ELASTIK TOG’AY TO’QIMASI
Elastik tog`ay quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog`aylarda), hiqildoq usti tog`ayida uchraydi. Ular sarg`ish rangli, xira bo`ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog`ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo`lib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi (81-rasm). Elastik tog`ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog`aydan farqli ravishda yog` va glikogen kam to`planadi (82-rasm). Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to`rni hosil qiluvchi elastik tolalarni ko`rish mumkin. Bu elastik tolalar tog`ay ust pardasiga o`tib ketadi. Elastik tog`ayda ohaklanish kuzatilmaydi.
81-rasm. Elastik tog`ay. Quloq suprasidan tayyorlangan. Orsein bilan bo`yalgan.
0b. 10, ok. 10.
1 - tog`ay ustki pardasi; 2 - yosh togay hujayralari; 3 - izogen gruppalar; 4 -oraliq asosiy modda; 5 - elastik tolalar.
82- rasm. Xondrotsit. Elastik tog`ay. Elektrom mikrofotogramma.
1 - yadro; 2 - mitoxondriya; 3 - sitoplazmatik filamentlar; 4 - hujayra qobig`i; 5 - asosiy modda; 6 - elastik tolalar (Rodindan).
Do'stlaringiz bilan baham: |