Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar
Kontaktorlar - bu masofadan boshqariladigan asbob-uskunalar bo'lib normal ish holatidagi zanjirlarni ko'plab ulash va uzishlar uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3—4000 A tokkacha, o'zgarmas tokda 220, 440, 650, 750 V kuchlanishga, o'zgaruvchan tokda 380, 500, 660 V kuchlanishga ishlab chiqariladi va soatiga 600 - 1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarni ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkonini beradi.Kontakt tizimi elektr magnit yordamida ulanadigan kontaktorlar eng ko'p qo'llaniladi. Kontaktorlar qurilmani nonormal holatlardan (o'ta yuklanish, qisqa tutashuv toklari) muhofazalay olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida nonormal holatda ishga tushadigan maxsus relelar bilan birgalikda qo'llaniladi. Magnitli ishga tushirgichlar — bu odatda, uch qutbli kontaktordan, o'rnatilgan issiqlik relelaridan va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan elektr qurilmadir. Ular quvvati 75 kVt gacha bo'lgan uch fazali elektr motorlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
K ontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so'ndiruvchi qurilma elektromagnit kontaktorlar eng ko'p qo'llaniladi. Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so'ndiruvchi qurilma elektromagnit tizimi va yordamchi kontaktlardan tashkil topgan. Kontaktorning ishlash prinsipi shartli sxemasi bo'yich^ ko'rijb chiqamiz (8-rasm). Elektr sxemasidan ko'rinadiki kontaktorning 3 bosh kontaktlari K dvigatel D zanjiriga ulangan, g'altak esa ordamchi kontaktlar BK va boshqarish tugmachalarining ishga tushirish «Yurgizish» ~(пycк) «to'xtatish» (cтоп) orqali boshqarish zanjiriga ketma-ket ulangan.
8-rasm. Kontaktorning shartli sxemasi:
a) bir qutbli kontaktorning elektr sxemasi; b) shartli konstruktiv sxemasi.
Kontaktorni ulash uchun g'altak qismiga ishga tushirish tugmacha «Ishga tushirish» ni bosish yo'li bilan kuchlanish beriladi. G'altakda magnit oqim F hosil bo'ladi va u yakor 10 ni o'zakka tortadi. Yakorda harakatlanuvchi kontakt 7 mahkamlangan bo'lib, u qo'zg'almas kontakt 2 ga tekkandan keyin, uning ustida sirpanadi va kontaktlar sirtidagi oksid plyonkani buzadi. Kontaktlarda bosish prujina 8 yordamida hosil bo'ladi. Kumushdan tayyorlangan kontakt ust quymalar 6 o'tish qarshiligining minimal bo'lishini ta'minlaydi. Ayrim hollarda ust quymalar yoyga chidamli metall keramikadan tayyorlanadi. Kontaktor ulangan vaziyatda o'zining g'altagi ulangan holda ushlab turiladi. Kontaktlar 12 (BK) ishga tushirish tugmasi «ishga tushirish ni shuntlaydi, shuning uchun ishga tushirish tugmachasining ajralishi g'altak 15 (K) zanjirini uzmaydi.
Yakor 10 da temirdan (jezdan) tayyorlangan nomagnit qistirma 9 bo'lib, u o'zakdagi qoldiq induksiyadan hosil bo'ladigan tortish kuchini kamaytiradi. Shunday qilib, g'altak 15 dan kuchlanish olinganda yakor «yopishib qolmaydi». Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda, shuningdek, u yo'qolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi. O'zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishi 600 V gacha va 300 A gacha bo'lgan toklar uchun KPD-100, 630 A toklar uchun KPV-600, shuningdek 300 A toklar uchun KM-2000 seriyali kontaktorlar qo'llaniladi. O'zgaruvchan tok zanjirlarida kuchlanish 500 V va 600 A gacha bo'lgan toklar uchun KTV, og'ir rejimlar uchun kuchlanishi 380 V va 600 A tokka mo'ljallangan, soatiga 1200 marta ulanish imkonini beradigan KT-6000 seriyali kontaktorlar qo'llaniladi.
Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi. Kontaktorlar qurilmani normal bo'lmagan rejimlar (o'ta yuklanish, q.t. toklari) dan muhofazalay olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal bo'lmagan rejimni sezadigan va elektromagnit g'altakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |