunday shakllarni tanishtirish
qiyin bo‘lmaydi.
Fazoda mo‘ljal olish malakalari bolalarda mashg‘ulotlardan tashqari ochiq
havoda olib boriladigan harakatli o‘yinlar, turli ko‘rsatmalar, tasavvurni boyitish
uchun olib boriladigan didaktik materiallar natijasida rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |