Maxsus asbosement buyumlar. Asbosement asosida shamollatish va havoni tozalash tizimlarida ishlatiladigan qutilar (korobalar)
tayyorlanadi. Qutilar yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli, bir biriga ulash maqsadida ikki tomoni yoki bir tomoni ochiq qilib tayyorlanadi. Qutilar uzunligi 300x300 mm gacha, devor qalinligi 10 mm o‘lchamlarda bo‘ladi.
Maxsus asbosement buyumlarga quyidagilar kiradi: quvur uzatish tizimlarini issiqlik izolatsiyasi qatlamini himoyalovchi yarimsilindrlar, elektr izolatsiyasi taxtalari, yozgi uylarni yopishda ishlatiladigan yirik o‘lchamli (5 m gacha) ikki tomonga qiyali listlar va sh.k.lar. Asbosement buyumlar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan (1–8%) chiqindilar ikkinchi marta kam miqdorlarda buyumlar tayyorlashda, ekstruziv usulda olinadigan pogonaj buyum- lar va mineral paxta tayyorlashda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar
Magniy xlorid eritmasida qorilgan, kaustik magnezit yoki dolomit asosida olingan magnezial bog‘lovchilar organik to‘ldirgichlar bilan aralashtirib qotirilganda organomineral buyumlar hosil bo‘ladi. Magnezial bog‘lovchilar organik to‘ldirgichlar bilan puxta birikadi va ularni chirishdan saqlaydi. Magnezial bog‘lovchilar asosida ksilolit va fibrolit buyumlari tayyorlanadi.
Ksilolit magnezial bog‘lovchining magniy xlorid eritmasidagi qorishma bilan yog‘och qipiqlarni aralashtirib qotishi natijasida hosil bo‘ladigan sun’iy kompozitsion material. Ksilolit tarkibiga xossalarini yaxshilash uchun talk, asbest, kvars, qum va bo‘yoqlar kiritiladi. Ksilolitning o‘rtacha zichligi 1000–1200 kg/m3, siqilishga mustahkamligi 30–40 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,3 W/(m ·°C).
Ksilolit asosida choksiz pollar tayyorlanadi. Qorishma bevosita ishlatiladigan joyda tayyorlanadi va avvaldan hosil qilingan asosga yotqiziladi, tekislanadi hamda titratish usulida zichlashtiriladi. Ular issiqlik va tovushni yutadi, yedirilish va dinamik kuchlanishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ular nam va suvli muhitlarda ishlatiladi.
Ksilolitdan presslash usulida kvadrat va oltiburchakli plitkalar, deraza tokchalari va boshqa to‘suvchi buyumlar tayyorlanadi. Buyumlar yuzasi marmar, malaxit va sh.k. manzarali qatlamlar hosil qilish uchun bo‘yaladi.
Fibrolit magnezial bog‘lovchi yog‘och payrahasi (yoki juni) aralashmasini qoliplab, qotirib olinadi. Fibrolit plitalari binolarning devor, ora yopmalari, pol osti qismini issiq-sovuqdan izolatsiyalash va pardevorlar uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |