TOG’AY TO`QIMASINING TARAQQIYOTI (XONDRIOGISTOGENEZ) VA REGENERATSIYASI
Tog`ay to`qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. o`lajak tog`ay to`qimasi hosil bo`ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko`payib, o`simtalarini yo`qotadi va bir-biriga zich yetadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skeletogen kurtak deyiladi.
Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujayralararo modda hosil qila oladigan tog`ay hujayralari - prexondroblast va xondroblastlarga differensiallanadi. Hujayralararo modda yangi hosil buladigan kollagen tolalar bilan birga tayanch vazifasini ham o`taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo`yalishi bu hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog`liq. Tog`ay hujayralari hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridan uzoqlashadi.
Hujairalararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf moddaning o`zgarishlari bilan bog`liq. Tog`ay hujayralarining keyingi differensiallanishi amorf moddada glikozaminoglikanlarning (asosan, xondroitinsulfatlarning) sintezlanishiga olib keladi. Xondroitinsulfatlzr nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Pro-teoglikanlar amorf modda va kollagen tolalarga shimiladi, natijada, kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida ko`rinmaydigan bo`lib qoladi.
Yosh tog`ayning hujayralari mitotik bo`linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni hosil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon tog`ayning ichki ta-rafdan o`sishini belgilaydi. Intussustseptsion yoki interstitsial (lat. intus-ichki, suscipio - ishtirok) o`sish go`daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi.
Skeletogen kurtakni o`rab turgan mezenxima hujayralari ham ko`payishda davom etadi va hujayralararo modda hosil qiladi. Natijada, skeletogen kurtak bu hujayralar hisobiga ham kengayadi. Tog`ayning bu usulda o`sishini appozitsion (latincha appositi - tashqi tarafdan) o`sish deyiladi. Tog`ay kurtakni qoplab turgai mezenxima hujayralari zichlashadi va tog`ay usti pardasini hosil qiladn. Tog`ay o`sishining oxirgi bosqichida to`qimaning o`sishi va unnng oziq biLan ta’minoti orasida tafovut ro`y beradi. Tog`ay markazidagi hujayralar ko`payishdan to`xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo`yaluvchi oddiy oqsil - albuminga aylanadi. Qari kishilarda va kasallarda tog`ay hujayra oralits moddasiga kaltsiy tuzlari o`tirishi natijasida asbestli distrofiya hosil bo`ladi. Ba’zi hollarda (kuchli rivojlangan distrofiyada) tog`ay ichnga qon tomirlar o`sib kirib, tog`ay to`qimasining suyak to`qimasiga aylanishi kuzatiladi.
Turli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog`ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Tog`ay regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o`rin tutadi. Bu hujayralar tog`ap hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog`ayning hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlangan tog`ay tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |