bilan qoplanadi va yelimli eritma quyiladi. Yelimning shimish
jarayoni tugagandan keyin doka olinadi. Sunïy marmar namunasi
qotgandan keyin qolipdan chiqariladi.
Bunday usullar bilan gips asosidagi rangli quruq aralashmadan
turli tabiiy marmarlarga o‘xshatib namunalar tayyorlash mumkin.
Shuningdek, sun’iy marmar ishlab chiqish usuîiga ko‘ra qay-
roqlanadigan va issiq dazmolga o ‘xshash asbob bilan tekislanadigan
turlarga ham bo‘linadi.
Qayroqlanadigan sun’iy marmarlar gips, magnezial bog‘lovchi
va portlandsement asosida tayyorlanadi.
Marmarni tayyorlashda
bog'lovchilarning quruq aralashmasi pigment bilan qorishtiriladi,
keyin shit yoki kurakcha usulida joylanadi.
12.7, Pardozbop Terraso pMtkasî
Oq va rangli portlandsement va har turli rangdagi tog‘ jinsiar
(marmar, lobradorit, granit va shu kabilar) ushog‘idan tayyorlanadi.
Terrasoplitkalarini tayyorlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan
iborat:
— tarkiblami tayyorlash, hajm bo'yicha sement-rangli tog‘
jinsi ushog‘i nisbati 1:1,5 dan 1:2,0 gacha olinadi. Bo‘yoq talab
qilingan rangga qarab pigment qo‘shiladi;
— tarkibga kiruvchi
ashyolarni aralashtirish, zichlash va ishlov
berish;
— tekislash, shpatlyovka surtish va silliqlash.
Terraso plitkalari pollami qoplashda va kamdan-kam holatlarda
ichki va tashqi devorlarni qoplashda ishlatiladi. Bunday plitkaîar
badiiy mozaikaga o‘xshash bo‘ladi. Ularning yuzalarida ishlov
berish natijasida rangli tosh ushoqlari hosil qilinadi.
Shakli bo‘yicha
terraso plitkalari kvadrat, to ‘g‘ri burchakli va
burchakli turlarga ajraladi.
Plitka oicham lari: 15x15 dan 50x50sm gacha, qalinligi 2—5
sm. ïshqalanishda og‘irligini yo‘qotishi 0,10 g/sm 2.
Plitka yuzasi asosi tekislangan va silliqlangan turlarga bo‘linadi.
Plitka rangi kulrang, turli tog‘ jinslari ushog‘ining rangida boladi.
Plitkaning suv shimuvchanligi 12% dan oshmasligi kerak.
283
Ikki qatlamli Terraso plitkasini tayyorlash uchun ulaming quyi
qatlami qalinligi 20 mm va yuza qatlami qalinligi 15 mm dan
oshmasligi kerak. Quyi qatlami yirik donali qum qo‘shilgan bikir
(quyuq) sement qorishmasidan tayyorlanadi va (sementiqum 1:4)
1—2 soatdan keyin terraso qatlami qoplanadi.
Terraso qatlam i uchun m ineral rang beruvchi va oddiy
portlandsement,
oq yoki rangli portlandsement, 0,5—2,0 dan 10—
12 mm gacha yiriklikdagi rangli m arm ar yoki tosh ushog‘i
ishlatiladi. 0,5—2,0 mm yiriklikdagi ushoqdan umumiy miqdorga
nisbatan 50% gacha olinadi. Terraso qorishmasi tayvorlashda
portlandsement:rangli ushoq nisbati 1:1,5 dan 1:2 nisbatgacha
ohnadi. Awalo, quruq rangli aralashmani
qolipga qulay joylash
uchun sarflanadigan suv miqdori aniqlanadi. Terraso aralashmasi
quyi qatlamga joylashtiriladi va plitkaning bezakli qatlami yuqori
zichlikka ega bo‘lguncha qo‘lda shibbalanadi.
Bir qatlamli terraso plitkasining quyi qatlami qalinligi 20 mm
va yuza qatlami qalinligi 15 mm.
Yirik donali qum qo‘shilgan bikir sement qorishmasi tayyor
lanadi (sement:qum 1:3) va qolipga 25 mm qalinlikda joylanadi.
Undan keyin qotmagan qorishmaga nam tosh ushog'i (qalinligi
10 mm gacha) sepiladi va u qo‘lda tekis va zich qoplama hosil
bo‘lgunga qadar shibbalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: