Amaliy fanlar metodbirlashmasi rahbari: M.To’rayeva
Bayonlashtirdi: M.Jumayeva
Olot tuman XTB qarashli 9- umumta’lim maktabida maktabning Musiqa fani o’qituvchisi G.Askarovaning 5-“B”-sinfda “Dunyo tan olgan bastakorlar operasi ” mavzusida o’tkazgan ochiq darsining
tahlili muhokamasi
Bayoni
30.04. 2022-yil Jayhunobod MFY
Qatnashdi: Amaliy fanlar metodbirlashmasi rahbari: M.To’rayeva
Fan o’qituvchilari: M.Jumayeva,D.Bozorova
A.Tangriyeva Z.Umarova Q.CHoriyeva
M.M.I.B.D.O’: G’.Sa’dullayev
Kun tartibi :
G.Askarovaning pedagogik mahorati va dars tahliliga baho berish to’g’risida
Eshitildi:
Dars tahlili muhokamasini M.M.I.B.D.O’ G’.Sa’dullayev olib bordi. G’.Sa’dullayev so’zga chiqib ,darsni tashkil qilgan o’qituvchi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdilar So’ngra ochiq darsni tashkil qilgan musiqa fani o’qituvchisi G.Askarova so’zni berdi . G.Askarova so’zga chiqib , 5-“B”-sinfda “Dunyo tan olgan bastakorlar operasi” ochiq darsini tashkil qilish jarayonida turli ped texnologiyalardan keng foydalanganligi, axborot komunikatsion texnologiyalarga katta e’tibor berganligini ,o’quvchilarning qiziqishini e’tiborga olgan holda turli o’yinlardan , jumladan “Klaster”,”Musiqiy Matematika” “Musiqiy Rebus ” metodlaridan foydalanganligini aytib o’tdi.Dars davomida o’quvchilarning faolligini oshirish va lirik chekinish qilib mavzuga mos cholg’ular haqida she’riy parchalar aytib o’tildi.
So’ngra so’z Amaliy fanlar metod birlashma a’zosi M.To’rayevaga berildi.M.To’rayeva haqiqatdan ham G.Askarovaning ochiq darsini kuzatganligini , ushbu ochiq darsni tashkil qilishda zarur jihozlar bilan, hamda innovatsion texnologiyalar va o’z qo’li bilan yaratilgan ko’rgazmali vositalar, tarqatmalardan keng foydalanilganligi, o’quvchilarning e’tiborini o’ziga jalb qiladigan pedagogik o’yinlarni,mavzuga mos cholg’u asboblarini ustalik bilan chalib ko’rsatganliklari yaxshi tashkil qilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.Shu bilan bir qatorda musiqa fanini o’qitishda sifat va samaradorlikni ta’minlash bo’yicha darslar davomida o’quvchilar bilan ko’proq ishlashga e’tiborli bo’lish kerakligi, musiqiy an’analarni doimo yosh avlod ongiga singdirib borish kerakligi haqidagi takliflarini bildirdi.O’quvchilarni jahon opera san’ati bilan yaqindan tanishtirishtirib , unga qiziqish uyg’otishga harakat qilindi.
Shundan so’ng darsda ishtirok qilgan boshqa fan o’qituvchilari ham birma-bir so’zga chiqib , darsning yutuq va kamchiliklari haqida o’z fikr mulohazalari , hamda takliflarini bildirib o’tishdi.
Dars tahlili muhokamasi yuzasidan quyidagicha
Xulosa qilindi:
Musiqa fani o’qituvchisi G.Askarovaning o’tkazgan ochiq darsi o’z maqsadiga erishdi va na’munali bo’lganligi e’tirof etildi. G.Askarovaning bundan keying ijod faoliyatiga va dars samaradorligini oshirishga ulkan zafarlar tilab, darsning sifat va samaradorligini yanada ta’minlash bo’yicha zamonaviy metodlardan yanada kengroq foydalanish tavsiya e’tildi
Do'stlaringiz bilan baham: |